Mavzu: ’’Oy allasi “
Download 273 Kb.
|
3- sinf ona tili M. Saydumarova
- Bu sahifa navigatsiya:
- IV. Yangi mavzuni mustahkamlash.
- Shifokorlar” guruhi
- V. Darsga yakun yasash va baholash. Bugun darsda nimalarni o`rgandingiz VI. Uyga vazifa .
Dam olish daqiqasi.
‘’Tropik yomg’ir’’ o’yini. O’quvchilar o’rnilaridan turib o’qituvchi bajarayotgan mashqni takrorlaydilar. --Qo’llar (kaftlar) sekin asta ishqalanadi. (shamol) --Tezlashadi. --Barmoqlar qarsillaydi.(yomg’ir) --Tezlashadi. --Yelkalarga uriladi. (momaqaldiroq) --Tezlashadi. --Barmoqlar qarsillaydi. (yomg’ir tomchilaydi) --Sekinlaydi. --Shamol sekinlab to’xtaydi.(kaftlar ishqalanadi.) --O’quvchilar asta sekinlik bilan joylariga o’tirib oladilar IV. Yangi mavzuni mustahkamlash. Dars jarayonining ushbu bo`limida har bir guruhdan bittadan o`quvchini taklif etaman. O`quvchilarning vazifasi oila, ota, ona so`zlariga sinkveyn so`z tuzishlari kerak. “O`qituvchilar” guruhi 1. Oila 2. Katta, ahil 3.Yashaydi, ulg`ayadi, tarbiyalanadi. 4. Oila tinch – yurt tinch. 5. Kichik Vatan “Tadbirkorlarlar” guruhi 1. Ota 2. Adolatli , tartibli. 3. Boqadi, kiyintiradi, voyaga etkazadi. 4. Ota adolat- tartib posboni 5. Padari buzrukvor “Shifokorlar” guruhi 1. Ona 2. Mehribon, shirinso`z. 3. Erkalaydi, quchadi, tarbiyalaydi. 4. Ona mehri – oftobdan issiq. 5. Quyosh. Ular bu shartni bajargunga qadar, biz sizlar bilan « Rangimni top” deb nomlangan didaktik o`yindan foydalanaman. Men shaxs-narsa nomini hildirgan so’zlar – ot , belgini bildirgan sozlar – sifat , sanoqni bildirgan so’zlar – son , harakatni bildirgan so’zlar - fe’llardan aralash holda aytaman. Bolalar bu sozlar nimani bildirishini kartochkalar orqali anglatadilar, ya’ni agar o’qituvchi narsa-shaxs bildirgan so’zlardan aytsa, rangli kartochkani, belgi bildirgan so’zlardan aytsa, sariq rangli kartochkani, sanoq bildirgan so’zlardan aytsa, yashil rangli kartochkani, harakat bildirgan so’zlardan aytsa, ko’k rangli kartochkani ko’taradilar. O’yin oxirida birinchi bo’lib kartochka ko’targan o’quvuchilarning nomini aytib, ularni rag’batlantiraman, xatoga yo’l qoygan, ikkilangan o’quvchilarga shoshmaslik, o’yiab javob berish lozimligini uqtiraman. G`olib guruhni aniqlayman va rag`batlantiraman. O`quvchilar javoblari tinglanadi va baholanadi. V. Darsga yakun yasash va baholash. Bugun darsda nimalarni o`rgandingiz? VI. Uyga vazifa . Oila haqida maqol yoki hikmatli so`zlar yozib kelish Download 273 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling