Mavzu: O’zbek adabiy tanqidchilik janrlari reja


MAVZU: O’ZBEK ADABIY TANQIDCHILIGIDAGI METODLAR


Download 108 Kb.
bet2/4
Sana07.01.2023
Hajmi108 Kb.
#1082859
1   2   3   4
Bog'liq
3-MAVZU

MAVZU: O’ZBEK ADABIY TANQIDCHILIGIDAGI METODLAR
Reja:
1.“Talqin” atamasi haqida.
2. Germenevtika haqida tushuncha.
3. Matn talqini nazariyasi.
4. O‘zbek adabiyotshunosligida matn talqini muammolari.

“Talqin” atamasi o’zbek tilidagi falsafiy, estetik va adabiyotshunoslikka oid lug’at kitoblaridan maxsus ilmiy istiloh sifatida o’rin olmagan bo’lsa-da, umuman, interpretatsiya atamasi yoki ruscha “tolkovanie” so’zining muqobili o’laroq tushuniladi. “Talqin” so’zi germenevtika ta’limotida istilohiy mazmunda keladi. Germenevtikaning o’zi esa, G’arbda ikki xil.


1. Matn talqini nazariyasi va amaliyoti;
2. Zamonaviy falsafalardagi oqimlardan biri ma’nosida izohlanadi.
Badiiy matnni tushunish va tushuntirish metodologiyasi sifatida adabiyotshunoslik sohasida xususiylashganda “germenevtika” o’z falsafiy nazariy imkoniyatlari mavjudligini namoyon qiladi. Biroq, bu ta’limot shakllanish bosqichida ekanligini ham nazardan qochirmaslik lozim.
Chunonchi, nemis olimlari germenevtikani ayni falsafiy tushunchaning bosqichlaridan kelib chiqqan holda o’z mohiyatiga muvofiq holda qo’llaydi. Boshqalar esa, masalan, hatto angliyalik, amerikalik olimlarning aksariyati germenevtikani oddiy “interpretatsiya” ma’nosida ishlatadi.
“Germenevtika” atamasi etimologik jihatdan qadim grek afsonalariga borib taqaladi. Rivoyatlarga ko’ra, Olimp tog’idagi ilohlarning amr-farmon va xabarlarini Germes odamlarga olib kelib, tushuntirib, talqin etib bergan. Qadim Rim miflarida bu vazifani Merkuriy (Atorud) bajargan. “Germes” bilan “Germenevtika” orasidagi talaffuzda ham, vazifadoshlikda ham yaqinlik bor. Qadimgi yunon faylasuf va filologlari germenevtika asosida qadimgi yunon shoirlari, eng avvalo, Gomer asarlarini talqin qilgan. Turli ramzlarni sharhlaganlar. O’rta asrlarda germenevtika Injilni talqin etishda qo’l kelgan.
Germenevtikaning buyuk namoyandalaridan biri Xans Georg Gadamer hisoblanadi. U o’zining “Haqiqat va metod” nomli asarida germenevtik qarashlarini bayon etadi.
Germenevtikani ijtimoiy fan sohasiga nazariy-metodologik asos sifatida tatbiq etishda F.Shleyermaxer (1768-1834), V.Diltey (1833-1911), ekzinstentsialist M.Xaytegger (1889-1976) kabi faylasuflar katta xizmatlar qilgan.
“Germenevtika – bu amaliyotdir, - deya yozadi G.G.Gadamer – haqiqatni yolg’iz bir odamgina anglab olishi va bu haqda boshqalarga xabar berishi mumkin emas. Bu germenevtikaning fundamental asosidir”.
Ijodkor qalamiga mansub haqiqiy san’at namunasi – mo’’jizakor badiiy asar – matndir. Matn yo’q joyda tushunish va tushuntirish, talqin va tahlil xususida gap bo’lishi mumkin emas. Matn ob’ektiv olamning sub’ektiv in’ikosi, tushunchalar ifodasidir. Badiiy asar matni – talqin ob’ekti. Adabiyotshunos va munaqqid shu manbani talqin etadi. Har qanday badiiy asar o’z sub’ekti (yozuvchisi, ijodkori)ga ega bo’lganidek, har qanday ilmiy tadqiqotning ham o’z sub’ekti (yozuvchisi - tadqiqotchisi) bo’ladi. Demak, ikkilamchi bir ob’ekt yuzaga keladi. Qolaversa, ijtimoiy fan sohasining eng muhim xususiyati ham shu-ya’ni g’oyalar haqida, g’oyalar, so’zlar haqida so’zlar, matnlar to’g’risida matnlar yoziladi.
Tushunish bir tomondan matn mohiyatini, ikkinchi tomondan talqin etuvchining ma’naviy dunyosi va bilimini ko’rsatadi. Tushunish ikki qirralidir. M.M.Baxtin iborasi bilan aytganda, “dialogichno”, unda ikkita ong, ikki sub’ekt ishtirok etadi. Tushuntirishda esa bir ong, bir sub’ekt o’zini namoyon qiladi.
Tushunish talqin jarayonining ijodiy natijasidir. Talqin tushunish va tushuntirish jarayoni. Yuqorida aytganimizdek, adabiyotshunos va adabiy tanqidchilar badiiy asar matni bilan ish ko’radi. Musiqashunos esa ijro etiladigan kuyni, san’atshunos rasmlarni, tarjimon fikrlarini, huquqshunos yuridik qonunlarni, aktyor dramatik obrazlarni, teatrshunos sahnani, matematik olim formulalarni talqin etadi.
O’zbek ilm-fanida, adabiyotshunosligida germenevtikaning tutgan o’rni va izlanish doirasi, albatta, qoniqarli emas. Jahon adabiyotshunosligi va adabiy tanqidchiligi badiiy asar matnini tushunish, tushuntirish va talqin qilishda muayyan printsiplarga amal qiladi. Germenevtika asosida ish ko’rilganda matn mohiyati soxtalashtirilib qandaydir o’tkinchi mafkuraviy manfaatlarga qurbon qilinmaydi. Badiiy asarni har kim o’zicha “o’z dunyoqarashiga mos bilimi va hayotiy tajribasi darajasida tushunadi, his etiladi. Asarda yo’q narsa izlanmaydi. Bor narsa berkitilmaydi. Lozim o’rinda butun diqqat e’tibor muallif shaxsiyatiga yoki asar yaratilgan tarixiy shart-sharoit yoxud muayyan qahramon dunyosiga qaratiladi.
O’zbek adabiyotshunosligida matn talqini nazariyasidan D. Quronov, B.Karim, J.Eshonqul o’z tadqiqotlarida keng miqyosda foydalanishgan. D.Quronov “Cho’lpon nasri poetikasi” nomli fundamental tadqiqotida Cho’lponning kichik nasriy asarlaridan “Kecha” romanigacha germenevtik metod asosida tahlil qilib, yozuvchi nasriy asarlarining tagma’nolarini topib, talqin etdi. Shuningdek, B.Karim “O’zbek adabiyotshunosligida talqin muammosi” (Qodiriyshunoslik misolida) nomli doktorlik ishida, J.Eshonqulov “O’zbek folklorida tush va uning badiiy talqini” doktorlik dissertatsiyasini yozish jarayonida talqin nazariyasidan samarali foydalandilar.
Umuman olganda, har bir ijodkorning ijod olamini tadqiq etmoqchi bo’lgan adabiyotshunos uchun ushbu talqin nazariyasi yetarli darajada samara beradi, deb o’ylaymiz.

Download 108 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling