Mavzu: O’zbek tilshunosligida evfemizmlarning qo’llanilishi


Download 98.5 Kb.
bet1/2
Sana07.02.2023
Hajmi98.5 Kb.
#1175325
  1   2
Bog'liq
o\'zbek tilshunosligida evfemizm



Oliy ta’lim,fan va innovatsiya vazirligi

Andijon davlat universiteti


Filologiya va tillarni o’qitish:o’zbek tili
II bosqich 201-guruh talabasi
Asadullayeva Ravshanoyning
O’zbek tilshunosligi tarixi fanidanb
Kurs ishi

Andijon
2023


Mavzu:O’zbek tilshunosligida evfemizmlarning qo’llanilishi(Cho’lpon asarlari misolida).


Reja:

  1. Kirish.

  2. Evfemizmning paydo bo’lishi va uning o’rganilishi.

  3. O’zbek tilshunosligida evfemizmning qo’llanish uslubiyati.

  4. Cho’lpon asarlarida evfemizmlarning qo’llanilishi.

  5. Xulosa.

I. Bundan o’ttiz to’rt yil muqaddam o’zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi chindan ham ulug’ va tarixiy voqea bo’lgan edi.Abdulla Avloniyning “ Har bir millatning dunyoda borlig’ini ko’rsatadurgan oynayi hayoti til va adabiyotidir.Milliy tilni yo’qotmak –millatning ruhini yo’qotmakdur”,-degan hikmatli so’zlari yurtning istiqboli tilda ekanligini chiroyli isbotidir.
Bu borada yurtimizda ko’p ishlar qilindi va qilinmoqda.Jumladan, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF-4997-sonli “Alisher Navoiy nomidagi Toshketn davlat o’zbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish to’g’risida”gi Farmoni,”O’zbekiston Respublikasining “Davlat tili haqida”gi Qonuni qabul qilinganining o’ttiz yilligini keng nishonlash to’g’risida”gi 2019-yil 4-oktabrdagi Qarori,2020-2030-yillarda o’zbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyada belgilangan vazifalar davlat tilining rivojlanishiga keng yo’l ochib berdi.
Bugun ham bu jarayon to’xtagani yo’q.Vazirlik va idoralar rahbarlari hamda xodimlarining “Davlat tilida ish yuritish asoslari”bo’yicha malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi joriy etildi,respublika tilshunos olimlari tomonidan fundamental fanlar,zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologilari,sanoat,bank-moliya tizimi,diplomatiya,tibbiyot,qishloq xo’jaligi,harbiy va shu kabi sohalarda o’zbek tilining qo’llanish doirasini kengaytirishga doir tavsiya va ko’rsatmalar ishlab chiqildi,zamonaviy darsliklar,etimologik va qiyosiy lug’atlar nashr etishga,atamalarning elektron lug’ati va mobil ilovalarini yaratish ishlariga ahamiyat qaratilmoqda.
Bir so’z bilan aytganda,o’zbek millatining ma’naviy boyligi – tilni e’zozlash,yuksaltirilish,boyitish yo’lida kurashish,milliy qadriyat darajasiga ko’tarish barchamizning insoniy burchimizga aylansin.

II.Evfemizmning paydo bo’lishi insoniyat tafakkuri va axloqiy aqadriyatlar rivoji bilan bog’liq.U nafaqat til hodisasi(ifoda etayotgan shaxs nuqtai nazaridan noqulay bo’lgan birliklar o’rnida qo’llangan so’z,so’z birikmasi yoki gap),balki insonning nutqiy vaziyatini qaysidir ma’noda o’zgartirishga moyilligi sifatida ham namoyon bo’ladi.Mabul so’z qo’llana turib,so’zlovchi tomonidan man etilgan (tabu) birliklar qo’llanishi natijasida yuzaga kelsihi mumkin bo’lgan nosoz muhit yumshatiladi.Man etilgan so’zlar va insoniyat bilan tengqur deyilsa,mubolag’a bo’lmaydi.


Evfemizm atamasi grek tilidan olingan bo’lib,ko’pchilik mualliflar fikriga ko’ra,noo;rin birliklarning o’rinli birlikka almashinuvi sifatida qaraladi.A.A.Reformatskiy “Evfemizmlar taqiqlangan (tabulangan) so’zlar o’rniga qo’llanishga ruxsat berilgan so’zlar” deya ta’rif beradi.”Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovari’da esa “Evfemizm – bu so’zlovchi nazarida qo’pol,noqulay bo’lgan so’z va ifodalar o’rnida qo’llangan,ularga ma’nodosh bo’lgan emotsional betaraf so’z va ifodalar” deyiladi.A.Hojiyevning 2002-yilda qayta nashr qilgan “Lingvistik terminlar izohli lug’ati”da evfemizmga quyidagicha izoh beriladi:”Evfemizm (grek.euphemismos;eu – yaxshi, phemi – gapiraman)narsa-hodisaning ancha yumshoq formasidagi ifodasi;qo’pol,beadab so’z,ibora va tabu o’rnida qo’pol bo’lmagan,botmaydigan so’z,iborani qo’llash.Masalan,ikkiqat so’zi o’rnida homilador,og’ir oyoq so’zlarini qo’llash”.Biroq lug’atda disefimizmga doir fikr bildirilmagan.
Evfemik ma’no yuklangan ifodalar antik davrdan beoshlab olimlarda qiziqish uyg’otgan.O.M.Freydenbarg tahriri ostida chop etilgan”Antichnie teorii yaziko znaniya i stilya”nomli asarda “evfemizm” tushunchasi Demokrit,Platon,Aristotel tomonidan ham tilga olinganligi haqida ma’lumot beriladi.Demak,bu til birlgi haqida qadimgi davrlardan ham bilishgan ,ulardan foydalanishgan va hozirga qadar isitifoda etishadi.”Dastlab,evfemizmlar XII-XV asrlarda ingliz tilida paydo bo’lgan.XIV asrlarda fransuz madaniyati urf bo’la boshlaydi,bu esa tilda ham o’z aksini topadi” degan qarash bor.Ingliz tili tarixini o’rgangan olim R.byorchfilid Choser nazmning evfemik birliklari misolida tadqiqot olib borar ekan,evfemizm she’riyatning juda qulay uslubiy vositasi ekanlgini e’tirof etadi.
XX asrga kelib nafaqat inson a’zolari,balki hayvon va hasharot,kasallik va narsa-hodisalar nomini evfemlashrtirsh ham avj oladi.Chunki jahon urushi davrida odam savdosi,yetimlik,fohishabozlik rivoj topa brogan sari evfemik birliklar va argotizmlar ham ko’payibboradi.Ularning ma’noviy xususiyatlari zamon va makonda,insoniyat xatti-harakati va holati bilan bog’liq holda tomir yoza boshlaydi.
Evfemiz hodisasi XX asr boshlarida umumtilshunoslikda J.Vandries,L.A.Bulaxovskiy kabi tilshunoslar tomonidan soha bilan bog’liq adabiyotlar qayd etilgan bo’lib,ularning fikr-mulohazalari evfemizm mohiyati tavsifining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.Ushbu hodisani alohida millat,alohida jins vakillari misolida tadqiq etgan olimlar sirasiga A.N.Samaylovish,N.A.Baskakovlarni kiritish mumkin.Ular evfemizmni etnik hodisa sifatida kuzatib ko’p qirrali jihatlarini yoritishga harakat qilishadi.S.Otayev turkman tili evfemizmli,G.G.Musaboyev qozoq tili evfemizmlari,V.P.Dorbakov mongol xalqi evfemizlari, N.G.Mixaylovskaya uzoq sharq tillari – chukot,xanti-mansiy,manay xalqlari tilida uchraydigan evfemizmlarni tahlil qilishgan.Shuningdek,ingliz tilida uchraydigan evfemizmlar xususida I.V.Arnold kabi tadqiqotchilar ham o’z ishlarida ba’zi fikrlarni bildirishgan.
A.A.Reformatskiy tabu o’rnida qo’llanayotgan evfemik birliklarni etnik taraqqiyot bilan bog’liq deb hisoblaydi.Tabuning paydo bo’lishiga turli bid’at va xurofotlar saba bo’lganligini aytib,evfemizmlar uning nomini “yopish” uchun xizmat qilishini ta’kidlaydi.R.A.Budagov esa tabuning paydo bo’lishiga insoniyatning e’tiqodi turtki bo’lganligi va u ma’lum ma’noda tafakkur rivoji omillaridan ekanligini e’tirof etgan.
Evfemizm hodisasi B.A.Larin (1961),A.M.Kansev (1977),N.S.Boschayeva (1988),I.V.Artyushkina (2002),G.G.Kujim (2003) va boshqa tilshunoslar tonidan o’rganilgan bo’lib,uning turli jihatlari yoritilgan.Masalan,L.V.ZArtyushkina evfemizmlarning almashinishi va semantik tiplarini tadqiq etgan bo’lsa,N.S.Boschayeva tomonidan uning pragmatik assppekti keng o’rganiladi.G.G.Kujom evfemizmni tilning “melirotiv”vositasi sifatida tadqiq qiladi.A.M.Kasev uni ijtiomoiy psixologik jihatdan talqin etadi.Bu hodisaning qayta nomlash bilan bog’liq tomoni esa N.M.Berdova tomonidan tadqiq etilgan,Ye.P.Senechkina evfemizlarning daxldor belgilarini ko’rsatadi.
R.A.Budagov tabuning paydo bo’lishiga insoniyatning e’tiqodi turtki bo’lganligi va bu ma’lum ma’noda tafakkur rivojining asosi ekanligini e’tirof etgani holda,evfemizm yuzaga kelishida muhim omil emas deb hisoblaydi.Chunki tabu boshqa sabablarga ko’ra vujudga kelgan.Evfemizm nutqiy madaniyat yuazsidan aytish noqulay bo’lgan vaziyatni yumshatish uchun qo’llanadi.N.M.Potpova tilshunoslar tadqiqotlari natijasiga ko’ra,ayni jarayonning quyidagi belgi(mezon)larini ko’rsatadi;
- denotatning stigmatikligi (salbiy bo’yoqdorligi);
- ijobiy bo’yoq hosil qilsih;
- ifodaning asliyatini saqlash.
E.P.Znechkina qo’shimcha belgilarini ham ko’rsatadi:
- evfemizmning denotat salbiy bo’yog’ini yumshatuvchi semantik noaniqligi;
- denotatni ijobiylashtirishda gap qaysi predmet yoki hodisa haqida ketayotganligining anglashilishini ta’minlovchi formal tabiati.U ushbu o’lchovlarga javob bermagan ifoda evfemizm emasligiga va bu fikrga shu hodisani o’rganishga harakat qilgan barcha omillar qo’shilishini ta’kidlaydi.V.P.Maskein “Evfemizmni v leksicheskoy sisteme sovremennogo russkogo yozika”asarida evfemizlarning qator yondosh hodisalar bilan o’zaro munosabatini tadqiq qildi.Evfemizmlarning mavzuviy va situativ xususiyatlari,qo’llanilishi,yaslishi,sinonimik ham leksik tizimdagi o’rni,lisoniy va nutqqa munosabati,leksikografik tavsifiga doir fikrlarini bayon etadi.XXI asrdan boshlab birgina rus tadqiqotchilari tomonidan evfemizm mavzusi doirasida 15 ga yaqin nomzodlik desertatsiyalar yoqlagani bu hodisani o’rganish yangi kuch olayotganidan dalolat beradi.Shuningdek,evfemizm tasnifi xususida turli tilshunos olimlar qarashlariga fikr bildirib,o’z ishlarida uning yaratilish sabablariga ko’ra tasnifini taklif etadi.
III.O’zbek tilshunosligida bu atama 1963-64-yillarda N.Ismatullayevning “Hozirgi o’zbek tilida evfemizmlar”nomli dissertatsiya orqali o’rnashdi.1997-yilda A.Omonturdiyev evfemizmni “uslubshuoslikning tadqiqot obyekti sifatida allaqachon o’z yechimini topishi kelib bo’lgan mavzu” nomli sifatida keng doirada o’rganib,o’zbek nutqining evfemik asoslarini tadqiq qiladi.
Tilshunos M.Mirtojiyevning “O’zbek tili semasiologioyasi” monografiyasida tabu va evfemizm hodisalarining munosabati,ularning o’rganilish tarixi masalalariga alohida e’tibor qaratiladi.Olim evfemik ma’nining hosila ma’no ekanligi,bu hosila ma’nolar metaforik,metonimik usullarda vujudga kelishini,senekdoxik va vazifadoshlik asosida evfemik ma’no paydo bo’lmasligini ta’kidlaydi.
Aytib o’tish kerakki,evfemizm xususida tilshunos olimlar tomonidan yo’l-yo’lakay ham fikrlar bildirib,unga turli tomondan yondashilgan.Masalan,H.Shamsiddinov so’zlarning evfemik funksional-semantik sinonimlari haqida fikr-mulohazalar bildirsa,A.E.Mamatov doktorlik ishida frazeologizmlarning evfemik va disfemik shakllanishiga alohida to’xtaladi.Shuningdek,ayrim badiiy til bilan bog’liq ishlarda ham til birliklarining morfemik ma’nosiga e’tibor qaratiladi.Jumladan,”Bburnoma” leksikasini maxsus tadqiq qilgan olima Z.Xolmonova unda qo’llangan evfemizm lar xususida ayrim fikrlarni bayon etgan.Tilshunos M.Mirtojiyevning “O’zbek til semasiologiyasi” monografiyasida evfemizmlarga maxsus o’rin ajratilgan.
Azim Hojiyevning 1985-yilda qayta nashr qilingan “Lingvistik terminlar izohli lug’ati”da evfemizmga izoh beriladi.
Ma’lum bo’ladiki,evfemizm o’zbek tilshunosligida disfemizmga nisbatan kengroq o’rganilgan bo’lib bugungi kunga qadar yuqorida sanab o’tilgan olimlar tomonidan uning asosiy nutqiy xususiyatlari tadqiq etilgan.
1997-yilda A.Omonturdiyev evfemizmni uslubshunoslikning tdqiqot obyekti sifatida allaqachon o’z yechimini topishi kerak bo’lgan mavzusi sifatida keng doirada o’rganib,o’zbek nutqining evfemik asoslarini tadqiq qiladi.U ham yuqoridagi fikrga qo’shilgan holda,etimologik,ijtimoiy-madaniy aspektda o’rganish kerak deb hisoblaydi.Evfemik ma’noning evolutsiyasiga,yondosh hodisalarda va til sathiga munosbatiga e’tiborini qaratadi.Shu bilan birga,uni qo’llanish darajasiga ko’ra umumnutqiy va xususiy nutqiy evfemaga ajratib,ifoda usullarni o’rganadi.Tasnifiy xarakterdagi bu izlanish o’zbek til nutqining evfemik birliklari haqida ko’proq amaliy ma’lumot beradi.Bugungacha esa mualliflari jamoasi tomonidan 1983-yilda nashr etilgan,”O’zbek tili stilistikasi”o’quv qo’llanmasida evfemizm hamda difemizm xususida ma’lum darajada fikr yuritilgan edi.
Evfemiya hodisasi bilan shug’ullanagan tilshunos olimlarning har biri uninng turli belgisiga asoslangan tasniflarining ham u yoki bu darajada amalgam oshirishga harakat qilishgan.Hodisa boshqa lisoniy birliklardek seqirra bo’lgani kabi,bu tasniflarda evfemizmlarning turli qairralariga e’tibor qaratilgan.Bu turli-tumanliklar qarama-qarshidek tuyulsa-da,aslida bir-birini to’ldirishga xizmat qilishini ta’kidlash lozim.
Azim Hojiyev evfemizm hodisasini shunday izohlaydi:”Evfemizm – narsa-hodisaning ancha yumshoq shakldagi ifodasi,qo’pol beadab so’z,ibora va tabu o’rnida qo’pol botmaydigan so’z(ibora)ni qo’llash”. Z.Vandries:”Evfemizm – bu man etilgan lug’atning muloyimroq va madaniyroq formasi xolos”, - deydi.L.A.Bulaxovskiyning “Evfemizm – yomon fikr uyg’otadigan narsa yoki hodisaning asl nomini almashtirish va ular haqida so’z orqali yovuz kuchlarni chaqirish “xavfini” tug’durmay gapirish,…hammadan oldin “xavfning oldini olish” formulasidir”, - deb yozadi.S.Mamitov va Z.Kulumboyeva:”aytilishi nohush bo’lgan muomala qoidalariga uyg’un bo’lmagan qo’pol,xunuk so’zlarning o’rniga boshqa so’zlarning qo’llanilishi”, - deb yozdi.
Biz evfemizmlardan himoya uchun foydalanamiz.Evfemizmdan foydalangan so’zlovchi ham,tinglovchi ham himoya qilinadi.Ehtimol,yaqin kishimizga “sovuq xabarlarni” yetkazishimizning yumshoq yo’lini yoki vaziyat qayg’uli bo’lishiga qaramay,tasalli berish yo’lini qidiramiz.Qo'pol va haqoratli bo'lmasligi uchun eng samiymilaridan foydalnishga harakat qilamiz.Bundan asosiy maqsad tinglovchining xafagarchilik va dardini ko'paytirishdan qochish.Biz o'zimiz bo;lmagan holda to'g'ri so'zlab suhbatdoshimizning ongida qo'pol tushuncha uyg'otib qo'yishimiz mumkin.Kimgadir yaqin kishisini o'limini aytish yoki ta'ziyada hamdardlik bildirishi uchun so'z topa olmaymiz.”O’lim” to’g’risida to’g’ridan-to’g’ri so’zlarda ishlatish uchun,avvalo,o’zimiz qayg’u va yo’qolish tuyg’usini yengib olishimiz kerak.Ba’zida sevgan insonimiz “bunday ish qilmaydi” deb tushintirish, “o’ldi” deyishdan osnroq.O’lim haqligi uchun vaziyatni yengishga qiynalganimiz uchun uni baland ovozda ayta olmaymiz.”O’lik” so’zidan foydalanish haqiqatni inkor etishni qiyinlashtiradi.Til ba’zan his-tuyg’ularimizni asta-sekin his qilish uchun aqliy va hissiy jihatdan yordam beradi.Til orqali ma’noviy taskin taqdim etishimiz mumkin.O’lim marhumning do’stlari va oila a’zolarini juda noqulay vaziyatga keltirishi mumkin.Bu qayg’u chekayotganlarni qo’llab-quvvatlashni xohlaymiz,lekin noto’g’ri gapirishdan qo’rqamiz.Ta’ziyada odamlar tomonidan aytilgan ba’zi xushyoqish iboralarni eshitib qolamiz.Masalan,”Alloh sabr bersin”,”Oxirati obod bo’lsin”,”Joyi jannatdan bo’lsin”.Bunday iboralar hech qanday javob talab qilmaydi.Ko’p insonlar yaqin kishisini o’limdan aziyat chekayotganlarga “mukammal so’zlar”ni topishga harakat qiladi,huddi shunday bir sehrli ibora mavjudki,bu yo’qotish dardini yo’q qiladi.Biroq haqiqat shundayki,qayg’u hech qachon og’riqsiz bo’lmaydi.Biz ta’ziya paytida aytgan gaplarimizni eslab qolmasligi mumkin.Ammo bu qiyin vaziyatda tasalli berganimizni keyinchalik eslashi mumkin.Bu bizning hamdardligimiz,g’amxo’rligimiz,mehribonligimiz va sevishimizning so’zsiz ifodasi.Bu qo’llab-quvvatlashimizning o’zi ham qimmatbaho sovg’aday gap.
Ko’rsatilganiday,evfemizm so’zining lug’aviy ma’nosi deyarli bir xil izohlanagan.Ya’ni ularga ma’lum darajada suyangan holda,evfemizmga noqulaylik tug’ilganda unga ijobiy his uyg’onuvchi belgi berish maqsadida xuddi shunday belgiga yaqin narsaning nomi bilan atash yoki o’sha noqulaylikni yopib yuboruvchi so’z – lug’aviy birlik bilan nomlash,deb izohlashga to’g’ri keladi.Shu o’rinda izoh “nomlash” so’ziga tayangan holda tuzildi.Bu bilan evfemizga qayta nom qo’yish kerak ekan,degan xulosaga kelmaslik kerak.U mavjud yoqimli ma’noli so’zga evfemistik ma’no berib qo’llashdir.Berilgan izohda mana shu tushuncha alohida ta’kidlangan.Evfemizm mavjud so’zga yuklangan hosila ma’no deb tushunish kerak.Mavjud adabiyotlarda ham unga shu nuqtai nazar bilan yondashilgan.Evfemizm shunga ko’ra semantik hodisa deb tushuniladi va u semasiologiya obyekti sifatida qaraladi.
Mavjud so’zga evfemistik ma’no yuklar ekanb,bu ma’no qo’llanmay qolgan so’zning ma’nosi bo’ladi.Ya’ni u leksik sathga mansub hisoblanadi.Uni asosan tabu bilan boylaydilar.Tabuga uchragan so’z yoki ibora o’rniga to’g’ridan-to’g’ri evfemizm qo’llanadi,ya’ni ma’lum so’zga tabuga uchragan lug’aviy birliklarning ma’nosi yuklanadi,u evfemistik ma’no bo’lib qoladi.
Evfemizm tabuga uchragan so’z ma’nosi yoqimliroq ifodali biror so’z hosila ma’no sifatida aks etilshi hisoblanadi.Masalan,chayon so’zi tabuga uchragan,qo’llanishi man qilingan edi.Bu leksik hodisadir.Uning ma’nosi eshak so’zida ifoda topdi.Eshak so’zining ishchi hayvonni bildiruvchi o’z leksik ma’nosi bor.Bu so’z tabuga uchragan chayon so’zining ma’nosini hosila ma’no sifatida ifoda etyapti.Bu tashkilga ko’ra evfemizmga semantik jihatdan yondashildi.Ya’ni rvfemizm semantik hodisadir.
Evfemizm faqat tabuga uchragan so’zlar ma’nosini ifodalash bilan chegaralanmaydi.Uning sodir bo’lish imkoniyatni ancha keng.Shuning uchun L.A.Bulaxovskiy ham “Evfemizm irim-sirimlar doirasida sodir bo’lishdan ko;ra ancha keng qamrovga ega” degan edi.Ayrim tilshunosllikka sig’ishmaganligi uchun qo’llanmaydigan ayrim so’zlar bilan tabuni qorishtirganliklari ham aytiladi.Haqiqatdan ham ayrim so’zlarning madaniy muloqotga sig’ishmaganligi uchun qo’llanmaganligi tabu emas.Ammo madaniy muloqotga sig’ishmaydigan,qo’pol,dag’al,andishasiz so’zlardan muomala jarayonida tiyilishga to’g’ri kelar ekan,uning o’rnida yumshoqroq,yoqimliroq,madaniyroq so’z,ibora tanlash joiz bo’ladi.Mana shu so’z,iboraning tanlanishi evfmizmning ko’rishilaridan biri hisoblanadi.Masalan,xotinlar erim deyish o’rniga adasi deyishi,xaloq so’zi o’rniga chet,yana nimadir o’rniga yaradi so’zini qo’llash evfemizm bo’ladi.Ammo erim,xaloq yana nimadir deyilmagan so’zlar tabu qilingan so’zlar emas.Ularni muloqot chog’ida qo’llashdan faqat madaniy muomalaga ko’ra tiyilishga to’g’ri kelgan.Uning o’rniga esa adasi,chet,yaradi so’zlarini qo’llab,evfemizm berilgan.Ma’lum bo’ladiki,evfemizmning manbai ikkita:1) tabu; 2) madaniylikka sig’ishmaganligi uchun aytishdan tiyiladigan so’z va iboralar.Evfemizm shular ma’nosini berish,o’rnini qoplash uchun yuzga keltiriladi.Ular shular o’rnini biror so’z yoki iboraning hosila ma’nosi hisobiga qoplar ekan,bu ma’nosiga yaxshi his uyg’otuvchi,yoqimliroq ottenka ilova qiladi.
Yana shuni ham aytish kerakki,A.J.Omonturdiyev juda to’g’ri qayd etkaniday,evfemizmlar ham qanchalik go’zal,nozik,beozor ma’no ifodalamasin,u tabu bergan tushunchaning mohiyatini,xotiradan butunlay bartaraf qilolmaydi[1]. Aytilmkoqchiki,evfemizmda tabu ifodasidan merosga qolgan ko’ngilsiz taassurot evfemizmda ma’lum darajada o’z izini saqlaydi.Bu fikr albatta madaniylik quyushqoniga kirmaganligi uchun qo’llanmaydigan so’z va iboralar o’rniga kelgan evfemizmlar uchun taaluqlidir.Chunki evfemizm har qancha silliqlovchi bo’yoq bermasin,merosga olingan ma’nodagi o’ziga xos salbiy belgilar ma’lum darajada o’z-o’zidan saqlanadi.Evfemizm qo’llagan odam ham ma’lum darajada hijolatlikni saqlagan holda qayd etadi.
Evfemik nutq tafakkurining,inson aql-zakovatining oily formasi, “qaymog’i “,voqelikning pardozlangan,”parda ichiga olingan”,beozarlashtirilgan,yumshatilgan obrazli ifodasidir.
N.A.Samoylovich oltoy ayollari aytishi mumkin bo’lmagan 42 ta so’zning lug’atini beradi.Masalan,qozoq,qirg’iz ayollari erlari va ularning aka-ukalari otlariga qo’shib aytiladigan bo’ri,qo’y,qo’zi,daryo,qamish so’zlarining aytmaslik natijasi o’laroq,ularning nuqtidan quyidagi gaplarni yozib olgan:Oquvchi(daryo)ning narigi tomonida ko’karadigan (qamish)ning tagida uvlovchi(bo’ri) ma’rovchi(qo’y)ning bolasi (qo’zi)ni yeb yotibdi.
A.N.Samoylovich qozoq,qirg’iz ayollari nutqidan yana quyidagi parchani yozib olgan:…Bir qirg’iz ayolini mullaga qo’yadi.Qur’on o’qiyotgan ayol “kavsar” surasiga kelganda ayol “Kavsar” surasiga kelganda ,suraning nomini “Kavshikil” deb talaffuz qilishini,chunki “Kavsar” dagi “sar” talaffuz jihatdan man etilgan “sari” so’ziga yaqin bo’lib,sari esa erining qarindoshlaridan birining nomi bo’lgan.Shu saabaabli ayollar tilida daryoning sari-su (sariq suv) nomi ishkil suv so’zi bilan almashtirilganligini uqtirgan.
Shuningdek,mashur bir mudarrisning shogirdlari uning huzurida (kal bo’lganligi uchun) “Kavsar” surasidagi “kalkavsar” so’zini doimo “gulkavsar” tarzida talaffuz qilishlari haqida rivoyatlar mavjud.
E.A.Agaya arman qishloqlarida ilon so’zi o’rnida arqon,kanat so’zlari ishlatilganligini yozadi.
A.N.Turbachev “yevropa ovchilari,baliqchi va dehqonlari ov mavsumida qo’rqinchli va zararli hayvonlarning nomini aytmaslikka harakat qiladilar”, - deb yozadi va muallif o’rmon hayvonlari (ayiq,bo’ri kabi) ni Shvetsiya,Finlandiya,Estoniya va boshqa mamlakatlarida erkalatib,xushomadgo’ylik,kinoyali laqablar bilan atashlari rasm bo’lib qolganligini qayd qiladi.
Shuni ham ta’kidlash kerakki, tabu va evfemizim ibtidoiy din, ongi ojiz odamlarning g’ayritabiiy dunyoqarashi, xurofot bid’at, rasm-rusmlar ta’sirida paydo bo’lgan eskilik qoldiqlari, bular jamiyatning keyingi taraqqiyotida madaniylashgan bosqichlarida yo’q bo’lib boradi degan qarashlar o’zini oqlamaydi.
Ayrim manbalarda evfemik vositalar tor doirada, til fakti - lisoniy hodisa, passiv leksik birlik deb qaralgan. Holbuki, evfemik hodisa tilning muayyan bir sathida faqat til birligi sifatidagina emas,nutqiy qatlam, ya’ni semantik-funksional metodga asoslangan badiiy tasviriy vositalar: trop yoki uslubiy figuralar sifatida ham tahlil qilinishi kerak.
Fakllar tilimizning evfemik qatlami evfimiologiyani uslub shunoslikning alohida sohasi sifatida o’rganishni, evfemik sinonimlar lug’ati ( semantik-funksional lug’atlar) tuzish, hamda uning tematik va izohli turlari yaratishni taqozo qiladiki, bu bugungi uslubshunoslikning dolzarb masalalaridandir.
Ma’lumki,o’zbek tilshunosligida nutqni vazifaviy-uslubiy tasniflashda, turlarga ajratib o’rganish va mezon belgilashda ayrim noaniqliklardan qat’iy nazar, katta yutuqlarga erishilgan, bu ularning evfemikasini o’rganishni osonlashtiradi, albatta. Biroq, professional nutq tushunchasi, ularning tasnifi, turlari, tarmoqlari, mundarija, bir so’z bilan aytganda, o’rganish obyekti, funksional (vazifaviy) uslub va uning turlari (so’zlashuv, ilmiy, publitsistik, badiiy) ga munosabati jiddiy tadqiqot talabdir. Holbuki, bu jarayon (birlamchi obyekt) ning o’rganilmaganligi uning evfemikasini tadqiq qilishni yana bir karra qiyinlashtiradi.
Tabu va evfema qo‘llash vositalari ham til va jamiyat taraqqiyoti bilan birga taraqqiy qiladi, eskiradi, iste'moldan chiqadi, o‘rnida yangi evfemik vositalar shakllanadi. Boshqacha aytganda, ko‘pgina evfrmik vositalar davr o‘tishi bilan eskirib o‘zi bog‘langan tabu tushunchaning beozor tushunchasi bo‘lolmay qoladi. Natijada birinchi evfemik vosita o‘rnida yangi-yanada eshitilishi qulay bo‘lgan evfema paydo bo‘ladi. Bitta tabu tushunchaning qayta-qayta evfemalashtirilishi birdan ortiq evfemaning shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Masalan, ilon aslida chaqiruvchi, zahar soluvchi (tojikcha gazanda) tushunchasining evfemasi: jil+on, jiluvchi, sudraluvchi, keyin arqon, arg‘amchi olachilvir, qamchi kabi evfemalar bilan almashtirilgan. Chayon o‘rnida qo‘llangan gajdum, kajdum evfemasi nutq talabiga javob bermagach, tabulashtirilib, o‘rnida eshak, nomi yo‘q, benom evfemalari qo‘llangan. Медведь (ayiq) aslida evfemik atama (медаед-asalxo‘r) bo‘lgan, keyinchalik tabulashtirib, o‘rmonchi (лесник), o‘rmon hokimi, o‘rmon xo‘jayini (хозяйн леса), Misha, Potapich kabi evfemik vositalar bilan atalgan. Demak, медведь evfemasigacha shu hayvonning nomi bo‘lgan boplsa, u unutilgan. Bo‘ri so‘zi aslida oq, oqish, oq tusdagi hayvon (bo‘r, bo‘rsiq, bo‘z so‘zlari ham shu bilan bog‘liq ) ma'nosini anglatgan evfemik nomdir. Keyinchalik bo‘ri tabulashtirilib jondor, itqush evfemalari bilan almashtirilgan. Bugungi chorvador nutqida y, haligi, qora (bo‘ri ma'nosida ) evfemalari ham qo‘llaniladi: itlar hurishyapti, u (bo‘ri demoqchi) kelganga o‘xshaydi; Kecha suruvda jondor chopibdi yoki doribdi (chorvador nutqida).
Ishton aslida evfema ( ichki to‘n) bo‘lib, keyinchalik tabulashtirilib, lozim, lozima (ba'zan tojikcha ezor) evfemalari bilan atalgan.
Tabu va evfemaning evolyutsion jarayoni til evfemik qatlamining - evfemiologiyaning shakllanishiga sabab bo‘ladi.
Ba'zi xulosalar:
Tabu va evfemiya tarixiy- etnografik hodisa bo‘lsa- da, fan uning qachon, qayerda paydo bo‘lganligini, yoki qaysi xalq udumi bo‘lganligini tasdiqlovchi ilmiy manba yoki matnga ega emas. Tabulashtirish va evfema qo‘llash qadimiy, uning ildizlari ibtidoiy ongning yaxshilik (ezgulik) va yomonlik ( yovuzlik) tushunchalarining paydo bo‘lishi, baliqning ilohiylashtirilishi ( feteshizm), ruh tushunchasining paydo bo‘lishi ( animizm), ko‘chib yurishi ( tanosuh), hayvonlarga sig‘inish (animalizm) yoki umuman, totemik, mifologik tasavvurlarga borib taqaladi.
Tabu va evfemiya ibtidoiy din, ongi ojiz odamlarning g‘ayritabiiy dunyoqarashi, xurofot, bid'at, rasm- rusumlar ta'sirida paydo bo‘lgan, bular jamiyatning keyingi taraqqiyotida- madaniylashgan bosqichlarga yo‘qolib ketadi degan fikrlar o‘zini oqlamaydi- asossiz. Chunki tabu va uni evfemalashtirish til va tafakkur kabi evolyutsion jarayonlarni bosib o‘tgan, muayyan ijtimoiy dunyoqarash asosida to‘xtovsiz yangilanib, shakllanib til evfemik qatlamini boyitib, to‘ldirib boruvchi hodisadir.
Tabu va evfemiya etnolingvistikaning o‘rganish obyekti ekanligi va bu fan haqidagi fikrlar dastlab I.G.Gerder (XVIII asr) va V.Gumbold (XIX asr) dan boshlangan, etnograf olim F.Baos, lingvist-etnograf E.Sepir va ularning izdoshlari tomonidan davom ettirilgan.
Tabuning ifoda materiali dastlab, o‘zaro bog‘langan, ko‘pincha, biri ikkinchisining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan: 1) sotsial yoki etnografik tabu; 2) lingvistik tabu terminlari ostida ikkiga ajraladi. Bu ikki jarayonni o‘rganadigan fan etnolingvistikadir.
U yoki bu darajada bayon etilganligidan qat'iy nazar, tabu va evfemiyaning nazariy asoslari umummilliy adabiy tilning faktik materiallari asosida alohida bob sifatida o‘rganilganligi, tasnif qilinganligi tilimiz evfemik qatlamini yangi bosqichda, xususan, professional nutq evfemikasini tadqiq qilishda kalit- tayanch bo‘lib xizmat qiladi.
Endi tabu va evfemaning tavsifiy xulosasi quyidagicha: evfema, bu - tabulashtirilgan, ya'ni ochiq aytilishi man etilgan, ayb, uyat, hayosi, dag‘al, qo‘pol, haqorat, so‘kish hisoblangan; qo‘rqinchli, daxshat, g‘am- alam, iztirob, motam, o‘ch, dard, hasrat ifodalaydigan; kishiga malol keladigan, o‘ksitadigan, izzat nafsiga tegadigan, hurmatsizlik kabilarning xotirada salbiy ta'sirini yumshatish, kamaytirish, yopish, yashirish, pardalash, mumkin qadar beozorroq tusga kiritish, tasviriy evfemik va evfonik uslubda bayon etish, tinglovchiga ijobiy hissiy ta'sir etish- hayajon uyg‘otish va shu bilan nutqiy mukammallikka- go‘zallikka, til va muomala madaniyatiga erishish uchun qo‘llanadigan vositalardir.
Evfemizmdan Cho‘lpon hikoyalarida ham oz , lekin o‘rinli foydalangan. (Cho‘lpon. Asarlar,II jild-T.: Adabiy-badiiy nashr:B.471)1
Devorga xat yozub, qoldurub ko‘kragiga ikki martaba otdi. Shul vaqt jon taslim qildi. 2
Bu parchadan ko‘rishimiz mumkinki, jon taslim qildi so‘zi o‘ldi so‘zini o‘rnida qo‘llanilyapti va o‘ldi so‘ziga nisbatan yumshoqroq, odamdi ko‘ngliga tegmaydigan qilib ta'sir qilishini ta'minlayapti.

Aning xotuni chako‘tka (sil) kasaliga mubtalo bo‘lub,
to‘quz oy qadar xastalik to‘shagida yotgandan so‘ngra vafot bo‘lgan edi.3

Download 98.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling