Mavzu: ’’Oy allasi “


Download 273 Kb.
bet1/4
Sana14.12.2022
Hajmi273 Kb.
#1006785
  1   2   3   4
Bog'liq
3- sinf ona tili M. Saydumarova




O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


BUXORO VILOYATI XALQ
TA’LIMI BOSHQARMASI


BUXORO SHAHAR
35-IDUM
boshlang`ich sinf o’qituvchisi


ARTIKOVA LAYLONING
3-sinflarda ona tili fanidan bir soatlik




Mavzu: 349-351-mashqlar
Darsning maqsadlari:
Ta'limiy maqsadi: O’quvchilarga Fe’l – so’z turkumi ekanligi haqida ma’lumot berish shaxs va narsaning harakatiga qarab,fe’lllarga to’g’ri so’roq qo’yish, fe’llarni to’g’ri yozish, nutqda to’g’ri qo’llashga o’rgatish; FK 1: fe`l, uning so`roqlari, gapdagi vazifasi, bo`lishli va bo`lishsiz shakllarini bilish.
Tarbiyaviy maqsadi: O’quvchilarda fikrlashuvda madaniy munosabatda bo’lish, har bir ishga tog’ri yondashish hissini tarbiyalash, hamjihat bo’lib ishlashga, do’stona munosabatda bo’lishga yo’l ochish, oila haqidagi tasavvurlarini kengaytirish. TK 4: o`quvchlik burch va huquqlari, vazifalarini bilish va ularga rioya qilish: TK 3: O`quv fanlarini o`rganish va bir- biridan farqlash.
Rivojlantiruvchi maqsadi: O’quvchilarning fikrlash qobiliyatlarini o’stirish, chiroyli yozuv malakalarini rivojlantirish.FK 2: mavzuga oid yangi so`zlarni og`zaki va yozma nutqda qo`llay olish: TK 2: media vositalari, didaktik materiallardan foydalanib topshiriqlarni bajarish.
Dars uslubi: savol-javob, musobaqa, bahs-
munozara, suhbat
Dars turi: bilim, ko`nikma , malakalarni umumlashtiruvchi dars
Dars jihozi: Multimediya ilovalari, darslik, tezkor savollar, mavzuga oid rasmlar, “Orkestr va dirijyor” didaktik o’yini, rangli kartochkalar, daraxt maketi.
Fanlararo aloqa: tabiatshunoslik ,o’qish, matematika, tasviriy san`at, musiqa, mehnat.


DARSNING BORISHI
I. Tashkiliy qism: a) salomlashish;
b) navbatchi va davomatni
aniqlash;
d) siyosiy savol-javob
O’qituvchi: O’quvchilar bilan salomlashib bo’lgach, ularning darsga tayyorgarligini so’rayman.

  • Hammangiz sog` - omonmi?

  • Bugun darsga tayyormi?

Oquvchilar: - Hammamiz sog`-omonmiz,
Ustoz , darsga tayyormiz.

  • Darsimiz: - Ona tili.

O`quvchilar fan shiorini aytadilar.

  • Ona tilim, onajonim tili bu

  • Beshikdanoq singgan jon- u quloqqa.

  • El-u yurtim, xonumonim tili bu,

  • Qadimlikda o`xshar ona tuproqqa.

- Har narsadan xabarchi,
- Kim sinfda navbatchi?
- Bugun aprelning 25- sanasi, hafta kuniga chorshanba ,sinfdagi barcha o`quvchilar darsimizda ishtirok etishyapti.
- Rahmat sinf toza, barcha darsga shay ekan.
-3- sinf o`quvchilari DTS lari bo`yicha nimalarni bilishi kerak?
-“Ona tili” darsligimizning muallifini ayting.
Bugungi darsimizda sizlar guruhlarga bo`lingan holda, ishtirok etasizlar va o`zaro bellashasizlar. Ya`ni darsimizni musobaqa tarzida tashkil etamiz.

Download 273 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling