Tuzuvchi: Alijonova Gulzoda O`ZBEK TILINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI - REJA:
- 1.Dunyo tillari tizimida o’zbek tilining o’rni
- 2.Qarindosh turkiy tillar
- 3.O`zbek tili -- davlat tili.
- 4.Adabiy til va shevalar.
- 5.O`zbek tilining taraqqiyot bosqichlari
Dunyo tillari tizimida o’zbek tilining o’rni - Til-ijtimoiy hodisa.Til jamiyatdagi aloqa almashuv quroli hisoblanadi.Til-ayrim shaxsga emas, balki jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun ham u ijtimoiy hodisadir.
- Dunyoda taxminan 7000 (5000) ga yaqin til bor. Bu tillarning ayrimlarida bir necha yuz million kishilar gaplashsa, ba`zilarida bir necha ming, yuzlab kishilar gaplashadi. M: Xitoy tilida bir milliardga yaqin, chukot va vele tilida bir necha ming kishi gaplashadi, xolos.
- Tillar iste`moliga ko`ra 2 ga bo`linadi:
- 1.Tirik til - hozir amalda bo`lib, odamlar so`zlashadigan til. M: o`zbek, rus, ingliz tillari.
- 2.O`lik til - qadimda mavjud bo`lgan, lekin hozirda hech kim so`zlashmaydigan til. Bularga lotin til, qadimgi hind, sanskrit tili, qadimgi arab, qadimgi slovyan, qadimgi xorazmiy, so`g`d, qadimgi fors tillari kiradi.
Dunyoda qo`llanish doirasi juda keng, boshqa til egasi ham foydalanadigan til xalqaro til yoki jahon tillari deyiladi. Jahon tillari oltita: ingliz tili, fransuz tili, ispan tili, rus tili, xitoy tili, arab tili. Tillar o`zaro o`xshashligi, yaqinligiga ko`ra 2 ga bo`linadi. - Dunyoda qo`llanish doirasi juda keng, boshqa til egasi ham foydalanadigan til xalqaro til yoki jahon tillari deyiladi. Jahon tillari oltita: ingliz tili, fransuz tili, ispan tili, rus tili, xitoy tili, arab tili. Tillar o`zaro o`xshashligi, yaqinligiga ko`ra 2 ga bo`linadi.
- 1.Qarindosh tillar. 2.Qarindosh bo`lmagan tillar
- Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko`p bo`lgan tillar qarindosh tillardir. M: o`zbek, qirg`iz, qozoq, totor, uyg`ur, boshqird, ozarboyjon tillari. Bir-biridan uzoq, umumiy jihatlari bo’lmagan tillar qarindosh bo`lmagan tillardir. Qarindosh tillar bir bobo tildan kelib chiqqan bo`ladi. Shuning uchun dunyo tillari qarindoshligiga ko’ra til oilalariga bo’linadi. Til oilalarining nomi ham bobo til nomi bilan yuritiladi. Bir tildan tarqalgan deb taxmin qilinuvchi, tuzilishi va boshqa xususiyati bir-biriga o`xshash bo`lgan bir nechta tillar guruhi til oilasi deb nomlanadi. Hozirda 20 dan ortiq til oilasi mavjud. M: hind-yevropa, oltoy tillar, fin-ugor, xom-som(arab), xitoy-tibet, kavkaz tillar oilasi va h.k., bu til oilalarining har qaysisi o’z ichida yana kichik guruhlarga bo’linadi. Jumladan, turkiy tillar oilasi:
Do'stlaringiz bilan baham: |