Mavzu: O‘zbek tili davlat tili sifatida. Davlat tilida ish yutirish fanining maqsad va vazifalari. Nutq uslublarining qiyosiy tavsifi. Nutq uslublariga oid matn tuzish va tahlil qilish. Yozuv me’yorlariga amal qilish


Download 110.74 Kb.
bet5/13
Sana05.05.2023
Hajmi110.74 Kb.
#1432313
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13
Bog'liq
1-amaliy mashgulot

5.Badiiy uslub.


Badiiy nutq uslubi inson amaliy faoliyati va hayotining hamma tomonlarini qamrab olishi: umumga taalluqligi, barcha barobarligi bilan xarakterlanadi.
Badiiy nutq uslubi juda xilma-xil ko‘rinishlarda namoyon bo‘ladi. Bu uslub muallifga asarning estetik ta’sirini kuchaytirish uchun tilning barcha leksik va Grammatik vositalaridan ustalik bilan foydalanish, tanlash, shuningdek, yangidan-yangi, ifoda vositalari yaratish imkonini beradi. Badiiy nutq uslubida til obraz, xarakter va manzaralar yaratish vositasi bo‘lib xizmat qiladi. Bu uslub o‘zining obrazliligi bilan adabiy boshqa funktsional uslublaridan ajralib turadi.
1995-yilning 24-avgustida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 339-sonli qarori bilan lotin grafikasi asosidagi yangi o‘zbek yozuvining asosiy imlo qoidalari tasdiqlandi.
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING
QARORI
1995-yil 24-avgust 339-son Toshkent shahri
O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARINITASDIQLASH HAQIDA
O‘zbekiston Respublikasining “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi Qonunini bajarish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:

  1. O‘zbek tilining asosiy imlo qoidalari tasdiqlansin (ilova qilinadi).

  2. Respublika vazirliklari, idoralari, mahalliy hokimiyat va boshqaruv idoralari, ommaviy axborot vositalari lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosidagi barcha turdagi yozishmalarda, matbuotda, ish yuritishda ushbu qoidalarni joriy qilish yuzasidan tegishli tadbirlarni ishlab chiqsinlar va amalga oshirsinlar.

  3. O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi, Xalq ta’limi vazirligi, Davlat matbuot qo‘mitasi uch oy muddat ichida maktablar uchun qo‘llanma sifatida o‘zbek tilining imlo lug‘atini, kishi ismlari va joy nomlari lug‘atlarini tayyorlasinlar va nashr qilish choralarini ko‘rsinlar.

  4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Vazirlar Mahkamasining Ta’lim va fan hamda Ijtimoiy masalalar va madaniyat bo‘limlariga yuklansin.

Vazirlar Mahkamasining Raisi I. Karimov
Yangi imlo qoidalari quyidagi 7 bo‘limni o‘z ichiga oladi:

  1. Harflar imlosi.

Unlilar imlosi (1-7-qoidalar).
Undoshlar imlosi (8-32-qoidalar).

  1. Asos va qo‘shimchalar imlosi (33-37-qoidalar).

  2. Qo‘shib yozish (38-50-qoidalar).

  3. Chiziqcha bilan yozish (51-58-qoidalar).

  4. Ajratib yozish (57-65-qoidalar).

  5. Bosh harflar imlosi (66-74-qoidalar).

  6. Ko‘chirish qoidalari (75-82-qoidalar).

O‘ZBEK TILINING ASOSIY IMLO QOIDALARI.



Download 110.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   13




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling