Mavzu: O’zbek tilshunosligida evfemizmlarning qo’llanilishi


Vafot bo‘lgan edi-o‘lgan edi


Download 98.5 Kb.
bet2/2
Sana07.02.2023
Hajmi98.5 Kb.
#1175325
1   2
Bog'liq
o\'zbek tilshunosligida evfemizm

Vafot bo‘lgan edi-o‘lgan edi.
Ushbu parchada ham yuqoridagi holatni ko‘rishimiz mumkin. Bu yerda vafot bo‘lgan edi so‘zi o‘lgan edi so‘zining o‘rnida kelyapti va bu so‘zning evfemizmi hisoblanyapti.
Bundan ko‘rishimiz mumkinki, Cho‘lpon o‘zi istagan poetik maqsadga erisha oldi. Yuqoridagi parchada u o‘lgan edi so‘zini ham olishi mumkin edi, lekin bu so‘z qo‘pol va dag‘al bo‘lgani uchun ko‘ngillarni hira tortishini oldini olgan holda qo‘llanilganini ko‘rishimiz mumkin. Yana shuni ham ta'kidlash kerakki, Cho‘lpon bu yerda o‘ldi so‘zini qo‘llaganda bu ko‘proq so‘zlashuv uslubiga xos bo‘lib qolgan bo‘lar edi,vafot bo‘lgan edi so‘zidan foydalanib uslubiy buzilishning oldini olgan.
So‘fi odamlarni "faloh" (qutulish) ga chaqirgan vaqtida kampir ham ... uzildi.4
Uzuldi - o‘ldi.
Kimgadir yaqin kishini o‘limini aytish yoki ta'ziyada hamdardlik bildirish uchun so‘z topa olmaymiz. "O‘lim " to‘g‘risida to‘g‘ridan to‘g‘ri so‘zlarni ishlatish uchun avvalo, o‘zimiz qayg‘u va yo‘qotish tuyg‘usini yengib olishimiz kerak. O‘lim marhumning do‘stlari va oila a'zolarini juda noqulay holda keltirish mumkin.
Biz ko‘rib turganimizdek yuqorida ham xuddi shunday vaziyat yuz bergan, ya'ni o‘ldi sopzining o‘rniga uzuldi, ya'ni joni uzuldi so‘zidan foydalanilgan.
- Ha, insoniylik qandaqa bo‘lar ekan bo‘lmasa ? Insonlik - etagbozlik, har soatda bir gul iskash ekanmi ?5
Ushbu parchada evfemizm sifatida olingan so‘z "etagbozlik" hisoblanadi. Bu so‘z yoshlarning har xil bema'ni, yoqimsiz, qo‘pol harakatlarini yumshoqroq aytish uchun muallif tomonidan tanlangan.

Foydalanjlgan adabiyotlar
1. Cho‘lpon. Asarlar, II jild - T.: Adabiy - badiiy nashr : B.471.
2. Anvar Omonturdiyev. Professional nutq evfemikasi Toshkent : Fan, 2006. - 231b.
3. Hojiyev A. Lingvistik terminlarining izohli lug‘ati. - Toshkent : O‘qituvchi, 1985 - B. 109.
4. Mirtojiyev M. O‘zbek tili semasiologiyasi - Toshkent : Mumtoz so‘z, 2010. - B.119-127.


1 Bundan keyin ushbu kitobdan olingan hikoyalardan parchalarda hikoya nomi va sahifasi ko‘rsatiladi.

2 Qurboni jaholat, 270-bet.

3 Do‘xtur Muhammaddiyor, 270-bet.

4 Novvoy qiz, 295-bet.

5 Taraqqiy, 295-bet.



Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling