Mavzu: O’smirlar bilan o’tiladigan treninglar
Osmirlik davri agressiyasi
Download 66.19 Kb.
|
O`smirlarda korreksion treninglar
2.1.Osmirlik davri agressiyasi.
O’smirlik davri – insonning rivojlanishidagi eng murakkab davrlardan biri. Nisbatan qisqa bo’lishiga qaramay, u deyarli ko’p jihatdan individning keyingi hayotini belgilaydi. Aynan o’smirlik davrida xarakter va shaxsning boshqa xususiyatlari shakllanadi. Bu holatlar: kattalar tomonidan g’amxo’rlik qilinadigan bolalikdan mustaqillikka o’tish, odatdagi maktab davrini ijtimoiy faoliyatning boshqa turlariga almashinishi, shuningdek, organizmning jadal garmonal qayta qurilishi – o’smirni ayniqsa zaif va muhitning salbiy ta’sirlariga beriluvchan qilib qo’yadi. Xuddi shu davrda o’smirlarda tajovuzkor xatti – harakatlarning kuchayib borishi ham kuzatiladi. Agressivlik – bu haqorat yoki boshqa jonzotga zarar yetkazish kabi holatlarni xohlamasa ham shunga mo’ljallangan fe’l-atvorning har qanday shaklidir. Bir qarashda bu ta’rif oddiy va ochiqday tuyuladi biroq diqqat bilan qaralsa tuqur o’rganish kerak bo’ladigan o’smirlik davriga xos bo’lgan xulq- atvor ko’rinishidir. O’smirlar xatti – harakatidagi agressivlik muammosi hozirgi kunlarimizda ham dolzarb masaladir. Maktab o’qituvchilari agressiv o’quvchilar yildan – yilga ko’payib borayotganligini, ular bilan ishlash qiyinlashayotganligini, ko’pincha o’qituvchilar ularni qanday boshqarishni bilmayotganliklarini ta’kidlamoqdalar. Chunki xuddi shu davrda o’smirlarda ko’pincha kuch ishlatish holatlari uchrab, u “shafqatsizlik”, “janjalkashlik”, “urushqoqolik”, “g’azablanganlik” kabi ko’rinishlarga ega bo’ladi. Psixologiyada “tajovuz” atamasi turlicha talqin etiladi. Tajovuzkorlikni tadqiq etgan ko’pchilik mualliflar unga salbiy baho berishni afzal ko’rishadi. Shuningdek, tajovuzkorlikka ijobiy tomondan ham qaraladi-ki, unda bola kuchli, chidamli, irodali, baquvvat bo’lib shakllanishi ta’kidlanadi23. Lekin o’smirning tajovuzkorligi ko’pgina holatlarda qahr – g’azablilikni, mehrsizlikni, ota – ona va atrofdagilarga hurmatsizlikni, ular bilan chiqisha olmaslikni, “ozod” bo’lishga intilishni, boshqalarga befarqlik holatlarini keltirib chiqaradi. Bu borada o’smirlardagi tajovuzkorlik darajasini qasddan qilinganligi yoki maqsadsiz, zarurat natijasida yuzaga chiqqanligini ko’rishimiz mumkin. Bunday vaziyatda tajovuzkorlik xavf – xatar vaqtida paydo bo’luvchi va himoya xususiyatiga egaligi bilan ajralib turadi. A. Bandura tajovuzning sababini ijtimoiylashuv jarayonidagi o’zlashtirilgan axloq ko’rinishlaridan biri deb hisoblaydi24. Axloq namunasi shaxslararo ta’sir vositasi sifatida qaralib, aynan ota –onalarning o’z bolalarini agressiv axloqqa o’rgatishining omili ekanligini ta’kidlaydi. Agressiv xulqli o’smir xususiyatlarini o’rganish jarayonida uchta muhim komponentni ajratadi: agressiv harakatlarni o’zlashtirish usullari; agressiv xatti-harakatlar namoyon bo’lishini ta’minlovchi omillar; agressiv xatti-harakatlar mustahkamlanadigan shart-sharoitlar. Tajovuzkorlikning yana bir ko’rinishi g’animlik va buzg’unchilik akti (axloqiy tashkil etuvchi) sifatida: Masalan, A.A.Rean shunday ta’rif beradi: tajovuz bu haqorat qilish yoki bunday munosabatda bo’lishlarini istamagan, boshqa tirik jonzotga zarar yetkazishga qaratilgan axloqning istalgan shakli. Boshqacha qilib aytganda, tajovuz sifatida shunday axloqni ko’rib chiqish mumkinki, u tirik organizmlarga zarar yoki ziyon yetkazishni nazarda tutadi25. Masalan, bunda maktab hovlisida o’sib turgan daraxt va gullarga, hayvonot olamiga salbiy ta’sir yetkazuvchi o’quvchilar nazarda tutilgan. Darhaqiqat, ko’z oldimizda nafaqat maktab hovlisida balki boshqa jamoa joylarida ham o’simliklar va hayvonot dunyosiga zarar yetkazuvchi o’quvchilarni ko’rishimiz mumkin. Bir guruh soha mutaxassislari tomonidan o’smir - oddiy bola sifatida qaraladi. Tajovuzkorlik xususiyatlarini u, tarbiyaviy ishlardagi kamchiliklar, xatolar, uni o’rab turgan muhitning murakkabliklari natijasida orttiradi. Bu davrda nafaqat ilgari shakllangan psixologik strukturalarning tubdan qayta shakllanishi ro’y beradi, balki yangilari ham paydo bo’ladi, ongli harakat asoslari yuzaga kela boshlaydi deb ta’kidlaydi. Download 66.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling