Mavzu: O’zbek tilida uyushiqlik hodisasi tadqiqi I kirish II asosiy qism 1


Uyushiq bo`laklar, ularning qo`llanish usullari


Download 254.36 Kb.
bet4/9
Sana19.06.2023
Hajmi254.36 Kb.
#1601061
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
O’zbek tilida uyushiqlik hodisasi tadqiqi 2

Uyushiq bo`laklar, ularning qo`llanish usullari. Gap tarkibida bir turdagi bo`laklar birdan ortiq xolda qator keladi. Bu turdagi bo`laklar gapning uyushiq bo`laklarini tashkil etadi. Bunday bo`laklar ishtirok etgan gap uyushiq bo`lakli gap sanaladi: G`ijjak, tanbur, chang, ud, nay, daf va x.k yangradi (Oybek).
Uyushgan bo`laklar bir xil so`roqqa javob bo`lib, bir xil sintaktik vazifani bajarib, teng bog`lovchilar yoki sanash intonatsiyasi yordamida birikadilar.
Uyushgan bo`laklar o`zaro tenglashish, boshqa gap bo`laklari bilan tobelanish asosida sintaktik aloqaga kirishadilar: Sen menga havodan, suvdan xam zarursan, sen mening quvonchimsan, fikrim va orzu-umidim, baxtimsan, Po`lat! (“Sharq yulduzi”).
Bu gapda havodan, suvdan, quvonchimsan, fikrim va orzu-umidimsan, baxtimsan, tenglashish asosida, birinchi gruppa uyushgan bo`laklar esa sen bilan moslashuv yo`li bilan sintaktik aloqaga kirishgan.
Uyushiq bo`lak komponentlari odatda bir xil grammatik shaklda bo`ladi va bir xil sintaktik vazifani bajaradi. Uyushiq bo`laklar biror morfologik format yoki ko`makchi bilan kelishi kerak bo`lsa, ular ba`zan xar bir komponentga alohida-alohida qo`shiladi: Odamlar qorga ham, bo`ronga ham ayni fidokorlik bilan ishlar edilar (Oybek). Aka bilan ukani bir-biridan judo qilasan (S.Ahmad).
Uyushiq bo`laklar ifodalangan narsa predmet ifodalangan narsa-predmetlarga alohida diqqat qilganda, har bir komponenti grammatik formant oladi. Bunday vaqtda har bir komponent mantiqiy urg`uli bo`lib, kuchli ta`kid bilan aytiladi: Na otasini, na akasini taniydi (“Sharq yulduzi”).
Grammatik shaklning bo`laklarining har biriga yoki faqat oxirgisi qo`shilish bog`lovchilarining turiga, ularning qo`llanish xususiyatiga ham bog`liqdir: Ibodullo ayvonga chiqqach, Bo`ronbek bilan O`tapning yo`lini tusdi (X.G`ulom).
Grammatik shaklning uyushiq bo`lak komponentlarning faqat bittasiga yoki hammasiga alohida-alohida qo`shilishi nutqning logik-grammatik va stilistik xususiyatlari bilan belgilanadi.
Xullas, bir xil sintaktik qiymatga ega bo`lgan va ular gapning boshqa bo`lagiga tegishli bo`lib, shu bo`lakka nisbatan birday sintaktik munosabatda bo`lgan birdan ortiq gap bo`laklari uyushiq bo`laklari sanaladi: Gapning uyushiq bo`laklarni turli xil atama bilan ataydilar.ii
Ayrim atamalar olimlarning asarlarida “uyushiq bo`laklari gaplar”, “gapning uyushiq bo`laklari”, “murakkab gaplar”, “uyushiq kurilmalar” atamalari ishlatiladi. Uyushiq bo`laklar tuzilishiga ko`ra yirik va yoyiq bo`ladi. O`zlariga qarashli bo`laklari bo`lmagan, yolg`iz uyushiq bo`laklar yig`iq bo`laklar sanaladi6 Haftalar, oylar, yillar o`tdi (M.Oxundov).
Uyushiq bo`laklarning bir nechtasi o`zlariga qarashli bir yoki bir necha izoxlovchi so`zlar bilan kelishlari mumkin. Bunday bo`laklar yoyiq uyushiq bo`laklar deyiladi: Past devor orqasidan jo`jalarning chiyillashi, tovuqlarning qurqirashi eshitiladi (I.Raxim).
Yig`iq va yoyiq uyushiq bo`laklar o`z xarakteriga ko`ra ochiq va yoyiq xolatda bo`lishi mumkin. Uyushiq a`zolarning soni cheklanmagan bo`lsa, uni yangi uyushiq bo`laklar hisobiga kengaytirish mumkin bo`lsa, ochiq uyushiq bo`laklar sanaladi: Uydagi jixozlar, stol-stullar, divan, kreslo-hammasi did bilan joylashtirilgan (“O`zbekiston ovoz”). Bu misolimizdagi uyushiq bo`laklar tarkibini Yana davom ettrishi mumkin.
Yoyiq uyushiq bo`laklar guruhida a`zolarning soni cheklangan bo`lib, bunday uyushiq bo`laklarga yangi tarkiblarni kiritib bo`lmaydi: Suvsar juda yaxshi suzadi va shung`iydi (“Sharq yulduzi”). Gapning har qanday bo`lagi uyushib kelganda, ular ochiq va yoyiq xolatda bo`lishi mumkin.

Download 254.36 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling