Mavzu: O’zbek milliy san’atida badiiy naqqoshlikning o‘rni
-rasm. Farg‘ona viloyati Yaypan shahridagi choyxona
Download 0,67 Mb.
|
Mavzu 1
4-rasm. Farg‘ona viloyati Yaypan
shahridagi choyxona. 1996-yilda Temuriylar tarixi Davlat muzeyi (1-rasm); 1997-yilda Oliy Majlisning yangi binosi, «Guliston» sport majmuasi; 1996-98-yillarda Toshkent shahar hokimligining yangi binosi, O‘zbekiston Prezidenti Apparatining Matbuot markazi; 1998-99-yillarda O‘zbekiston Prezidentining «Oq saroy» qarorgohi, Davlat «Sirk»i binosining eshigi, «Xotira va Qadrlash maydoni» (2- rasm) va «Shaxidlar maydoni» va «Qatag‘on qurbonlari muzey» majmualari (3-rasm), «Sheroton-Toshkent» mehmonxonasi; 2000-yilda O‘zbekiston Banklar Assotsiatsiyasi binosi, O‘zbekiston Respublikasining Hindiston, Germaniya, Malayziya (1993-yilda) davlatlaridagi elchixonalarining binolari, shuningdek, Toshkent shahri Saylgoh ko‘chasidagi choyxona ayvoni, Samarqand shahridagi Imom al-Moturudiy majmuasini, Chelak tumanidagi Imom al-Buxoriy majmuasini, Bulung‘ur tumanidagi Juma masjidini, Farg‘ona viloyatidagi Ahmad al-Farg‘oniy majmuasi, Yaypan shahridagi choyxonalari (4-rasm) shular jumlasidandir»1. O‘quv yurtlarini badiiy bezashda dekorativ-amaliy san'at turlaridan naqqoshlik ko‘proq uchraydi. Naqqoshlik ishi yetakchi rol o‘ynovchi mustaqil vazifaga ega emas. U faqat badiiy bezash ishlarining badiiy sifatini boyitadigan, bo‘rttiradigan omil bo‘lib xizmat qilishi lozim. Badiiy bezash ishlarida qo‘llaniladigan naqqoshlik san'ati ham ta'lim- tarbiyaviy ahamiyatga ega. Unda ishtirok etadigan elementlar tabiat ne'matlari (paxta, barg, gul, g‘uncha, anor, bodom, nok, olma, lola, kurtak va hokazolar)ning stilizatsiyalashtirilgan shaklidir. Bir qarashda dekorativ-amaliy san'at alohida emasdek tuyulsa-da, usiz intererni tasavvur qilish qiyin. Misol uchun, metallarga badiiy ishlov berish, payvandlash, bukish, chekanka qilish, qirqish, bo‘yash va loklash orqali intererning turli burchaklarida turadigan gullarga taglik, eshik va derazalarga panjara, to‘siq va yoritgich kabi boshqa bezaklar yasash mumkin. Bundan tashqari, badiiy bezash ishlarida kulolchilikdan ham keng foydalaniladi. Dekorativ laganlar, turli pannolar, rel'eflar, gultuvaklar, vazalar va hokazolar eng avvallo talabalarning estetik tarbiyasini takomillashtirishda katta yordam beradi. 1 Download 0,67 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling