Mavzu o'zbek tilining sohalarda qo'llanilishi va uning jamiyat hayotida tutgan o'rni Reja


Download 331.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/12
Sana01.05.2023
Hajmi331.63 Kb.
#1419299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbek tilining sohalarda qo\'llanilishi va uning jamiyat hayotida tutgan o\'rni

bilan aloqasi.
1. Ona tili o'qitish metodikasi va tilshunoslik.
Oliy ta`lim muassasalarida o'qitiladigan ona tili fanining ilmiy asosini 
va mazmunini, eng avvalo, til haqidagi fan belgilab beradi. O`zbek 
tilining sohada to'g'ri tashkil etilishi va samarali bo'lishi til 
to'g'risidagi lingvistik xulosalarning ilmiy va aniq bo'lishiga bog'liq. 
O`zbek tilining sohada qo`llanilishi fani taraqqiyotini tilshunoslik 
fanisiz tasavvur etib bo'lmaydi.


Maktabda,o`rta maxsus bilim yurtlarida tilning tovush tomoni
grammatik qurilishi va lug'at boyligi haqida o'quvchilarga, ularning 
yoshi hamda bilim darajasiga mos holda boshlang'ich ma'lumot 
beriladi. Ana shu bilimga asoslanib yozuv va uslubiy me`yorlari 
o'rgatiladi. Bularning mundarijasi va hajmi ona tili dasturlarida 
belgilanib, mazmun darsliklarda bayon etiladi. Masalan,
Fonetika bo'yicha ma'lumot olgan o'quvchi tovush va harf, unli va 
undoshlarni ongli farqlay oladigan bo'lishi kerak.
Grammatika 
mashg'ulotlarida 
o'quvchi 
so'zning 
morfologik 
tuzilishini, so'z turkumlarining ma'no va grammatik belgilarini, gap 
bo'laklarining o'zaro munosabatini ongli o'zlashtiradi.
O'quvchilar so'zlarning o'zaro birikib, gap hosil qilish, gaplarning 
o'zaro bog'lanib, qo'shma gap hosil qilish haqidagi qonun-qoidalarini 
o'rganish davomida ijtimoiy borliq, undagi hodisalar orasidagi 
aloqani ham tushuna boradilar. 
Demak, o`zbek tilini sohada qo`llash fani o'zbek tilidan o'qitiladigan 
mavzular mazmunini belgilashda tilshunoslik faniga va uning 
xulosalariga asoslanadi 
Dialektologiya fani o'qituvchiga nutqida ko'p uchraydigan va 
shevachiligi tufayli sodir bo'ladigan. 
orfografiya va orfoepiya xatolarini bartaraf etishda yordam beradi 
II. “O`zbek tilining sohada qo`llanilishi”fanining pedagogika va 
psixologiya fanlari bilan bog'liqligi.
Ma'lumki, pedagogika ta'lim-tarbiya prinsiplarini belgilaydi. Ona tili 
o'qituvchisi boshqa fan o'qituvchilari kabi ana shu prinsiplarni yaxshi 
egallab, ularni amalda qo'llay olishi kerak.
Pedagogika, ayniqsa, uning didaktika qismi ona tili o'qitish 
metodikasining ham nazariy asosi hisoblanadi. Ona tili o'qitish 
metodikasi didaktikaning onglilik, faollik, puxta o'zlashtirish, 
izchillik, ko'rgazmalilik, nazariyani amaliyotga bog'lash kabi barcha 
prinsiplariga tayanadi.
O'qituvchi o'z o'quvchilarining psixologik qobiliyatlarini o'rganish, 
ona tili materiallarini tushuntirishda ularni hisobga olishi kerak. 
O'qituvchining darsda o'z faniga o'quvchilarining havasini uyg'ota 
bilishi, materialni esda saqlab qolish yo'llarini qo'llashi o'qitish 
samaradorligini yanada oshiradi.
Orfografiya va punktuasiya o'qitish maktab ona tili kursining tarkibiy 
qismidir. Savodxonlik o'quvchining aqliy taraqqiyotida, madaniy 
saviyasida muhim o'rin tutadi. Savodxonlik o'quvchida tilga havas 


uyg'otadi, uning til sezgirligini oshiradi.
O'quvchilarning ko'rish, eslash kabi xotiralarini yaxshilashda 
mashqlarning ahamiyati juda katta. Mashqlarning qiziqarli, hayotiy, 
estetik va tarbiyaviy jihatdan puxta bo'lishini talab etadi. Shuning 
uchun o'qituvchi mashq uchun misol tanlashda xushyorlik ko'rsatishi 
zarur. O'quvchilarning qiziqishini, qobiliyatini, til sezgirligini
faoliyatini, o'ziga xos xususiyatini e'tiborga olish ta'lim ishida o'ziga 
xos o'rin tutadi. 

Download 331.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling