Mavzu: O’zbek teatrida rejissura san’ati ravnaqi


Download 59.96 Kb.
bet1/5
Sana19.06.2023
Hajmi59.96 Kb.
#1619054
  1   2   3   4   5
Bog'liq
O’zbek teatrida rejissura san’ati ravnaqi.

Mavzu: O’zbek teatrida rejissura san’ati ravnaqi.


Mundarija.



  1. Kirish………………………………………………………………….…….. 2

  2. Asosiy qism:

1) Teatrning kelib chiqishi , xususan o’zbek teatri va uning turlari……..…...4
2) O'zbek teatr Rejissurasi ………………………………………….…….…17
3)O’zbek teatr san’atiga o’z xissasini qo’shgan rejissorlar…………..……....31

  1. Xulosa……………………………………………………………….…….…37

  2. Foydalangan adabiyotlar…………………………………………..……..…..38

  3. Ilovalar……………………………………………………………………….39



Kirish
Ushbu kurs ishimda dastlab teatrning kelib chiqishi, tarixi, xususan o’zbek teatrining tashkil topishi, rejissura san’ati, o’zbek rejissurasi ravnaqiga o’z hissasini qo’shgan rejissorlar faoliyati batafsil yoritilgan. Avvalo, o’zbek teatri haqida bir oz so’z yuritib o’taman: Mustaqillikka erishganimizdan so’ng san’at sohasiga ham e’tibor kuchayib, uni rivoji yo’lida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Prezidentimiz I.A. Karimovning “ O’zbekiston teatr san’atini rivojlantirish to’g’risida” gi 1998- yilgi farmoni san’at ahli uchun katta voqea bo’ldi. Yurtboshimiz teatr san’atining ahamiyati to’g’risida “ teatr muqaddas dargoh, tomoshabinlar unga nafaqat dam olish, xordiq chiqarish, balki ma’naviy ozuqa olish, dunyoqarashini kengaytirish maqsadida keladi” degan edi. Prezidentimiz I.A.Karimov “ Yuksak ma’naviyat — yengilmas kuch” asarida “ bizning milliy teatr san’atimiz tarixan juda katta yo’lni bosib o’tgan bo’lib, uning qadimiy ildizlari xalq o'yini va tomoshalariga borib bog'lanadi" degan edi.XX asrga kelib o'zbek teatr san'ati yangitdan, yurtimiz va jaxon miqiyosida shakllangan, davrlar sinovidan o'tib kelayotgan an'ana va tajribalar asosida vujudga kelgani va kamol topganini e'tirof etish zarur. Xususan, poytaxtimiz va viloyat teatrlarida namoyish etilgan dunyo saxna san'atining mumtoz namunalari o'z vaqtida nafaqat yurtimiz balki chet el tomoshabinlarini ham xayratda qoldirgani bu fikrni isbotlaydi. Shu bilan birga, teatr ijodkorlarimiz tomonidan yaratilgan ko'plab milliy ruhdagi saxna asarlari xorijiy mamlakatlarda ham muvaffaqiyat bilan ijro etib kelinadi. Ushbu kurs ishimda rejissyorlik va rejissura san'ati haqida ham fikr yuritilgan. Xususan,Rejissyor va rejissor san'ati haqida to'xtalib o'tsak. Rejissor san'ati o'z ichiga spektaklning turli unsurlarini uyg'unlashtirish orqali yagona yechimga ega badiiy saxna asari yaratolishi bilan baxolanadi. Ushbu maqsadga erishish uchun rejissor o'z niyatini saxnalashtirish jarayonida ishtirok etadigan barcha ijodiy jamoani yagona maqsad sari safarbar eta olishi kerak. Shu nuqtai nazardan qaraganda rejissorlik san'ati alohida san'at turi sifatida uzoq tarixga ega. Antik teatrda asosiy o'rinni " xor " egallagan. Ya'ni ommaning faoliyati, qo'shiq,raqs, turli texnik vositalarni harakatga keltirish ishlari " xor boshlovchisi " tomonidan boshqarilgan. Xor boshlovchisi tashkiliy ishlardan tashqari dramatik asarning g'oyasi, maqsadi, siyosiy- ijtimoiy talablarga javob berish- bermasligi borasida hal etuvchi ovozga ega bo'lgan. Shuningdek aktyorlar bilan ishlash, mizansaxnalar o'ylab topish kabi vazifalar ham xor boshlovchisi -- rejissor zimmasida bo'lgan. Demak, teatr ijodiy jamoasi ommaviy o'yin, maydon tomoshalarida hamisha Korfarmon -- ish taqsimotchisi bo'lgan. Chunki bu tomoshalarda eng kamida 500 dan ortiq odamlar qatnashgan. Uning ichida sirk o'yinlari,pantomima, masxarabozlik, ko'z boylog'ich, turli hayvonlar o'ynatish, jang saxnalari mavjud bo'lib ularni yaxlit tomosha shakliga keltirish ishlarini albatta bir odam yani, ish boshqaruvchi yagona dastur asosida tartibga solib turgan. Bunday tomoshalar xalq havaskorlik artistlari, ishqibozlar, qiziquvchilar ishtirokida o'tkazilgan. Bunday bayramlar diniy marosimlar, xalq sayillari har bir xalq va millat orasida yilning turli fasllarida o'tkazib kelingan. Buning uchun albatta, bayram loyihasi, ko'rinishlar, ishtirokchilar, kiyimlar, badiiy bezaklar, rekvizit va butafoniya, qo'g'irchoqlar loyihasi tuzilgan va ustida ish borgan, so'ngra bayramdan bir necha kun oldin, jarchilar shahar maydonlari, bozorlarda jar solishgan hamda bo'lajak tomoshalarning homaki shakli repetitsiya qilingan.



Download 59.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling