o't yo'llaridagi yallig'lanishning avj olishi hisoblanadi. Antibiotiklar bilan davolash kursi uzoq davom etmaydi (7-10 kun). Antibiotiklarni uzoqroq muddat qo'llash, ularni avj olishdan tashqari davrda qo'llash samara bermaydi va hatto zararlidir, disbakterioz va zamburug'lar o'sishiga olib keladi. Xoletsistitda antibiotiklarni baktisubtil va albatta vitaminlar (S, V guruhi, A) bilan birgalikda qo'llash kerak. Antibiotikni tanlashda o'tni (asosan V qismini) ekishda o'sib chiqqan floraning sezgirligini hisobga olib davolashni o'tkazish maqsadga muvofiqdir. Agar kasallikning klinik belgilari kutib turishga imkon bermasa, bunda ta'sir doirasi keng bo'lgan antibiotiklar - ampioks, gentamitsin, tsefalosporinlardan foydalanish lozim. Fiziodavolash Fiziodavolash o'ta yuqori chastota (O'YuCh) seanslari o'tkazilib, keyin jigar sohasiga 10-15 seansdan iborat magniy sulfati (yoki novokain, papaverin, dionin) bilan elektroforez, diatermiya, parafin, ozokerit torf, qum, past kuchlanishli va past chastotali impulsli applikatsiyalari qo'llaniladi. Fiziodavolash xususiyati xoletsistit kechishini qaysi gastrit asoratlagani bilan belgilanadi. Davolovchi badan tarbiya o't harakatlanishini ancha yaxshilaydi va o't yo'llari diskineziyasi hamda surunkali xoletsistit bilan kasallangan bemorlarni davolashning muhim tarkibiy qismi bo'lib hisoblanadi. Lekin bemorlar uchun haddan tashqari jismoniy yuklanishlar va keskin harakatlar, silkinishlar, og'ir yuklarni tashish taqiqlangan. E’TBORINGIZ UCHUN RAXMAT!!!
Do'stlaringiz bilan baham: |