Mavzu: O‘zbek tili davlat tili sifatida. Davlat tilida ish yutirish fanining maqsad va vazifalari. Nutq uslublarining qiyosiy tavsifi. Nutq uslublariga oid matn tuzish va tahlil qilish. Yozuv me’yorlariga amal qilish


Download 110.74 Kb.
bet11/13
Sana05.05.2023
Hajmi110.74 Kb.
#1432313
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13
Bog'liq
1-amaliy mashgulot

Mashq va topshirirqlar:
1- mashq. Nutq odobi haqida she’riy misralarni o‘qing, ma’nosini o‘z so‘zlaringiz bilan yozing. Ajratilgan so‘zlarning ma’nosini izohlang.
So‘zni ko‘p so‘zlamay, sizlab ayt, oz-oz,
Tuman so‘z tugunin shu bir so‘zda yoz

Kishi so‘z tufayli bo‘ladi malik,


Ortiq so‘z bu boshni etadi egik.
Yusuf Xos Hojib.


O‘chukturma erni tilin, bil, bu til
Bashaqtursa, butmas, butar o‘q boshi.
Nekim kelsa erga tilitin kelur,
Bu tiltin kim ezgu, kim oqir bo‘lur.
Ahmad Yugnakiy.
So‘zchi holin boqma, boq so‘z holini,
Ko‘rma kim der ani, ko‘rgilkim, ne der.
Kim oz dedi nuqta aysh-u kom o‘ldi anga,
So‘z qoidasida intizom o‘ldi anga.




Har kimki chuchuk so‘z elga izhor aylar.
Har nechaki ag‘yor durur yor aylar.
So‘z qatig‘i el ko‘nglig‘a ozor aylar,
Yumshog‘i ko‘ngullarni giriftor aylar.
Alisher Navoiy.



Bor so‘zni so‘z sanab tebranmasin til,
Ko‘rib, o‘ylab so‘zla, keragini bil.
So‘fi Olloyor.
1-topshiriq. Matnni o‘qing, so‘ng adibning nutq madaniyati haqidagi fikrlarini sharhlab, ijodiy bayon yozing.
Har bir millatning dunyoda borlig‘in ko‘rsatadurg‘on oyinayi hayoti til va adabiyotidur. Milliy tilni yo‘qotmak millatning ruhini yo‘qotmakdur... Zig‘ir yog‘i solub, mosh- kichiri kabi qilub, aralash-quralash qilmak tilning ruhini buzadur. Bobolarimizga yetushg‘on va yaragan muqaddas til va adabiyot bizga hech kamlik qilmas...
Umumiy milliy tilni saqlamak ila barobar xususiy og‘iz orasidagi tilni ham saqlamak lozimdur. Chunki so‘z inson- ning daraja va kamolini, ilm va fazlini o‘lchab ko‘rsatadurg‘on tarozusidir. Aql sohiblari kishining dilidagi fikr va niyatini, ilm va quvvatini, qadr va qiymatini so‘zlagan so‘zidan bilur- lar. «Quruq so‘z — quloqqa yoqmas», demishlar.
Agar so‘z aql va hikmatga muvofiq bo‘lub, o‘ziga yoki eshituvchiga bir foyda chiqaradurg‘on bo‘lmasa, asalari orasida g‘ung‘urlab yurgan qovog‘ari kabi quruq g‘un- g‘urlamoq, faqat bosh og‘rig‘idan boshqa bir narsa emas- dur. Boshimizga keladurgan qattig‘ kulfatlarning ko‘pi yum- shoq tilimizdan keladur. Shuning uchun: «Ko‘p o‘yla, oz so‘yla», demishlar.
Tillarning eng yaxshisi so‘zga usta til, so‘zlarning eng yax- shisi bilib, oxirini o‘ylab so‘ylangan so‘zdur.
A. Avloniy, «Turkiy guliston yoxud axloq»dan.

Download 110.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling