Mavzu: O‘simliklarning


-rasm. O’rmon qirqqulog’ining (


Download 1.25 Mb.
bet10/13
Sana23.04.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1383284
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
203 O’simliklarda jinssiy ko’payish7777

5-rasm. O’rmon qirqqulog’ining (Dryopteris filix mas) taraqqiyot davrlari:
A – umumiy ko’rinishi; B – barg bo’lagining ostidagi soruslarini ko’rinishi; C – sorusning ko’ndalang kesimi; D- sporaning o’sishi; E – ikki jinsli gametofit o’simtaning ostki tamoni; F – arxegoniy; J – anteridiy, chiqayotgan ko’p xivchinli spermatozoidlar; H- yosh o’simlik: 1 – soruslar; 2 – sporangiyalar; 3 – platsenta; 4 – induziy pardasi; 5 – rizoidlar; 6 – arxegoniy; 7 – anteridiy.
Urug‘lanish jarayoni ham suv muhitiga muhtoj emas. Erkak gametalar harakatchanligini yo‘qotadi va urg‘ochi gametaga chang yo‘li orqali yetib boradi. Urug‘li o‘simliklarni har xil sporali o‘simliklarga kiritiladi. Sporofit naslda meyoz bo‘linish natijasida meyosporalar bilan birga mikro- va megasporalar hosil bo‘ladi. Ammo mikro-megasporalar tashqariga sochilmaydi, aksincha sporangiylar ichida o‘sadi. Shunday qilib, erkak va urg‘ochi gametalarning rivojlanishi mikro-va megasporangiyalar ichida boradi. Urug‘ urug‘kurtakdan kelib chiqadi. Urug‘kurtak shakli o‘zgargan megasporangiydir. Uning ichida esa urg‘ochi gametofit rivojlanadi va urug‘lanish jarayoni sodir bo‘ladi. Keyinchalik zigota va yangi sporofit naslning murtagi shakllanadi. Urug‘lanishdan so‘ng urug‘kurtak urug‘ga, uning tashqi qobiqlari urug‘ yetilgan vaqtda urug‘ po‘stiga aylanadi. Za­hira oziq moddalar esa ochiq urug‘li va yopiq urug‘li o‘simliklarda turli yullar bilan hosil bg‘ladi. Yuksak o‘simliklarning ochiq urug‘lilar va yopiq urug‘lilar bo‘limlari birgalikda urug‘li o‘simliklar deb ataladi. Ular spora bilan emas, urug‘ yordamida ko‘payadilar va tarqaladilar.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling