Mavzu: O‘simliklarning


-rasm.O’simliklar olamida nasllarning gallanishi


Download 1.25 Mb.
bet11/13
Sana23.04.2023
Hajmi1.25 Mb.
#1383284
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
203 O’simliklarda jinssiy ko’payish7777

6-rasm.O’simliklar olamida nasllarning gallanishi:
2.1 GULNING TUZILISHI
Gulli o‘simliklar uchun xos bo‘lgan generativ organ hisoblanib, o‘sishi cheklangan, shakli o‘zgargan novdadir hamda maxsus vazifalarni bajarishga moslashgan. Ushbu o‘simliklar jinsiy ko‘payishi jihatidan boshqa o‘simliklarga qaraganda yuqori bosqichda turadi. Gulda juda murakkab va muhim rivojlanish: mikro va makrosporogenez, changlanish, urug‘lanish, murtakning shakllanishi va mevaning hosil bo‘lish jarayonlari o‘tadi.
Gulning a’zolari yoki organlari shakli o‘zgargan barglardir. Ularning bir qismi spora hosil qilishga moslashgan, qolganlari esa o‘rama barglar sifatida xizmat qiladi. Spora hosil qiluvchi barglar mikro- va megasporofillar hisoblanadi. Gulda ularning biri changchilar va ikkinchisi urug‘chilar deb ataladi.



7-rasm. Gulning umumiy sxematik tuzilishi:
1-tumshuqcha; 2-tuguncha; 3-ustuncha; 4-urug‘kurtak; 5-changchi ipi; 6-bog‘lovchi; 7-changdon; 8-chang donasi; 9-mikrosporalar va changchi; 10-tojbarg; 11-gul o‘rni; 12-gul bandi; 13-gulkosa; 14-ostgulkosachabarg; 15- 16-gulyonbarglar.
Gulda gul bandi, gul o‘rni, gulqo‘rg‘on barglari, changchilar va urng‘chilar bo‘ladi. Gulbandi gulni poyaga biriktiradi. Bir xil o‘simliklarning gullarida gulbandi bo‘lmaydi. Bunday gullarga gulbandsiz gul yoki o‘troq gul deyiladi. Issiqsevar o‘simliklarda gulbandi uzun bo‘ladi. Gulbandining yuqori qismi kengayib gul o‘rnini hosil qilgan. Gul o‘rni yassi, bo‘rtgan, tekis yoki botiq bo‘lishi mumkin. Gul o‘rniga gulkosa, gultoj, changchi va urug‘chilar joylashgan. Gullar uchki yoki vegetativ barglardan shakl jihatidan farqlanuvchi gulyonbarglar qo‘ltig‘idan chiqadi.
Gulqo‘rg‘on oddiy (perigonium) yoki murakkab bo‘ladi. Gulqo‘rg‘oni hosil qiluvchi bir xil rangli barglarning necha qator bo‘lib joylashishidan qatiy nazar oddiy gulqo‘rg‘oni deyiladi. Oddiy gulqo‘rg‘onli gullar gultojisimon yoki gulkosasimon bo‘ladi. Oddiy gulqo‘rg‘onning gul barglari yashil rangda bo‘lsa, bunday gullar gulkosasimon deyiladi va bunga lavlagi (Beta vulgaris), otquloq (Rumux), izen (Kochia prostrata) va boshqa o‘simlik gullarini misol qilish mumkin. Oddiy gulqo‘rg‘onning gulbargi har xil ranglarda (sariq, qizil, binafsha, pushti, ko‘k va hokazo) bo‘lsa, ular gultojsimon deyiladi. Bu guruhga lola (Tulipa), boychechak (Gagea), chuchmoma (Ixiolirion), gulsafsar (Iris), shirach (Eremurus) kabi o‘simliklaming gullari misol bo‘la oladi.
Gulkosa. U kosachabarglarga ega. Gulkosa barglari gulni g‘uncha vaqtida tashqi tomondan o‘rab turadi. Gulkosa bargchalarida xlorofill donachalari bo‘lganligi sababli qo‘shimcha fotosintez organi hisoblanadi.
Gultoj. tojibarglarining yig‘indisiga gultoj deyiladi. Gultojbarglar qizil, po‘shti, oq, havo rang va boshqa ranglarga b o‘yalgan bo‘lib, hasharotlarni o‘ziga jalb qiladi.
Gulkosa va gultoj barglari o‘zaro qo‘shilgan yoki qo‘shilmagan, erkin bo‘ladi. Erkin gulkosa va gultojli gullar juda kam uchraydi. Masalan, karamning gulida gulkosa hamda gultoj barglari erkin o‘sgan. Pechakda esa ular birikib o‘sib qo‘ng‘iroqsimon gultojlarni hosil qilgan.
Gulqo‘rg‘onining bo‘lishi yoki bo‘lmasligi va uni tuzilishiga qarab gullar quyidagi turlarga ajratiladi:
1. Agar gulqo‘rg‘on bir xil oddiy kosachasimon yoki tojsimon bo‘lib, gul o‘rnida spiral joylashsa (magnoliya, nilufar, liliya) - gomoxlamid gul deb ataladi.
2. Gulqo‘rg‘oni murakkab (qo‘shaloq) kosacha bilan tojga ajralgan (chinnigul, no‘xat, o‘rik, olma va boshqalar) bo‘lsa, geteroxlamid deb ataladi.
3. Gulqo‘rg‘on bir qator bo‘lib, faqat kosachasimon (gazanda, qayrag‘och, olabuta) bo‘lsa - gaploxlamid yoki monoxlamid gul deb ataladi.
4. Gulqo‘rg‘on bo‘lmagan va faqat sporofillar (changchilar, urug‘chi) lardan yuzaga kelgan gullar - apoxlamid yoki ochiq (qoplagichsiz) gullar deb ataladi (tol,shumtol va boshqalar).
Changchilar. Bular morfologik tabiati va funksiyasiga ko‘ra mikrosporafillardan hosil bo‘lgan. Har bir changchi chang ipiga, ikkita chang xaltachalariga va bog‘lag‘ichga ega. Chang xaltachalarida ikkita mikrosporangiy bo‘ladi va ba’zan ular chang uyalari ham deyiladi. Demak, har qaysi changchi 4 ta mikrosporangiyga ega. Changchisi rivojlanmay qolgan ba’zi gullarga staminodiy deyiladi. Masalan, zig‘ir gulida ko‘rish mumkin.
Guldagi changchilarning to‘plami androtsey deb ataladi. Changchilar gulda erkin yoki chang ipi bilan birikib o‘sadi.
Urug‘chi yoki mevabargcha (karpella)lar. Gulning o‘rtasida mevabargchalar o‘rnashgan bo‘lib, ular megasporabargchalar hisoblanadi yoki urug‘chi deyiladi. Urug‘chilarning to‘plami genetsiy deb ataladi. Urug‘chining tumshuqchasi, ustunchasi va tugunchasi mavjud.
Urug‘chi tumshuqchasi bir, ikki, uch va undan ortiq bo‘laklarga bo‘linishi mumkin, bu bo‘laklar urug‘chining nechta meva bargchadan hosil bo‘lganligini bildiradi. Urug‘chining tumshuqchasi chang hujayralarini qabul qilib oladi, ya’ni urug‘chining tumshuqchasida changlanish jarayoni o‘tadi.
Urug‘chi ustunchasi tuguncha bilan tumshuqchani biriktiradi. Bir xil urug‘chilarda ustuncha bo‘lmaydi. Urug‘chining ustunchasi juda uzun bo‘lishi mumkin, bunday uzun ustunchani esa makkajo‘xorining urg‘ochi gulida ko‘ramiz.
Urug‘chi tugunchasi urug‘chining muhim qismlaridan biri, uning gulda o‘rnashishiga qarab ustki yoki ostki tugunchali bo‘ladi. Urug‘chini hosil qiladigan meva bargchalarining soniga qarab tugunchalar bir, ikki yoki ko‘p uyali bo‘lishi mumkin.
Urug‘chi (ginetsey) bitta meva bargchadan hosil bo‘lsa, apokarp genetsiy deyiladi. Apokarp genetsiyni zirkdoshlar, ranodoshlar, ayiqtovondoshlar va asosan burchoqdoshlar oilalarining vakillarida ko‘ramiz. Ikkita yoki bir nechta meva bargchalarning birikib o‘sishidan hosil bo‘lgan urug‘chilarga senokarp urug‘chi deyiladi.
Gullarda maxsus bezlar bo‘ladi va ular nektar bezlari deb ataladi. Bu bezlar nektar deb ataladigan shirani ishlab chiqaradilar. Nektar tarkibida: glyukoza saxaroza, aminokislotalar, oqsillar, vitaminlar va boshqa organik hamda anorganik moddalar bo‘lishi mumkin. Nektar bezlari asosan chetdan changlanishga moslashgan gullarda uchraydi. Nektardonlar tojbarglar asosida, gul o‘rnida, changchilarda joylashadi. Lekin ko‘pchilik o‘simlik gullarida nektardonlar kuzatilmaydi.
Gul qismlarining gul o‘rinda joylashiga ko‘ra gullar aktinomorf (to‘g‘ri), zigomorf (qiyshiq), assimetrik, siklik, atsiklik va gemitsiklik bo‘ladi.
Gul yuzasidan bittadan ortiq simmetriya chizig‘i o‘tkazish mumkin bo‘lsa, bunday gullar aktinomorf gullar deyiladi. Ko‘pchilik gulli o‘simliklarning gullari aktinomorf bo‘ladi. O‘rik, shaftoli, bodring, g‘o‘za, boychechak, gilos, pomidor va
shu kabi o‘simliklarning gullari bunga misol bo‘la oladi. Gulli o‘simliklarning evolyutsiyasi to‘g‘ri gullardan qiyshiq gullarni keltirib chiqargan.
Gul yuzasidan faqatgina bir yo‘nalishda bitta simmetrik chiziq o‘tkazish mumkin bo‘lsa, ular zigomorf gullar deyiladi. Bunday gullar yalpiz, kiyiko‘t, beda, sebarga akatsiya, shirinmiya va boshqa o‘simliklarda uchraydi.
Gul yuzasidan birorta ham simmetrik chizig‘i o‘tkazib bo‘lmasa, ular assimitrik (nosimmetrik) gullar deyiladi. Kanna (Canna), valeriana (Valeriana) va boshqa o‘simliklarda shunday gullar mavjud (7-rasm).
Siklik gulda gul azolari doira bo‘lib joylashadi. Bu holatni o‘rik, g‘o‘za, pomidor, zig‘ir, limon va ko‘pchilik yopiq urug‘lilarning vakillarida uchraydi. Gulda gul azolari spiral holda joylashsa, bunday gullar atsiklik gullar deyiladi. Masalan, Magnoliya (Magnolia) gulida. Gemitsiklik gullar yarim doiraviy gullar bo‘lib, ularning bir qismi spiral, ikkinchi qismi esa doira shaklida joylashadi. Masalan, uchma (Ceratocephalus), ayiqtovon (Ranunculus) da ana shunday gullar mavjud.
O‘zida gulqo‘rg‘oni, changchi va urug‘chisi bo‘lgan gullar to‘liq gullar deyiladi. Faqat urug‘chi va changchisi bo‘lgan gullar esa yalang‘och gullar deyiladi. Masalan, tolning (Salix) guli shunday gullarga kiradi.
Birgina gulqo‘rg‘oni bo‘lgan gullar jinssiz gullar deb nom olgan. Misol tariqasida bo‘tako‘z o‘simligining savatcha to‘pgulini kuzating.


Download 1.25 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling