Mavzu o'zbek tilining sohalarda qo'llanilishi va uning jamiyat hayotida tutgan o'rni Reja


Download 331.63 Kb.
Pdf ko'rish
bet4/12
Sana01.05.2023
Hajmi331.63 Kb.
#1419299
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
O\'zbek tilining sohalarda qo\'llanilishi va uning jamiyat hayotida tutgan o\'rni

Davlat tili tushunchasi. 
Mustaqillik sharofati bilan o‘zbek tili – davlat tiliga e’tibor kuchaydi, 
ona tilimizning ijtimoiy mavqeyi kengaydi. O‘zbek tilining 
taraqqiyoti va istiqboli to‘g‘risida g‘amxo‘rlik qilinib, bir qancha 
qarorlar qabul qilindi. 
O'zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi qonuni o‘zbek 
tilining siyosiy-ijtimoiy maqomini ta’minladi va uning rivojlanishi 
uchun keng imkoniyatlar yaratdi. Xususan, ushbu qonunning 8, 9, 10-
moddalarida hujjatlarning davlat tilida tayyorlanishi, boshqaruv 
organlari, muassasa, korxona va tashkilotlarda ish davlat tilida 
yuritilishi ta’kidlangan. Shu maqsadda ta’lim muassasalarida 
o‘quvchi va talabalarning o‘zbek tilini milliy-ma’naviy qadriyat 
sifatida puxta egallashi, o‘z fikrini yozma shaklda to‘g‘ri ifodalay 
olishi, nutqiy savodxonlikka erishish, hujjat matnlarini tuzish 
ko‘nikmalarini shakllantiradi. 
O`zbek tili va davlat qonunlari. 
Odamlar til vositasida o‘z fikrlari, his-tuyg‘ularini ifodalaydilar. 
Jamiyatning shakllanishi va rivojlanishida tilntng ahamiyali kattadir. 
XI asrda yashab o‘tgan Yusuf Xos Hojib tilga aql va idrok tarjimoni, 
deb baho bergan. Olimlar hisobiga ko‘ra, dunyo aholisi 3000ga yaqin 
tilda so‘zlashadi. Ana shu tillar kelib chiqishi, lug‘aviy va grammatik 
jihatdan yaqinligiga qarab til oilalariga bo‘linadi. Yer yuzida 20ga 
yaqin til oilasi bor. Til oilalari o‘z navbatida til guruhlariga bo‘linadi. 
O‘zbek tili oltoy tillar oilasi va turkiy tillar guruhiga kiradi. O‘zbek 
tili O‘zbekiston Respublikasining Davlat tilidir. O‘zbek litiga 1989-
yil 21-oktabrda Davlat tili maqomi berilgan. Bu tilda O‘zbckistonda 
yashovchi aholidan tashqari Tojikiston, Turkmaniston, Qirg‘iziston, 
Qozog‘iston, Afg‘onistonning shimolida va boshqa joylarda 
yashovchi o‘zbeklar gaplashadilar.O‘zbek tili XI asrdan boshlab 


mustaqil til sifatida shakllana boshladi. O‘zbek tilining rivojlanishida 
XI asrda yashab o‘tgan turkiy tilshunos olim Mahmud Qoshg‘ariy, 
adib Yusuf Xos Hojib. Buyuk alloma Alisher Navoiylarning hissalari 
kattadir.O‘zbek tili O‘zbekiston Respublikasining davlat tilidir. 
Vatanimizdagi 31 millionga yaqin xalq o‘zbek tilini ona tilim deydi. 
Bundan tashqari o‘zbek tili Saudiya Arabistonida, Turkiyada, 
AQShda, Afg‘oniston va Qoshg‘arda hamda bir qancha boshqa 
davlatlarda yashovchi o‘zbeklarning ham ona tilidir.O‘zbek (turkiy) 
tili qadimiy tillardandir. Dastlabki yozma yodnomalar VI-VII 
asrlarga oid O‘rxun-Enasoy yozuvlarida uchraydi. X-XI asrlardan 
boshlab o‘zbek (turkiy) tilida yirik asarlar yaratila boshlandi. 
Jumladan, Mahmud Qoshg‘ariyning “Devonu lug‘atit turk”, Yusuf 
Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig”, Ahmad Yugnakiyning “Hibbatul 
haqoyiq” asarlari. Ahmad Yassaviy, Rabg‘uziy, Lutfiy, Sakkokiy, 
Xorazmiylar turk (o‘zbek) tilining rivojlanishida katta xizmat qildilar. 
Turk tilining rivojida Alisher Navoiyning o‘rni beqiyosdir. Alisher 
Navoiy o‘zbek tilini ham nazariy, ham amaliy jihatdan barqaror 
etdi.1920-yillardan boshlab, maktab-maorif sohasida madaniyat va 
adabiyotda o‘zgarishlar ro‘y berdi. Adabiyotimizga yangi yorqin 
iste’dodlar kirib keldi. O‘zbek tilining lug‘at tarkibi boyidi, 
grammatik qurilishi aniqlasha bordi. 
O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi 1989-yil 21-oktabrdagi 
sessiyasi o‘zbek tiliga davlat tili maqomini berdi, O‘zbekiston 
Respublikasining Davlat tili deb e’lon qilindi.O‘zbekiston 
Respublikasi davlat hokimiyati va boshqaruv organlari faoliyatida 
qurultoy, sessiya, konferensiya, majlis va kengashlar respublika 
davlat tilida olib boriladi va aynan tarjimasi ta’minlanadi. Bu o‘zbek 
xalqining siyosiy va madaniy hayotidagi eng yirik va muhim 
voqealardan biri bo‘ldi. 
1992-yil 2-sentabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining 
o‘n uchinchi sessiyasida “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek 
alifbosini joriy qilish to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasining 
qonuni qabul qilindi 


 1993-yil 2-sentabrda “Lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini 
joriy etish to‘g‘risida” Qonun qabul qilinishi Vatanimizning 
ma’naviy-madaniy hayotida jahonshumul ahamiyat kasb etdi. Yangi 
alifboga kiritilgan o‘zgarishlar asosida “O‘zbek tilining asosiy imlo 
qoidalari ishlab chiqildi va O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar 
Mahkamasi tomonidan 1995-yil 24-avgustda tasdiqlandi. 
1995-yilning 21-dekabrida O‘zbekiston Respublikasining yangi 
tahrirdagi “Davlat tili to‘g‘risida”gi Qonuni e’lon qilindi. Bu qonun 
24 moddadan iborat bo‘lib, uning birinchi moddasida asosiy 
qonunimiz bo‘lgan Konstitutsiyamizning 4-moddasida yozilganidek, 
“O‘zbekiston Respublikasining Davlat tili-o‘zbek tilidir”deb yozib 
qo‘yilgan. Shu bilan birga, respublikamizdagi boshqa millatlar ham 
o‘z ona tillarini qo‘llash huquqiga egadirlar. Bu to‘g‘rida O‘zbekiston 
Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonunning 2-moddasida 
so‘z yuritiladi. Shu qonunning 24-moddasida O‘zbekiston 
Respublikasida davlat tiliga yoki boshqa tillarga xusumat bilan 
qarash taqiqlanishi haqida so‘z yuritiladi. 
O‘zbek tilida to‘g‘ri, ifodali so‘zlash va yozish, ona tilimizning 
sofligi va boyligi to‘g‘risida tinmay g‘amxo‘rlik qilish, uning 
iste’mol doirasini kengaytirib borish davlatimiz fuqarolarining burchi 
sanaladi. Xususan, har bir yosh, o‘quvchi ona tilidagi so‘z boyligini 
oshirish hamda til imkoniyatlaridan o‘rinli foydalanishga doimo 
harakat qilishi foydalidir. So‘z fikrning qurolidir, kishi tafakkuri,
predmet tafakkuri, mavhum tafakkur, monologik nutq, dialogik 
nutq.qanchalik ko‘p so‘z bilsa, uning fikrlash doirasi, dunyoqarashi 
ham shunchalik keng bo‘ladi. 

Download 331.63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling