Mavzu: O‘zbek tili davlat tili sifatida. Davlat tilida ish yutirish fanining maqsad va vazifalari. Nutq uslublarining qiyosiy tavsifi. Nutq uslublariga oid matn tuzish va tahlil qilish. Yozuv me’yorlariga amal qilish
Download 110.74 Kb.
|
1-amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- 3-topshiriq.
2-topshiriq. Nutq odobi haqida aytilgan hikmat va maqollarni daftaringizga yozing hamda oxirgi ikkitasining ma’nosini izohlab bering.
Yaxshi so‘zlashga o‘rgan va muloyim so‘zlashdan boshqa narsani odat qilma, negaki, qanday so‘zni gapirishni istasang, til shuni gapiradi. Kaykovus. So‘zi hisobsiz – o‘zi hisobsiz. Chin so‘z – mo‘tabar, yaxshi so‘z – muxtasar. Takallum bila kimsa inson erur, So‘zi yo‘q bahoyimg‘a ne son erur. Alisher Navoiy. 3-topshiriq. Quyida berilgan so‘zlarini qanday vaziyatlarda qo‘llash lozim deb o‘ylaysiz? Jadvalga joylashtiring. ko‘klam, soqqa, ariza, qaror qabul qilindi, atmosfera, maqola, jarayon, nigoh, Mendeleyev, ada, his etdim, padari buzrukvor, taqriz, kun yangiliklari, gazeta, trigonometriya, ruxsat etildi, domla.
Rasmiy (ish yuritish) uslubga hisob-statik organlar, sud, adliya, fuqarolik holatlarini qayd etuvchi va notarial idoralar, prokuratura, ichki ishlar va boshqa vazirliklarning, idora, muassasa, tashkilotlarning, ayrim shaxslarning rasmiy hujjatlari nota, qaror, farmon, ko‘rsatma, qo‘llanma, konstitutsiya, hukm, ajrim, shartnoma, tavsiya, izohnomalar va ariza, shikoyat, axborot, majlis bayoni, tilxat, tarjimai hol, ishonchnoma, guvohnoma, e’lon, dalolatnoma, ma’lumotnoma, hisobot kabilarning til xususiyatlari kiradi. Rasmiy ish yuritish uslubining asosiy xususiyatlari quyidagilardir: -Badiiy tasvir vositalar bo‘lmaydi; -Uslub leksikasi kitobiy va xolis so‘zlardan iborat bo‘ladi: -Uslubda professional terminologiya mavjud bo‘ladi; -Eskirgan so‘z va iboralar o‘rni bilan ishlatiladi; -Quyidagi Grammatik xususiyatlar mavjud bo‘ladi; -Tilga olinayotgan kishilar o‘z nomi bilan atalmasdan, buning o‘rniga ularning belgisi yoki biror harakati, bir narsaga munosabatini ifodalovchi otlar ishlatiladi; ijrochi, guvoh, da’vogar, jabrlanuvchi, ijaraga oluvchi va h. -Noaniqlikka yo‘l qo‘ymaslik maqsadida, odatda, otlar olmosh bilan almashtirilmaydi; -Fe’lning ishlatilishi boshqa stillardagiga qaraganda, ayniqsa, farqlanib turadi; oldini olish, chora ko‘rish, aybni ochish, ko‘riladi, beriladi, bo‘shatilsin; -Bu uslubda uyushiq bo‘lakli gaplar keng qo‘llanilib, ayrim o‘rinlarda bo‘laklar soni 8-10 taga yetishi mumkin; -Qo‘shma gaplardan, xususan, shart ergash gapli qo‘shma gaplardan keng foydalaniladi; -So‘roq va undov gaplar deyarli qo‘llanilmaydi, asosan, darak va buyruq gaplar ishlatiladi. -Hujjatlar matni birinchi shaxs yoki uchinchi shaxs tilidan yoziladi. Yakka rahbar nomidan yoziladigan farmoyish hujjatlari birinchi shaxs tilidan bo‘ladi. Shuningdek, ayrim shaxs tomonidan yozilgan hujjatlar (ariza, tushuntirish xati) ham birinchi shaxs, birlik sonida shakllantiriladi. Boshqa hujjatlar esa yo birinchi shaxs ko‘plik sonda, yoki uchinchi shaxs birlik sonda rasmiylashtiriladi. -Hujjatlar matnida turg‘unlashgan, qoliplashgan so‘z birikmalaridan ko‘proq foydalaniladi. -Hujjatning axborot tizimi aniq, mukammal, fikr mantiqan teran bo‘lishi shart. -Hujjat matnida abzatslar tizimiga qat’iy rioya etiladi. -Hujjatda imlo, ishoraviy xatoga yo‘l qo‘yilmaydi. Rasmiy uslub hozirgi o‘zbek tilining davlat ma’muriy, huquqiy muassasalarida, rasmiy diplomatik munosabatlarida namoyon bo‘ladigan ko‘rinishidir. Qonun matnlari, farmonlar, farmoyishlar, buyruqlar, xullas, barcha rasmiy ish qog‘ozlari ana shu uslubda shakllanadi. Bu uslubning o‘z me’yorlari mavjud. Qonunchilikda, ish yuritishda (ishga aloqador yozishmalarda, huquqiy munosabatlar sohasida rasmiy-ish yuritish uslubidan foydalaniladi. Maskur uslubda xabar (darak) vazifasi o‘z ifodasini topadi. Rasmiy-ish yuritish uslubi andozaga aylangan deyish mumkin. Chunki u yillar davomida amalda qo‘llanib keladi, shaklan deyarli o‘zgarmaydi. Masalan, ishga joylashish, ishdan bo‘shash haqidagi ariza, tarjimayi hol, tushuntirish xati va b. Bundan tashqari, qonunchilik hujjatlari, yuridik terminlar, davlatlararo shartnomalar uzoq yillar mobaynida takomillashib borgan. Rasmiy-idoraviy nutq uslubi jamiyatdagi ijtimoiy-huquqiy munosabatlar, davlat va davlatlararo rasmiy, siyosiy-iqtisodiy, madaniy aloqalar uchun xizmat qiluvchi uslubdir. Bu uslub hujjatchilik xarakteri bilan ajralib turadi. Shunga ko‘ra, yozma nutqning xizmatga doir bu turi davlat qonunlari, farmonlar, bayonotlar, shartnomalar, idora hujjatlari, e’lonlar va boshqa rasmiy yozishmalar uslubi hisoblanadi. Rasmiy uslub tilining asosiy xususiyati aniqlik va ixchamlikdir, unda muayyan nutqiy qoliplar, kasb-hunar so‘zlari, atamalar, tayyor sintaktik qurilmalar keng qo‘llanib, nutqning aniq va ravshan ifodalanishini ta’minlaydi. Tayyor nutq qurilmalari (shu asosda: shunga ко‘rа; ma’lum i; ...ni e’tiborga olib; ...ga ко‘rа; ...biz, quyida imzo chekuvchilar, ...ga asosan (muvofiq); ...uchun, ...dan kelib chiqib; ...sharti bilan; ...berilsin, ...taqdirlansin kabi) hujjat matnining darak hikoya xarakterida bo‘lishini, so‘zlarning bir ma’noda ishlatilishini, badiiy-tasviriy vositalarning bo‘lmasliguni, fe’lning majhullik va buyruq-istak shakllarining, qo‘shma gap turlarining keng qo‘llanishini talab qiladi. Til materiali hujjatning turi va xarakteriga qarab tanlanadi. Yozma nutqning rasmiy uslubida, asosan, quyidagi munosabatlar doirasidagi hujjatlar tuziladi: 1.Huquqiy munosabatlarga oid: qonun, fuqarolik va jinoyat aktlari, nizom, shartnoma va boshqalar. 2.Idoraviy-ma’muriy shaklga oid: dalolatnoma, buyruq va farmoyishlar, turli ish qog‘ozlari (ariza, tav- siyanoma, tilxat, ma’lumotnoma kabi). 3.Diplomatik munosabatlarga doir: bayonot, noma, bitim, memorandum va boshqalar. Boshqaruv jarayonining murakkabligi va serqirraligiga muvofiq ravishda idoraviy ish yuritish qog‘ozlari, hujjatlar ham xilma-xil va miqdoran juda ko'p. Hujjatlarning maqsadi, yo'nalishi, hajmi, shakli va boshqa bir qator sifatlari ham turlichadir. Shunday ekan, hujjatlar tiliga bo'lgan umumiy talablar bilan bir qatorda har bir turkum hujjatlar tuzish ishiga qo'yiladigan ko'pgina lisoniy talablar ham mavjud. Muayyan turdagi hujjat, albatta, o'ziga xos lisoniy xususiyat va sifatlar bilan belgilanadi. Bu xususiyat va sifatlarni har taraflama va chuqur tasavvur qilmasdan turib, mukammal hujjatchilikni yaratish haqida gap ham bo'lishi mumkin emas. Shuning uchun bu o'rinda hujjatlar tasnifi masalasi alohida ahamiyat kasb etadi. Download 110.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling