SAMDTU 2-son davolash ishi 413-guruh talabasi Mustafaev Norbekning Pediatriya fanidan tayyorlagan mustaqil ishi Mavzu:O`t chiqarish yo`llarining diskineziyasi, xolangitlar, xolesistoxolangitlar. Etiopatogenez, klinika, laborator-instrumental tekshirish usullari, tashis, qiyosiy tashis, kechishi, davo va reabilitasiya. Standart va individual davolash choralari. Diskineziyalar O't chiqarish yo'llari diskineziyasi - bu o't chiqarish yo'llari mushak apparatining buzilishi natijasida o'ng qovurg'alar osti sohada og'riqning paydo bo'lishi va o'tning 12 barmoq ichagiga tushishini buzilishidir. Ushbu patologiyaning 2 ta turi farqlanadi: gipertonik turi - bunda o't chiqarish yo'llari sfinkterlarining tonusi oshadi; gipotonik (gipotonik - gipokinetik) turi – bunda o't chiqarish yo'llari tonusi va harakat faolligi pasaygan bo'ladi. Diskineziyalarni birlamchi va ikkilamchi turlarga bo'lish noto'g'ri, chunki ular deyarli hamma vaqt ikkilamchi hisoblanadi. Etiologiyasi O't chiqarish yo'llari (O'ChY) diskineziyasiga olib keluvchi quyidagi omillar farqlanadi: > turli kelib chiqishga ega neyrotsirkulyator disfunktsiya; > o'tkazilgan o'tkir virusli gepatit; > vegetativ distoniyasi bor bolaning konstitutsiyaviy xususiyatlari va kam harakatli turmush tarzi; > nevrozlar; > ovqat allergiyasi; > oshqozon-ichak yo'lining parazitozlari, ayniqsa lyamblioz; > hozirda ko'proq oilaviy turmush tarzining xususiyatlari, shu jumladan, ovqatlanish xususiyatlari bilan asoslanilayotgan nasliy moyillik; > zaharlanishlar, ekopatologiya, ovqatlanishda sanoatda ishlab chiqarilgan konserva mahsulotlarini uzoq muddat suiiste'mol qilish; > endokrin kasalliklar (semirish, tireotoksikoz, qandli diabet). Patogenezi. - Patogenezi. Hozirgi vaqtda o't pufagi diskineziyasi haqidagi tushuncha qaytadan ko'rib chiqilmoqda. Gepatotsit darajasidagi organik o'zgarishlar diskeniziyaning nafaqat gipomotor, balki gipermotor shakllarida ham kuzatiladi. Bu esa nafaqat jigar ichi, balki jigardan tashqari o't yo'llari, shu jumladan o't pufagi faoliyati buzilishiga olib keluvchi o'ziga xos birlamchi omillardan biri bo'lib hisoblanadi [Galkin V.A., 1996]. Ushbu patologiya xolestazning aniq turi hisoblanadi. Lekin biliar tizimi diskineziyasining rivojlanishida vegetative tomirlar (neyrotsirkulyator) distoniyaning ahamiyati istisno qilinmaydi. Demak, 2 ta asosiy omil O'ChY motorikasining buzilishiga olib keladi:
- 1) gepatotsit funktsional holatining buzilishi va shu sababli - disxoliya (o't
- tarkibining o'zgarishi);
- 2) O'ChY mushak devorining nevrogen boshqaruvi buzilishlarining ham
- markaziy (neyrotsirkulyator disfunktsiya, nevrozlar), ham periferik
- (interoretseptorlardan vistsero-vistseral reflekslar turi bo'yicha oshqozon-ichak
- yo'li patologiyasida) genezida. Aniqlanishicha, O'ChY diskineziyalariga 12
- barmoq va ingichka ichakning surunkali patologiyasida enteral gormonlar
- (xoletsistokinin, motilin va boshq.) sekretsiyasining buzilishlari ham olib kelishi
- mumkin.
- O'tning ichakka tushish ritmikasining buzilishi oshqozon-ichak yo'li yuqori qismlarining bakteritsid xossalarini pasaytiradi va disbakteriozlar, ichak diskineziyalariga olib keladi. Davomli kechuvchi diskineziya o'tning turib qolishi va zararlanishi, ichak bo'shlig'i suyuqligi va moddalarining o't pufagiga kirib borishi (reflyuks), xoletsistitga olib keladi. Asab tizimining simpatik bo'limi ustun turgan bemorlar uchun gipotonik diskineziyalar (barcha diskineziyalarning 80 foizi), parasimpatikotoniyada esa gipertonik diskineziyalar xos
Do'stlaringiz bilan baham: |