Mavzu: O’smirlik davri, ilk o’spirinlik davri psixik rivojlanish xususiyatlari
Download 0.99 Mb. Pdf ko'rish
|
3-MAVZU SIRTQI
- Bu sahifa navigatsiya:
- 5.O‘spirinlik davrida o‘zini-o‘zi anglashning rivojlanishi R E J A
- «o‘tish davri»
1.O’smirlik davridagi psixik rivojlanish umumiy tavsifi. 2.O‘smirlik davri inqirozi va uning psixologik, psixofiziologik sabablari, bu davrda intellektual va emotsional rivojlanish xususiyatlari . 3.O‘smirlik davrida o‘z-o‘ziga baho berish tizimining rivojlanishi muammosi borasidagi tasavvurlarni hosil qilish 4.Ilk o`spirinlik davriga umumiy tavsif 5.O‘spirinlik davrida o‘zini-o‘zi anglashning rivojlanishi R E J A : Adabiyotlar: 1.Davletshin M.G.,Do`stmuxamedova SH.A., Mavlonov M. M,To`ychieva S.M., «Yosh va pedagogik psixologiya». T. TDPU, 2004 2.Do`stmuhammedova Sh.A.,Tillashayxova Sh.A.,Baykunusova G.Yu., Ziyavitdinova G.Z., “Yosh davrlari va pedagogic psixologiya” – Darslik. Toshkent. Nizomiy nomidagi TDPU, 2020y. 3.G'oziyev.E.G' Psixologiya (Yosh davrlari psixologiyasi) T:O`qituvchi. 4. G`ozievE.G`.Ontogenez psixologiyasi.-T.: Noshir. 2010. Aksariyat o‘quvchilarda o‘smirlik yoshiga o‘tish, asosan, 5-sinflardan boshlanadi. «Endi o‘smir bola emas, biroq katta ham emas» - ayni shu ta’rif o‘smirlik davrining muhim xarakterini bildiradi. Hozirgi o‘smirlar o‘tmishdoshlariga nisbatan jismoniy aqliy va siyosiy jihatdan bir muncha ustunlikka ega. Ularda jinsiy yetilish, ijtimoiylashuv jarayoni, psixik o‘sish oldinroq namoyon bo‘lmokda. O‘smirlik – bolalikdan kattalikka o‘tish davri bo‘lib, fiziologik va psixologik jihatdan o‘ziga xos xususiyatlari bilan xarakterlanadi . O‘smirlik davrida vujudga keluvchi eng asosiy psixologik o‘zgarish – kattalik hissining paydo bo‘lishidir . Bu bosqichda bolalarning jismoniy va psixik taraqqiyoti juda tezlashadi, hayotdagi turli narsalarga qiziqishi, yangilikka intilish ortadi, xarakteri shakllanadi, ma’naviy dunyosi boyiydi, ziddiyatlar avj oladi. O‘smirlik balog‘atga yetish davri bo‘lib, yangi hislar, sezgilar va jinsiy hayotga taallukli chigal masalalarning paydo bo‘lishi bilan xarakterli. O‘smirlik yoshidagi o‘quvchilarning xulq- atvor xususiyatlari Bu yoshda o‘smir rivojida keskin o‘zgarishlar ro‘y bera boshlaydi. Bu o‘zgarishlar fiziologik hamda psixologik o‘zgarishlardir. Bo‘yga o‘sish bir tekis bormaydi: qiz-bolalar 5-7 sm o‘ssalar, o‘g‘il bolalar 5-10 sm o‘sadilar.Og‘iz bo‘shlig‘i va halqumdagi o‘zgarishlar oqibatida tovush tembri ham o‘zgaradi. O’smir O‘smirlik davri «o‘tish davri», » krizis davr », « qiyin davr » kabi nomlarni olgan psixologik ko‘rinishlari bilan xarakterlanadi. Chunki, bu yoshdagi o‘smirlarning xatti- harakatida muqobil, yangi sharoitlarda o‘z o‘rnini topa olmaganligidan psixik portlash hollari ham kuzatiladi. O‘z davrida L.S. Vigoskiy bunday holatni “psixik rivojlanishdagi krizis” deb nomlagan. O’smir • O‘smirlik davrida shaxs rivojlanishida individualizatsiya jarayoni ustunlik qiladi, tashqi ko‘rinishga e’tibor kuchayadi. • O‘smirlik davriga kimningdir xatti-harakatini imitatsiya - qilish xosdir. Ko‘pincha ular o‘zlariga tanish va yoqadigan kattalarning xatti-harakatlariga imitatsiya, taqlid qiladilar. • O‘smir yoshlarning xulq-atvori va faoliyatlarida ba’zan o‘zlarining kuchlari yetmaydigan qarama-qarshiliklar paydo bo‘ladi. • Asosiy qarama-qarshilik juda ko‘p orzu-tilaklarni vujudga keltiruvchi, jadal ortib borayotgan jismoniy, ma’naviy va moddiy ehtiyojlar bilan ularni qondirish uchun nihoyatda cheklangan hamda ko‘p jihatdan yetarli bo‘lmagan imkoniyatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilikdir. • O‘smirning o‘z kuchiga to‘la ishonmasligi uni butun vositalar bilan shunchaki o‘zini katta kishi bo‘lib qolganligini ta’kidlashga majbur qilibgina qolmay, shu bilan birga bu tuyg‘uni yetarli baholay olmaslik holatini ham vujudga keltiradi. • Bu o‘z navbatida kattalarga qo‘pol munosabatda bo‘lish va agressivlikni hamda ota-onalar bilan o‘qituvchilarning maslahat va talablarini pisand qilmaslik kabi xulq-atvor alomatlarini ham keltirib chiqaradi. Download 0.99 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling