Mavzu: O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari Tuzuvchi: Alijonova Gulzoda


Download 1.91 Mb.
bet4/6
Sana05.04.2023
Hajmi1.91 Mb.
#1274178
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
O’zbek tilining taraqqiyot bosqichlari

3.O`g`uz lahjasiJanubiy Xorazmdagi Urganch, Hazorasp, Xiva, Xonqa, Qo`shko`pir, Shovot tumani va bir qancha shevalarni o`z ichiga oladi. Xususiyatlari: 1) unlining qisqa va cho`ziq aytilishi farqlanadi: at(hayvon) - a:d (ism), o’t (o’simlik)-o’:d (olov), yaz (yozmoq)-ya:z (fasl) 2) -ga jo`nalish kelishi o`rnida –a, -na; -ning qo`shimchalari o`rnida –ing qo`shimchasi qo`llaniladi: yorimga-yorima, qo`liga-qo`lina, akamning – akaming; 3) so’z boshidagi t o`rnida d , k o`rnida g qo`llaniladi: keling-galing, tog`-dog`, ko’z - go’z.

  • 3.O`g`uz lahjasi – Janubiy Xorazmdagi Urganch, Hazorasp, Xiva, Xonqa, Qo`shko`pir, Shovot tumani va bir qancha shevalarni o`z ichiga oladi. Xususiyatlari: 1) unlining qisqa va cho`ziq aytilishi farqlanadi: at(hayvon) - a:d (ism), o’t (o’simlik)-o’:d (olov), yaz (yozmoq)-ya:z (fasl) 2) -ga jo`nalish kelishi o`rnida –a, -na; -ning qo`shimchalari o`rnida –ing qo`shimchasi qo`llaniladi: yorimga-yorima, qo`liga-qo`lina, akamning – akaming; 3) so’z boshidagi t o`rnida d , k o`rnida g qo`llaniladi: keling-galing, tog`-dog`, ko’z - go’z.
  • Hozirgi o’zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Toshkent va Farg`ona shevalari asos qilib olingan: Toshkent shevasi fonetik jihatdan, Farg`ona shevasi morfologik jihatdan adabiy tilga asos bo’lgan.
  • Adabiy tilning 2 xil shakli mavjud: 1.Og`zaki adabiy til - radio, televideniye tili. 2.Yozma adabiy til - gazeta, jurnal, kitoblar tili. Shevalarning esa faqat og`zaki shakli mavjud.

O`zbek tilining taraqqiyot bosqichlari


 

Nomi

Davr

Manbalar

1

Qadimgi turkiy til

Eng qadimgi asrlardan – X asrgacha

O`rxun-Enasoy obidalari (To`nyuquq, Kultegin, Bilga xoqon, ”Irq bitigi”), qog`ozga yozilgan ilk manba “Irq bitigi” (“Ta’birnoma”)

2

Eski turkiy til

XI–XII asrlar

“Devoni lug`otit turk”, “Qutadg`u bilig”, “Hibbat ul haqoyiq”, Ahmad Yassaviy “Devoni hikmat”

3

Eski o`zbek adabiy tili

XII – XIII asrdan – XX asr boshlarigacha

Qul Ali “Qissayi Yusuf” (1239), Rabg`uziy “Qissasi Rabg`uziy”(1310), “Tafsir”(XIII asr), “O`g`uznoma”, Sayfi Saroiy “Guliston”, Xorazmiy “Muhabbatnoma”, ”Muqaddimat ul-adab”, Atoiy, Sakkokiy, Lutfiy, A.Navoiy, Bobur, Mashrab, Furqat, Muqimiy asarlari tili

4

Yangi o`zbek adabiy tili

XX asrning 30-yillaridan hozirgacha

Behbudiy, Avloniy, Fitrat, A.Qodiriy, G`.G`ulom, Oybek, Hamid Olimjon, Mirtemir, Zulfiya, Said Ahmad, Odil Yoqubov, Pirimqul Qodirov, Erkin Vohidov, Abdulla Oripov... asarlari

Download 1.91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling