Mavzu: Oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi mavqeyi va nufuzini oshirish borasida amalga oshirilayotgan islohotlar Darsning maqsadi


Download 28.88 Kb.
bet2/7
Sana08.01.2022
Hajmi28.88 Kb.
#248934
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
1-mavzu ma'ruzasi

O’zbek tili - Davlat tili
O’zbekiston Respublikasining “davlat til haqida ” –gi Qonuni 1989yil 21-oktyabrda qabul qilingan shu davrdan boshlab har yili bu kunni til bayrami sifatida nishonlaymiz.

Mustaqqillik sharofati bilan o’zbek tili-davlat tiliga e’tibor kuchaydi, ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O’zbek tilining taraqqiyoti va istiqboli to’grisida g’amxo’rlik qilinib, bir qancha qarorlar qabul qilindi.

1993 yil 2-sentyabrda “lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida” Qonun qabul qilinishi Vatanimizning ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi alifboga kiritilgan o’zgarishlar asosida “O’zbek tilining asosiy imlo qoidalari” ishlab chiqildi va O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan 1995 yil 24-avgustda tasdiqlandi.

Davr taqozasi bilan “Davlat tili haqida ”gi qonunga ham ayrim o’zgartirishlar kiritildi va 1995 yilning 21- dekabrida O’zbekiston Respublikasining yangi taxririda “Davlat tili haqida ”gi qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 24- moddan iborat bo’lib, uning birinchi moddasida asosiy qonunimiz bo’lgan Konstitutsyamizning

4-moddasida yozilganidek, “O’zbekiston Respublikasining davlat tili o’zbek tilidir”, deb yozib qo’yilgan.

Davlat tilini o’rganish, unga amal qilish tabiiy ehtiyoj va zaruratga, hatto anglagan majburiyatga aylanib bormoqda. O’zbek tilida to’g’ri, ifodali so’zlash va yozish, ona tilimizning sofligi va boyligi to’g’risida tinmay g’amxo’rlik qilish, uning iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi sanaladi. Xususan, har bir yosh o’quvchi o’z ona tilidagi so’z boyligini oshirish hamda til imkoniyatlaridan o’rinli foydalanishga doimo harakat qilishi lozim. So’z fikr qurolidir, kishi qanchalik so’z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi ham shunchalik keng bo’ladi.


V – Mustaqil ishlash. Matn tuzish (Vatan tabiat haqida)

VATAN NIMA?

Vatan atamasi aslida arabcha so’z bo’lib, ona yurt ma’nosini bildiradi Vatan tushunchasi keng ma’noda va tor ma’noda ham qo’llaniladi. Bir xalq vakillari jamuljam yashab turgan, ularning ajdodlari azal azaldan istiqomat qilgan hudut nazarda tutilsa, bu keng ma’nodagi tushunchadir. Kishi tug’ilib o’sgan uy, mahalla, qishloq nazarda tutilsa , bu tor ma’nodagi tushunchadir. O’zbeklarda falonchi vatanli bo’ldi, deyilganda o’sha odam uy-joyli, bosh panali bo’ldi, degan ma’no anglashiladi. Hazrat Alisher Navoiy Vatan tushunchasini ona yurt, o’rin, tug’ilib o’sgan joy ,maskan, manzil ma’nolarida ishlatganlar. Shuningdek, Vatan kalimasi badiiy adabiyotda ko’chma ma’noda ko’ngil mulkining maskani tarzida ham qo’llanadi .

… O’zbekiston Respublikasi ozbek millatining vatanidir. Bu o’rinda davlat va vatan ayni bir ma’noni ifodalaydi, ya’ni O’zbekiston Respublikasi deganimizda Vatanimizni tushunamiz, Vatan deganda O’zbekiston Respublikasini idrok etamiz.

VI. Yangi mavzuni mustahkamlash.
SWOT-tahlil” metodi
Metodning maqsadi: mavjud nazariy bilimlar va amaliy tajribalarni tahlil qilish, taqqoslash orqali muammoni hal etish yo‘llarni topishga, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, baholashga, mustaqil, tanqidiy fikrlashni, nostandart tafakkurni shakllantirishga xizmat qiladi


Download 28.88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling