Mavzu: O’smirlar bilan o’tiladigan treninglar


Download 66.19 Kb.
bet3/9
Sana23.03.2023
Hajmi66.19 Kb.
#1287929
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O`smirlarda korreksion treninglar

II. O’smirlik krizisini korreksiyalash treninglari.
O’smirlik davri qarama-qarshiliklarga boy davrdir. Uni ba’zi olimlar « krizislar » « tanazzullar » davri ham deb ataydilar. Sababi o’smir ruhiyatida shunday inqiroziy holatlar ro’y beradiki, u bu inqirozni bir tomondan o’zi hal qilgisi keladi, ikkinchi tomondan, o’zi hal qilishga imkoniyati, kuchi va aqli yetmaydi.
Psixologik jihatdan o’sishida uning ruhiyatida keskin burilishlar yuz beradi. Bu ko’rinishlarni biz ularning harakter xususiyatidagi « og’ish » liklarda ko’rishimiz mumkin va bu og’ishliklar ularning xatti-harakatlaridagi « portlash
» va agressiyaga (tajovuzkorlikka) moyil bo’lgan affektiv qo’zg’aluvchanlikdir. Bu holat ko’pincha ijtimoiy adaptatsiyaning (moslashishning) buzilishini, jumladan qonunbuzarlikning sabablaridan biri bo’lib hisoblanadi.

Ma’lumki, affektiv qo’zgaluvchanlik ko’p jihatidan o’smirlik davriga to’g’ri keladi. Bu holat me’yorda ham kuzatiladi. Uning vujudga kelishi bu yosh fazasining vegetativ endokren sistemaning qayta qurilishi bo’lsa psixologik o’zgarish portlash va agressiyaga ( tajovuzkorlik ) moyil bo’lgan affektiv qo’zg’aluvchanlikdir. Bu holat ko’pincha ijtimoiy adaptatsiyaning (moslashishning) buzilishini, jumladan, qonunbuzarlikning sabablaridan biri bo’lib hisoblanadi. Ammo psixik sog’lom atrof muhitning qulay sharoitlarida tarbiyalanayotgan o’smirlarda affektiv qo’zgaluvchanlik adaptatsiyaning buzilishiga olib kelmaydi.


O’smir shaxsi xarakteridagi og’ishlarning shakllanishi ularning tiplarini aniqlash, tibbiy - psixlogik va tibbiy - pedagogik ishlarni faol olib borish uchun zarurdir.
Xulq - atvori og’ir o’smirlarning shaxsi shakllanishiga ko’pchilik hollarda oilaviy shart-sharoitlar, ota-onaning yoki qarindoshlarning ichkilikbozligi, ularning axloqqa zid xulk-atvorlari salbiy ta’sir ko’rsatadi. Tarbiyasi og’ir o’smirlar uchun odatda o’qishga, umum e’tirof etgan qoidalarga nisbatan zid munosabat bo’lib, oxir-oqibatda bu uni sinfiga, maktabga, bilim yurti jamoasiga, qarama- qarshi qilib qo’yadi. Aksariyat hollarda tarbiyasi qiyin o’smirlar- ichki salbiy munosabatlar natijasida maktab jamoasida o’z o’rnini topa olmagan o’quvchilar bo’lib chiqadi. O’smirlik yoshida katta yoshdagilar, ota-onalar va o’qituvchilar bilan kelishmovchiliklar ro’yobga chiqadiki, bu faqat tabiiy o’sish jarayoni bilangina emas, balki, o’smirni katta yoshdagilar va tengdoshlararo munosabatlari o’zgarishi bilan izohlanadi . Tengdoshlar bilan doimiy muloqotga ehtiyojning kuchayishi, o’zligini tasdiqlashga intilish, tengdoshlarining o’zi haqidagi fikr mulohazalariga ta’sirchanlik o’smirlik davriga xos xususiyatlardir.
Psixolog tadqiqotchilar tarbiyasi qiyin o’smirlarning vujudga kelishiga ijtimoiy muhitdan tashqari, pedagogik, psixologik sabablar ham borligini ko’rsatadi. Nazariy mulohazalar analizi, o’smirlarning xatti-harakatlari motivini sistemali o’rganish jarayoni tarbiyada me’yordan chetga og’ish sabablari, xilma- xil ekanligini ko’rsatadi.
Balog’at davrida o’qituvchilar, ota-onalar va jamoatchilik o’smirni nazoratsiz qoldirishi, bo’sh vaqtini to’g’ri uyushtirmasligi, o’qishga nisbatan salbiy munosabat, sinf jamoasi bilan aloqani yomonlashuvi, spirtli ichimlikka o’rganish, tajovuzkor, serzardalik tarbiyasi qiyin o’smirlarni keltirib chiqaruvchi muhim omillardan bo’lib hisoblanadi.
Tarbiyasi qiyin o’smirlarni o’rganishda ijtimoiy muhitdan tashqari pedagogik-psixologik sabablar mavjudligini hisobga olish, qonunbuzarlikni
kelib chiqish sabablarini diagnostika yordamida aniqlash, tarbiyasi qiyin o’quvchilar shaxsini aniqlash ularning psixologik munosabatlarini inobatga olgan holda tipologiyasini tuzish tipologik xususiyatlarga binoan individual ish olib borish, qonunbuzarlikni oldini olib va tarbiyasi qiyin bolalarni qayta tarbiyalash metodlarini amalga tadbiq qilish, bu muammoni yechilishiga yordam beradi.
Yuqorida ta’kidlangan nomaqbul oilaviy shart- sharoitlar bilan birga tarbiyasi qiyinlikni keltirib chiqaruvchi maktab, qarindosh- urug’, mahallalarni bolalar tarbiyasiga e’tiborsizligini ham kiritishimiz mumkin. Biroq yomon ota- onaning bolasi albatta yomon bo’ladi deb hisoblash xatodir. O’smir nomaqbul tashqi ta’sirlarni o’z istaganicha rang- barang tarzda idrok etadi va o’zlashtiradi. U salbiy ta’sirlarni qabul qilmasligi, rad etishi, ularga qarshi kurashishi ham mumkin.
Kuzatishlarimiz shuni ko’rsatadiki, o’smirlarga xos “krizis” ko’rinishlarini bartaraf qilish uchun maxsus psixokorreksion ishlar rejasini tuzib chiqish lozim. Bunda, o’smirlarda uchraydigan xulqning salbiy ko’rinishlarini xar biri bartaraf etuvchi korreksion metodlardan foydalaniladi. Jumladan, bugungi kunda psixologiyada keng foydalanib kelinayotgan va yaxshi samara berayotgan usullardan psixokorreksion trening mashg’ulotlaridir.
Psixokorreksion dastur asosida ishlash o’smirlarga xos “krizis” bilan ishlashning eng asosiy jihati bo’lishi kerak.
Psixokorreksion dastur asosida o’smirlar bilan ishlash, shunchaki diagnostik metodikalarni hamda psixokorreksion mashg’ulotlarni o’tkazishdan farqli ravishda professional yondoshuvdir.
Shu o’rinda oydinlik kiritib o’tish kerak, psixokorreksion dastur – bu korreksion-rivojlantiruvchi ishlarning mazmun-mohiyatini hamda ketma- ketligini o’zida aks ettiruvchi normativ hujjatdir. psixokorreksion dasturlar bu amalga oshiriladigan korreksion yoki rivojlantiruvchi ishlarni rejalashtirishning o’ziga xos usuli ham bo’lib, unda maqsad va vazifalar, faoliyat qaratilgan ob’ekt aniq belgilanishi lozim.
Psixokorreksion dasturlarni tuzishda belgilangan mezonlar mavjud bo’lib ular umumiy samaradorlikni ta’minlashga xizmat qiladi. Mezonlar:

  • korreksion, rivojlantiruvchi, profilaktik vazifalarning tizimliligi mezoni. Bunda foydalaniladigan usullar bir-birini to’ldirishi hamda mantiqiy ketma- ketlikka ega bo’lishi lozim;

  • korreksiya va diagnostikaning uyg’unligi va umumiyligi, ya’ni diagnostika asosida, aniq shaxs sohasini belgilab uni korreksiya qilib borilishi;

  • kauzal tipdagi korreksion faoliyatning ustunligi, chunonchi muammoning o’zini, keltirib chiqarayotgan salbiy ta’sirlarini emas uning asl sabablarini ham bartaraf etish mezoni;

  • aniq yo’llar, usullar, taktika va texnikalarni belgilab olish;

  • yosh va individual psixologik xususiyatlarini hisobga olish;

  • psixologik ta’sir metodlarining komleks xususiyatga ega ekanligi;

  • yaqin ijtimoiy muhitni (muayyan bevosita aloqador insonlarni) korreksion faoliyatga jalb qilish;

  • psixologik jarayonlarga ta’sir qilishga qaratilgan usullardan foydalanish;

  • ta’lim-tarbiyani dasturlashtirish;

  • murakkablashtirib borish, ya’ni beriladigan topshiriqlarda qo’yiladigan masalalarni qiyinlik darajasini o’sishini ta’minlash;

  • bir darajadagi materiallar o’zlashtirilgachgina ikkinchi darajaga ko’tarilish. Beriladigan topshiriqlar salmog’ini hisobga olish;

  • materialning emotsional jihatdan qiyinligini hisobga olish.

Bugungi kunda psixokorreksion va psixologik rivojlantiruvchi faoliyatga nisbatan ko’plab yondoshuvlar va texnologiyalar mavjud. Jumladan: psixodinamik, kognitiv, axloqiy, gumanistik yondoshuvlarni aytib o’tish mumkin. psixokorreksion texnologiyalar qatoriga esa, o’yin terapiya, art- terapiya, psixodramma, psixogimnastika, trening va suggestiv(mantiqiy) texnologiyalarni kiritamiz.
Psixokorreksion dastur yaxlit kompleks sifatida A.A.Osipovaning fikriga ko’ra, o’ziga xos 4 ta maqsadli bloklarni o’z ichiga olishi lozim, ular: diagnostik, kontakt, korreksion, baholash bloklaridir.

  1. Diagnostik blok – shaxs rivajlanishidagi o’ziga xosliklarni diagnostika qilish, xatarli faktorlarni aniqlash, umumiy korreksion dasturni shakllantirish.

  2. Kontakt bloki – o’zaro ijobiy munosabatni va birgalikda ishlash ixtiyorini vujudga keltirish, mijozda bezovtalikni bartaraf qilish va o’ziga ishonchni oshirish, psixolog bilan o’zaro hamkorlik qilib o’zining hayotida nimanidir o’zgartirish istagini rivojlantirish.

  3. Korreksion blok – mijoz shaxs gormoniyasini (uyg’unlik holatini) yuzaga keltirish, salbiy fazalardan ijobiy fazalarga o’tish, o’zi bilan va atrofdagilar, borliq bilan o’zaro ijobiy ta’sirlashuv munosabalarini paydo qilish, muayyan (kerakli bo’lgan) psixologik faoliyat bilim-ko’nikmalarini egallash.

  4. Korreksion ta’sir effektivligini baholash bloki – o’zini ijobiy baholashni muvozanatlashtirish, psixologik mohiyatni va dinamika reaktsiyalarini

o’zgartirish, ijobiy xulq-atvor kechinmalari va reaktsiyalariga ta’sir qilish, umumiy ijobiy o’zgarishlar dinamikasini kuzatish.
Aytish joizki, har bir maqsadli blok ta’rifi amalga oshirilishi kerak bo’lgan chora-tadbirlarni ta’riflab o’zida jamlaydi. Bu chora-tadbirlar strukturasi o’tkazilgan mashg’ulotlarning foydali ta’siri yoki aks ta’siri bilan o’zgarib yoki rivojlatirilib borishi maqsadga muvofiq.

Download 66.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling