Mavzu: O’zbek tilida uyushiqlik hodisasi tadqiqi I kirish II asosiy qism 1
Download 254.36 Kb.
|
O’zbek tilida uyushiqlik hodisasi tadqiqi 2
4. Uyushgan gap va uning qoliplari.
Uyushiqlik umumiy holat bo‘lib, sodda gapga ham, qo‘shma gapga ham xos. Sodda gapda so‘zlar uyushib kelsa, qo‘shma gapda so‘z, sodda gap uyushib keladi. Aytilganidek, uyushiqlik kamida ikki birlik (unsur)dan iborat bo‘ladi: uyushtiruvchi unsur; uyushuvchi unsur. Bu ikki unsur barcha uyushish hodisasida mavjud. Xo‘sh, uyushgan gap nima va u uyushiq gapdan nimasi bilan farqlanadi? Ma’lumki, har qanday gap grammatik yoki semantik-funksional shakllangan bo‘lishi lozim. SHu bois u kesimga ega bo‘lib, bu kesim [WPm] (kesimlik ko‘rsatkichlari bilan shakllangan atov birligi) yoki [WP] (semantik-funksional shakllangan gap) tarzida bo‘lishi lozim. [WPm] sodda gapda bitta, qo‘shma gapda esa birdan ortiq bo‘ladi. Quyidagi gaplarni qiyoslaylik: 1 . Ukang rasm chizar edi. Bu gapning lisoniy qolipi quyidagicha: [E WPm] T
[E 1 W1Pm] va [E1 W2Pm] T T
Y o‘l-yo‘lakay shuni aytib o‘tish kerakki, uyushgan gaplar uyushiq kismli qo‘shma gaplardan farqlanadi. Buning uchun quyidagilarni qiyoslaymiz: 1. Bahor kelsa, bog‘lar yashnasa, sayilga chiqamiz. Gapning qolipi: [E1-W1Pm (-sa) e2-W2Pm (-sa), W3-Pm]. 2. Bahor kelsa, bog‘lar yashnaydi va sayilga chiqamiz. Qolipi: [(E1 - WPm1) ((E2 - W2Pm) va (W3Pm))]. Bu ikkala gap uyushiq qismli qo‘shma gap. Birinchi gapda ergash gap (Bahor kelsa, bog‘lar yashnasa) uyushib, bosh gapga tobelanib kelgan. Ikkinchi gapda esa bosh (bog‘lar yashnaydi va sayilga chiqamiz) uyushib kelgan va ergash gap (bahor kelsa) ularga bab-baravar tegishli. Bular uyushiq gapdir. Ma’lum bo‘ladiki, uyushiq gap qo‘shma gaplar tarkibida bo‘ladi. Uyushgan gap esa o‘zbek tilida sodda va qo‘shma gaplar orasidagi alohida sintaktik qurilmadir. U kesimdagi (W) si birdan ortiqligi bilan qo‘shma gapga, (Pm) ning bittaligi bilan esa sodda gapga yaqinlashadi. SHuning uchun ham u o‘z mavqei bilan «oraliq uchinchi»dir, ya’ni codda va qo‘shma gaplar orasidagi hodisadir. Sodda va qo‘shma gapni belgilashda asosiy omil gapda nechta shakllangan kesimning mavjudligi. Eganing bor-yo‘qligi, ifodalangan-ifodalanmaganligi ahamiyatsiz. Uyushgan gapni belgilashda esa bosh omil ikkita: bitta shakllangan kesimning mavjudligi; birdan ortiq uyushgan eganing mavjudligi. Bu xususiyati bilan uyushgan gap egali sodda gapdan ham (Jahongir, Jamshid, Isroil o‘qidi), uyushiq kesimli sodda gapdan ham (egasi yo‘q yoki bor bo‘lsa, bitta, kesimning lug‘aviy qismi birdan ortiq, (Pm) qismi bitta – (Ular borgan va ko‘rgan edilar, qolipi [W1-W2] Pm]) farqlanadi. Nazariy talqinda uyushiq kesimli sodda gapda, demak, ega bitta, (Pm) qismlari umumiy bo‘lgan kesim birdan ortiq bo‘ladi. Aytilganlar asosida sodda gap, uyushiq kesimli sodda gap, qo‘shma gap, uyushiq kesimli qo‘shma gap va uyushgan gapning eng kichik struktur sxemasini beramiz: (Qulaylik uchun eng kichik qurilish qoliplarini berish ma’qul. CHunki, [WPm] da ular (W va Pm) ning kengaytiruvchilari ham mujassamlangan. sodda gap: [WPm] uyushiq kesimli sodda gap: [(W1 -W2)Pm]; qo‘shma gap: [WPm -WPm]; uyushgan qismli qo‘shma gap: [([WPm]-[WPm])-[WPm]] yoki [(WPm] - ([WPm]-[WPm])]; 5) uyushgan gap: [((E1-W2)-(E2-W2)) Pm]; Uyushgan gapga misol: 1. Otam rais, onam brigadir bo‘lgan edi. 2. Do‘kondorlarning ba’zilari kitob o‘qib, ba’zilari tasbeh o‘girib, ba’zilari esnab o‘tirishardi. 3. Uning qo‘llari ishda, ko‘zi shudgorda, ammo xayoli Zebixonda edi. 4. CHakkasi tirishib, ko‘zi qizarib ketdi. Uyushgan gapdagi umumiy bo‘lak [Pm] ni har bir shakllanmagan [W] ga alohida-alohida qo‘shish bilan osongina qo‘shma gap hosil qilish mumkin: Qiyoslang: 1.CHakkasi tirishib, ko‘zi qizarib ketdi – uyushgan gap. CHakkasi tirishib ketdi va ko‘zi qizarib ketdi – qo‘shma gap. Ayrim holda uyushgan gapda ham (Pm) nol shaklda bo‘lishi mumkin: U baroqqosh, ko‘zi chaqchaygan, afti ishshaygan. Gap mazmunidan nol shakl oxirgi so‘zda ekanligi sezilib turibdi. Bunga gapni o‘tgan zamonga aylantirish bilan amin bo‘lish mumkin: U baroqqosh, ko‘zi chaqchaygan, afti burishgan edi. Uyushgan gaplar tarkibidagi sodda gaplarning o‘zaro umumiyligi (va, shu asosda, umumlashtiruvchi bo‘lagi) turli xil bo‘ladi: hamma qismlari xususiy (farqli) bo‘lib, faqat (Pm) qismi umumiy bo‘lgan uyushgan gap: Jamshid yozar, Isroil o‘qir edi; hamma qismlari xususiy bo‘lib, faqat kesimning lug‘aviy qismi va kesimlik qo‘shimchasi umumiy bo‘lgan uyushgan gap: Jamshid tez, Isroil sekin yozar edi; Download 254.36 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling