Mavzu: O‘zbek tili davlat tili sifatida. Davlat tilida ish yutirish fanining maqsad va vazifalari. Nutq uslublarining qiyosiy tavsifi. Nutq uslublariga oid matn tuzish va tahlil qilish. Yozuv me’yorlariga amal qilish
Download 110.74 Kb.
|
1-amaliy mashgulot
- Bu sahifa navigatsiya:
- (N. Ibrohimova)
Mashq va topshirirqlar:
1-topshiriq. Ariza yozing. 2-topshiriq. Quyidagi so‘zlarni matn ichiga to‘g‘ri joylashtiring: darvoqe, marhamat, ha, balli, menimcha.Qog‘ozlar — … , hurmatli hujjatlar, bu yoqqa o‘tinglar! Faxriy yorliqlar o‘ngga, tashakkurnomalar chapga. Diplomjon! Sizga davra to‘ri muntazir. Sertifikatxon, toifangiz qanaqa? Mahalliy bo‘lsa, chetroq turing. Xalqaro bormi, xalqaro? … , markazga! Kimlar qoldi? Taqrizlar, tavsiyanomalar, fikrnomalar tik tursa ham bo‘laveradi. Kitoblar ham bor ekan-ku, … ularga joy qolmadi-yov. … , insonning o‘zi qani? (N. Ibrohimova)3-topshiriq. Hujjat matnlarida uchraydigan 10 ta so‘z yoki qoliplashgan birikma yozing. Namuna: lavozimiga tayinlansin, … 4-topshiriq. Ma’lumot bilan tanishing hamda namuna asosida xuddi shunday birikmalar yozing. Hujjatlar tilida ot turkumiga oid so‘zlar ko‘p qo‘llanadi. Hatto fe’l bilan ifodalanuvchi harakat va holatlar ifodasi uchun ham otga yaqin so‘z shakllari tanlanadi, ya’ni harakat nomi shakli. 5-topshiriq. Quyidagi hujjat matnida yo‘l qo‘yilgan imloviy, ishoraviy hamda uslubiy xatolarni toping. Tavsiyanoma Man Topilova Naziraning 1992 yildan buyon taniyman. 1994 yildan boshlab bugungi kungacha birga juda yaxshi ishlab kelmoqdamiz. Shu davr ichida Topilova Nazira doktorlik sohasida yetuk mutaxassis sifatida tanildi, oliy toyifali shifokor bo‘ldi. N. Topilova nafaqat doktorlik sohasida, balkim oilaviy-ahloqiy jixatdan va ijtimoiy faoliyat sohasida ham na’munali insondir. U o‘ziga topshirlgan ishni halollik bilan va maromiga yetkazib bajaradi. Intizomliligi, madaniyatliligi bilan ham kasblari orasida obro‘ qozongan. Nazira oilada ushta bolaning onasi va mexribon rafiqadir. N. Topilova ishtimoiy hayotida ham faol ishtirog etib kelmoqda. N. Topilovaning yuqoridagi sngari faziylatlari uning har qanday ma’sul ishni bajara olishiga ishonch bildirishga asos bo‘ladi. Shuni uchun man N. Topilovani bo‘lim mudiri lavozimida ishlashga tafsiya etaman. Bosh shifokor muovini Sanobar Rahimova Savol va topshiriqlar Kamolotga yetishishda yozma nutqning hissasi qanday? Nutq savodxonligi nimalarda namoyon bo‘lishini tushuntiring. Turli vaziyatlarda nutq odobiga qanday rioya qilishingizni izohlang. Nutq madaniyati va notiqlik san’ati tushunchalarini farqlang. Sizningcha, notiqlikni qanday egallash mumkin? Tavsiyalar bering. Nutqning uslubiy turlarining shakllanishiga qanday asoslar sabab bo‘lgan? So‘zlashuv uslubining asosiy xususiyatlari nimalardan iborat? Rasmiy uslubning qanday xususiyatlari bor? Ilmiy-uslubning qanday xususiyatlari bor& Publitsistik va badiiy uslubning qanday jihatlarini bilasiz? Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek alifbosi qachon qabul qilindi? Lotin grafikasiga asoslangan o‘zbek yozuvining imlo qoidalari qachon tasdiqlandi? Asos va qo‘shimchalar imlosida nimalarga e’tibor qaratilgan? Qo‘shib va ajratib yozish imlosi haqida ma’lumot bering. Bo‘g‘in ko‘chirish imlosida nimalarga e’tibor qaratilgan? Chiziqcha bilan yozish qoidalarida nimalarga e’tibor qaratilgan? Bosh harflar imlosi haqida ma’lumot bering. Savol va topshiriqlar 1.O‘zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”, “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini joriy etish to‘g‘risida”gi qonunlar haqida bilasizmi? Ma’lumotlaringizni ayting. 2.“Davlat tili haqida”gi qonunning moddalari va ularning hayotga tatbiq etilishi bo‘yicha fikrlaringizni bayon eting. 3.O‘zingiz yashayotgan hudud, tahsil olayotgan o‘quv yurtingizda ish yuritish qay holatda ekanligi to‘g‘risidagi fikrlaringizni yozma bayon eting. Download 110.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling