Mavzu: O‘ta yuqori chastota diapazoni yo‘naltirilgan tarmoqlagichi, ularning qo‘llanilish sohalari Guruh
Download 58.44 Kb.
|
F.Xolov mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Toshkent-2023 Mavzu: O‘ta yuqori chastota diapazoni yo‘naltirilgan tarmoqlagichi, ularning qo‘llanilish sohalari REJA
- Mavzu: O‘ta yuqori chastota diapazoni yo‘naltirilgan tarmoqlagichi, ularning qo‘llanilish sohalari Chastota nima va u haqida. Chastota
O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI AXBOROT TEXNOLOGIYALARI VA KOMMUNIKATSIYALARINI RIVOJLANTIRISH VAZIRLIGI MUHAMMAD AL-XORAZMIY NOMIDAGI TOSHKENT AXBOROT TEXNOLOGIYALARI UNIVERSITETI Mustaqil ish Mavzu: O‘ta yuqori chastota diapazoni yo‘naltirilgan tarmoqlagichi, ularning qo‘llanilish sohalari Guruh: 0181-21 Bajardi: Xolov Foziljon Toshkent-2023 Mavzu: O‘ta yuqori chastota diapazoni yo‘naltirilgan tarmoqlagichi, ularning qo‘llanilish sohalari REJA 1. Chastota nima va u haqida. 2. O‘ta yuqori chastotalar. 3. O‘ta yuqori chastotalarning ishlash prinsipi va qo‘llanilishi. 4. Xulosa 5. Foydalanilgan adabiyotlar Mavzu: O‘ta yuqori chastota diapazoni yo‘naltirilgan tarmoqlagichi, ularning qo‘llanilish sohalari Chastota nima va u haqida. Chastota — 1) fizikada — davriy tebranishning miqdoriy ifodasi; tebranish sikllari sonining u oʻtadigan vaqtga nisbati. Ch. v (texnikada f) tebranish davri T ga teskari kattalik. 2) ehtimollar nazariyasida — biror hodisaning roʻy berishi sonining tajribalar umumiy soniga nisbati. Agar hodisaning tajribada alohida roʻy berishi ehtimoliga teng boʻlsa, yetarlicha kattalar uchun har qanday kichik boʻlganda ushbu tengsizlikni qanoatlantiradi. Bu xulosa katta sonlar qonunidan kelib chiqadi. Ch. tushunchasi ehtimollikning statistik taʼrifi uchun asos boʻladi; 3) kino texnikasida — kinoga olish yoki kino qoʻyishda yoki televizor ekranida kadrlarning almashinish davriyligi yoki tezligi. Standart tezlik sifatida 1 sekundda 24 kadr almashinishi qabul qilingan (baʼzan 8 va 16 mm li kinolentalar ishlatilganda 1 sekundda 16 kadr almashinadigan tezlik qabul qilinadi). Televizor ekranida kadrlar almashinishi standart boʻyicha 25 Gs ga teng. Turli maqsadlardagi zamonaviy radiotexnik qurilmalar va radioboshqarish tizimlarida radioavtomatika tizimlari deyiladigan avtomatik tizimlar keng qo‘llaniladi. Ularga chastotani fazaviy va chastotaviy avtomatik qayta sozlash qurilmalari, kuchaytirishni avtomatik rostlash qurilmalari, harakatlanayotgan ob’ektlarning koordinatalarini o‘lchash tizimlari, masofani o‘lchagichlar, turli qidirish filtrlari va boshqalari kiradi. Radioavtomatika tizimlarini alohida sinfga ajratish turli halaqitlar ta’sirida radiosignalning parametrlariga ishlov berish amalga oshiriladigan radiotexnik qurilmalar va radioboshqarish tizimlari tarkibida ishlash sharoitlariga bog‘liq bo‘lgan ularning o‘ziga xos xususiyatlari orqali asoslanadi. Radioavtomatika tizimlarining ishlash ishonchliligi va sifati ko‘p jihatdan radioapparaturalar va radioboshqarish tizimlarining xarakteristikalarini aniqlaydi. Chastotani avtomatik qayta sozlash tizimlari radioqabul qilish qurilmalarida, harakatlanadigan ob’ektlar tezligini o‘lchash dopler tizimlarida, signallar chastotaviy seleksiyalash qurilmalarida qo‘llanadi. Chastotani avtomatik qayta sozlash ) bu generator elektr tebranishlarining zarur chastotasini avtomatik o‘zgartirish yoki saqlash qurilmasi yoki usuli hisoblanadi. Usul teskari aloqa zanjiridan chastotaning farqi haqidagi ma’lumotlar bo‘yicha generatorning chastotasini avtomatik qo‘shimcha rostlashdan iborat. Bu bilan chastota bo‘yicha manfiy teskari aloqa amalga oshiriladi. Chastota bo‘yicha farq signali radiotexnik qurilmada berilgan chastotadagi generatorning joriy chastotasi va uni tayanch chastotasi, masalan, signalning tashuvchi chastotasi bilan taqqoslashdan foydalanish bilan olinadigan signalning turli xarakteristikalari bo‘yicha diskriminator orqali ishlab chiqariladi Generatorning chastotasi zarur chastotadan qurilma tarkibiga kiradigan elektron komponentlar nominallarining harorat bo‘yicha dreyfi, generatorning chastotasini noaniq (masalan, diskret) o‘rnatilishi yoki dopler surilishi (sun’iy yo‘ldosh va kosmik apparatlardan signallarni qabul qilish tizimlarida) tufayli farqlanishi mumkin. K – kuchaytirgich, D – diskriminator Varikapdan foydalanish bilan qabul qilishda chastotani avtomatik qayta sozlash sxemasi Chastotaviy diskriminator nosozlanish ishorasiga bog‘liq bo‘ladigan qutbli farq kuchlanishini olish uchun xizmat qiladi. Bu kuchlanishning qiymati nosozlanish qiymatiga proporsional bo‘ladi. Agar chastota bo‘yicha nosozlanish qiymati qamrab olish zonasidan katta bo‘lmasa, qabul qilgich geterodini chastotasini qayta sozlash amalga oshiriladi. Agar chastota bo‘yicha nosozlanish qiymati qamrab olish zonasidan katta bo‘lsa, u holda qabul qilgich geterodini chastotasini qayta sozlash amalga oshirilmaydi. Chastotaning istalgan nosozlanishlarida Chastotani avtomatik qayta sozlash tizimining ishlashi uchun geterodinning chastotasini boshqaradigan sxemaga zondlash impulslarining kelishi davrili signalni “qidirish” arrasimon kuchlanishi beriladi. Aralashtirgich chiqishidagi oraliq chastota qiymati Chastotani avtomatik qayta sozlash qamrab olish zonasiga tushadigan tarzda geterodin chastotasi o‘rnatilishi bilan boshqarish sxemasi kirishidagi kuchlanish xotirada saqlanadi va Chastotani avtomatik qayta sozlash tizimi ishlay boshlaydi. Mavjud Chastotani avtomatik qayta sozlash tizimlarini quyidagi belgilar bo‘yicha tasniflash mumkin: a) diskriminatorning turi bo‘yicha: • chastota bo‘yicha avtomatik qayta sozlash tizimi; • faza bo‘yicha avtomatik qayta sozlash tizimi; b) parametr bo‘yicha: • farq chastotasini avtomatik qayta sozlash tizimi; • chatotaning absolyut qiymatini stabillash tizimi; c) boshqarish turi bo‘yicha: • elektron; • elektr; d) stabillanadigan parametrni sozlash usuli bo‘yicha: • kuzatib boruvchi; • qidiruvchi; e) chastota etaloni bo‘yicha: • aktiv etalonli (kvarsli); • passiv etalonli (rezonans tizimlar). Download 58.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling