Mavzu: O’zbek tilshunosligida evfemizmlarning qo’llanilishi
Download 98.5 Kb.
|
1 2
Bog'liqo\'zbek tilshunosligida evfemizm
- Bu sahifa navigatsiya:
- Olim
- Alloh sabr bersin,Oxirati obod bolsin,Joyi jannatdan bolsin
Oliy talim,fan va innovatsiya vazirligiAndijon davlat universiteti Filologiya va tillarni oqitish:ozbek tili II bosqich 201-guruh talabasi Asadullayeva Ravshanoyning Ozbek tilshunosligi tarixi fanidanb Kurs ishi Andijon
Mavzu:O’zbek tilshunosligida evfemizmlarning qo’llanilishi(Cho’lpon asarlari misolida). Reja: Kirish. Evfemizmning paydo bolishi va uning organilishi. Ozbek tilshunosligida evfemizmning qollanish uslubiyati. Cholpon asarlarida evfemizmlarning qollanilishi. Xulosa. I. Bundan ottiz tort yil muqaddam ozbek tiliga davlat tili maqomining berilishi chindan ham ulug va tarixiy voqea bolgan edi.Abdulla Avloniyning Har bir millatning dunyoda borligini korsatadurgan oynayi hayoti til va adabiyotidir.Milliy tilni yoqotmak millatning ruhini yoqotmakdur,-degan hikmatli sozlari yurtning istiqboli tilda ekanligini chiroyli isbotidir. Bu borada yurtimizda kop ishlar qilindi va qilinmoqda.Jumladan, Ozbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 13-maydagi PF-4997-sonli Alisher Navoiy nomidagi Toshketn davlat ozbek tili va adabiyoti universiteti faoliyatini tashkil etish togrisidagi Farmoni,Ozbekiston Respublikasining Davlat tili haqidagi Qonuni qabul qilinganining ottiz yilligini keng nishonlash togrisidagi 2019-yil 4-oktabrdagi Qarori,2020-2030-yillarda ozbek tilini rivojlantirish hamda til siyosatini takomillashtirish konsepsiyada belgilangan vazifalar davlat tilining rivojlanishiga keng yol ochib berdi. Bugun ham bu jarayon toxtagani yoq.Vazirlik va idoralar rahbarlari hamda xodimlarining Davlat tilida ish yuritish asoslariboyicha malakasini oshirish va qayta tayyorlash tizimi joriy etildi,respublika tilshunos olimlari tomonidan fundamental fanlar,zamonaviy axborot va kommunikatsiya texnologilari,sanoat,bank-moliya tizimi,diplomatiya,tibbiyot,qishloq xojaligi,harbiy va shu kabi sohalarda ozbek tilining qollanish doirasini kengaytirishga doir tavsiya va korsatmalar ishlab chiqildi,zamonaviy darsliklar,etimologik va qiyosiy lugatlar nashr etishga,atamalarning elektron lugati va mobil ilovalarini yaratish ishlariga ahamiyat qaratilmoqda. Bir soz bilan aytganda,ozbek millatining manaviy boyligi tilni ezozlash,yuksaltirilish,boyitish yolida kurashish,milliy qadriyat darajasiga kotarish barchamizning insoniy burchimizga aylansin. II.Evfemizmning paydo bolishi insoniyat tafakkuri va axloqiy aqadriyatlar rivoji bilan bogliq.U nafaqat til hodisasi(ifoda etayotgan shaxs nuqtai nazaridan noqulay bolgan birliklar ornida qollangan soz,soz birikmasi yoki gap),balki insonning nutqiy vaziyatini qaysidir manoda ozgartirishga moyilligi sifatida ham namoyon boladi.Mabul soz qollana turib,sozlovchi tomonidan man etilgan (tabu) birliklar qollanishi natijasida yuzaga kelsihi mumkin bolgan nosoz muhit yumshatiladi.Man etilgan sozlar va insoniyat bilan tengqur deyilsa,mubolaga bolmaydi. Evfemizm atamasi grek tilidan olingan bolib,kopchilik mualliflar fikriga kora,noo;rin birliklarning orinli birlikka almashinuvi sifatida qaraladi.A.A.Reformatskiy Evfemizmlar taqiqlangan (tabulangan) sozlar orniga qollanishga ruxsat berilgan sozlar deya tarif beradi.Lingvisticheskiy ensiklopedicheskiy slovarida esa Evfemizm bu sozlovchi nazarida qopol,noqulay bolgan soz va ifodalar ornida qollangan,ularga manodosh bolgan emotsional betaraf soz va ifodalar deyiladi.A.Hojiyevning 2002-yilda qayta nashr qilgan Lingvistik terminlar izohli lugatida evfemizmga quyidagicha izoh beriladi:Evfemizm (grek.euphemismos;eu yaxshi, phemi gapiraman)narsa-hodisaning ancha yumshoq formasidagi ifodasi;qopol,beadab soz,ibora va tabu ornida qopol bolmagan,botmaydigan soz,iborani qollash.Masalan,ikkiqat sozi ornida homilador,ogir oyoq sozlarini qollash.Biroq lugatda disefimizmga doir fikr bildirilmagan. Evfemik mano yuklangan ifodalar antik davrdan beoshlab olimlarda qiziqish uygotgan.O.M.Freydenbarg tahriri ostida chop etilganAntichnie teorii yaziko znaniya i stilyanomli asarda evfemizm tushunchasi Demokrit,Platon,Aristotel tomonidan ham tilga olinganligi haqida malumot beriladi.Demak,bu til birlgi haqida qadimgi davrlardan ham bilishgan ,ulardan foydalanishgan va hozirga qadar isitifoda etishadi.Dastlab,evfemizmlar XII-XV asrlarda ingliz tilida paydo bolgan.XIV asrlarda fransuz madaniyati urf bola boshlaydi,bu esa tilda ham oz aksini topadi degan qarash bor.Ingliz tili tarixini organgan olim R.byorchfilid Choser nazmning evfemik birliklari misolida tadqiqot olib borar ekan,evfemizm sheriyatning juda qulay uslubiy vositasi ekanlgini etirof etadi. XX asrga kelib nafaqat inson azolari,balki hayvon va hasharot,kasallik va narsa-hodisalar nomini evfemlashrtirsh ham avj oladi.Chunki jahon urushi davrida odam savdosi,yetimlik,fohishabozlik rivoj topa brogan sari evfemik birliklar va argotizmlar ham kopayibboradi.Ularning manoviy xususiyatlari zamon va makonda,insoniyat xatti-harakati va holati bilan bogliq holda tomir yoza boshlaydi. Evfemiz hodisasi XX asr boshlarida umumtilshunoslikda J.Vandries,L.A.Bulaxovskiy kabi tilshunoslar tomonidan soha bilan bogliq adabiyotlar qayd etilgan bolib,ularning fikr-mulohazalari evfemizm mohiyati tavsifining shakllanishida muhim ahamiyat kasb etadi.Ushbu hodisani alohida millat,alohida jins vakillari misolida tadqiq etgan olimlar sirasiga A.N.Samaylovish,N.A.Baskakovlarni kiritish mumkin.Ular evfemizmni etnik hodisa sifatida kuzatib kop qirrali jihatlarini yoritishga harakat qilishadi.S.Otayev turkman tili evfemizmli,G.G.Musaboyev qozoq tili evfemizmlari,V.P.Dorbakov mongol xalqi evfemizlari, N.G.Mixaylovskaya uzoq sharq tillari chukot,xanti-mansiy,manay xalqlari tilida uchraydigan evfemizmlarni tahlil qilishgan.Shuningdek,ingliz tilida uchraydigan evfemizmlar xususida I.V.Arnold kabi tadqiqotchilar ham oz ishlarida bazi fikrlarni bildirishgan. A.A.Reformatskiy tabu ornida qollanayotgan evfemik birliklarni etnik taraqqiyot bilan bogliq deb hisoblaydi.Tabuning paydo bolishiga turli bidat va xurofotlar saba bolganligini aytib,evfemizmlar uning nomini yopish uchun xizmat qilishini takidlaydi.R.A.Budagov esa tabuning paydo bolishiga insoniyatning etiqodi turtki bolganligi va u malum manoda tafakkur rivoji omillaridan ekanligini etirof etgan. Evfemizm hodisasi B.A.Larin (1961),A.M.Kansev (1977),N.S.Boschayeva (1988),I.V.Artyushkina (2002),G.G.Kujim (2003) va boshqa tilshunoslar tonidan organilgan bolib,uning turli jihatlari yoritilgan.Masalan,L.V.ZArtyushkina evfemizmlarning almashinishi va semantik tiplarini tadqiq etgan bolsa,N.S.Boschayeva tomonidan uning pragmatik assppekti keng organiladi.G.G.Kujom evfemizmni tilning melirotivvositasi sifatida tadqiq qiladi.A.M.Kasev uni ijtiomoiy psixologik jihatdan talqin etadi.Bu hodisaning qayta nomlash bilan bogliq tomoni esa N.M.Berdova tomonidan tadqiq etilgan,Ye.P.Senechkina evfemizlarning daxldor belgilarini korsatadi. R.A.Budagov tabuning paydo bolishiga insoniyatning etiqodi turtki bolganligi va bu malum manoda tafakkur rivojining asosi ekanligini etirof etgani holda,evfemizm yuzaga kelishida muhim omil emas deb hisoblaydi.Chunki tabu boshqa sabablarga kora vujudga kelgan.Evfemizm nutqiy madaniyat yuazsidan aytish noqulay bolgan vaziyatni yumshatish uchun qollanadi.N.M.Potpova tilshunoslar tadqiqotlari natijasiga kora,ayni jarayonning quyidagi belgi(mezon)larini korsatadi; - denotatning stigmatikligi (salbiy boyoqdorligi); - ijobiy boyoq hosil qilsih; - ifodaning asliyatini saqlash. E.P.Znechkina qoshimcha belgilarini ham korsatadi: - evfemizmning denotat salbiy boyogini yumshatuvchi semantik noaniqligi; - denotatni ijobiylashtirishda gap qaysi predmet yoki hodisa haqida ketayotganligining anglashilishini taminlovchi formal tabiati.U ushbu olchovlarga javob bermagan ifoda evfemizm emasligiga va bu fikrga shu hodisani organishga harakat qilgan barcha omillar qoshilishini takidlaydi.V.P.Maskein Evfemizmni v leksicheskoy sisteme sovremennogo russkogo yozikaasarida evfemizlarning qator yondosh hodisalar bilan ozaro munosabatini tadqiq qildi.Evfemizmlarning mavzuviy va situativ xususiyatlari,qollanilishi,yaslishi,sinonimik ham leksik tizimdagi orni,lisoniy va nutqqa munosabati,leksikografik tavsifiga doir fikrlarini bayon etadi.XXI asrdan boshlab birgina rus tadqiqotchilari tomonidan evfemizm mavzusi doirasida 15 ga yaqin nomzodlik desertatsiyalar yoqlagani bu hodisani organish yangi kuch olayotganidan dalolat beradi.Shuningdek,evfemizm tasnifi xususida turli tilshunos olimlar qarashlariga fikr bildirib,oz ishlarida uning yaratilish sabablariga kora tasnifini taklif etadi. III.Ozbek tilshunosligida bu atama 1963-64-yillarda N.Ismatullayevning Hozirgi ozbek tilida evfemizmlarnomli dissertatsiya orqali ornashdi.1997-yilda A.Omonturdiyev evfemizmni uslubshuoslikning tadqiqot obyekti sifatida allaqachon oz yechimini topishi kelib bolgan mavzu nomli sifatida keng doirada organib,ozbek nutqining evfemik asoslarini tadqiq qiladi. Tilshunos M.Mirtojiyevning Ozbek tili semasiologioyasi monografiyasida tabu va evfemizm hodisalarining munosabati,ularning organilish tarixi masalalariga alohida etibor qaratiladi.Olim evfemik manining hosila mano ekanligi,bu hosila manolar metaforik,metonimik usullarda vujudga kelishini,senekdoxik va vazifadoshlik asosida evfemik mano paydo bolmasligini takidlaydi. Aytib otish kerakki,evfemizm xususida tilshunos olimlar tomonidan yol-yolakay ham fikrlar bildirib,unga turli tomondan yondashilgan.Masalan,H.Shamsiddinov sozlarning evfemik funksional-semantik sinonimlari haqida fikr-mulohazalar bildirsa,A.E.Mamatov doktorlik ishida frazeologizmlarning evfemik va disfemik shakllanishiga alohida toxtaladi.Shuningdek,ayrim badiiy til bilan bogliq ishlarda ham til birliklarining morfemik manosiga etibor qaratiladi.Jumladan,Bburnoma leksikasini maxsus tadqiq qilgan olima Z.Xolmonova unda qollangan evfemizm lar xususida ayrim fikrlarni bayon etgan.Tilshunos M.Mirtojiyevning Ozbek til semasiologiyasi monografiyasida evfemizmlarga maxsus orin ajratilgan. Azim Hojiyevning 1985-yilda qayta nashr qilingan Lingvistik terminlar izohli lugatida evfemizmga izoh beriladi. Malum boladiki,evfemizm ozbek tilshunosligida disfemizmga nisbatan kengroq organilgan bolib bugungi kunga qadar yuqorida sanab otilgan olimlar tomonidan uning asosiy nutqiy xususiyatlari tadqiq etilgan. 1997-yilda A.Omonturdiyev evfemizmni uslubshunoslikning tdqiqot obyekti sifatida allaqachon oz yechimini topishi kerak bolgan mavzusi sifatida keng doirada organib,ozbek nutqining evfemik asoslarini tadqiq qiladi.U ham yuqoridagi fikrga qoshilgan holda,etimologik,ijtimoiy-madaniy aspektda organish kerak deb hisoblaydi.Evfemik manoning evolutsiyasiga,yondosh hodisalarda va til sathiga munosbatiga etiborini qaratadi.Shu bilan birga,uni qollanish darajasiga kora umumnutqiy va xususiy nutqiy evfemaga ajratib,ifoda usullarni organadi.Tasnifiy xarakterdagi bu izlanish ozbek til nutqining evfemik birliklari haqida koproq amaliy malumot beradi.Bugungacha esa mualliflari jamoasi tomonidan 1983-yilda nashr etilgan,Ozbek tili stilistikasioquv qollanmasida evfemizm hamda difemizm xususida malum darajada fikr yuritilgan edi. Evfemiya hodisasi bilan shugullanagan tilshunos olimlarning har biri uninng turli belgisiga asoslangan tasniflarining ham u yoki bu darajada amalgam oshirishga harakat qilishgan.Hodisa boshqa lisoniy birliklardek seqirra bolgani kabi,bu tasniflarda evfemizmlarning turli qairralariga etibor qaratilgan.Bu turli-tumanliklar qarama-qarshidek tuyulsa-da,aslida bir-birini toldirishga xizmat qilishini takidlash lozim. Azim Hojiyev evfemizm hodisasini shunday izohlaydi:Evfemizm narsa-hodisaning ancha yumshoq shakldagi ifodasi,qopol beadab soz,ibora va tabu ornida qopol botmaydigan soz(ibora)ni qollash. Z.Vandries:Evfemizm bu man etilgan lugatning muloyimroq va madaniyroq formasi xolos, - deydi.L.A.Bulaxovskiyning Evfemizm yomon fikr uygotadigan narsa yoki hodisaning asl nomini almashtirish va ular haqida soz orqali yovuz kuchlarni chaqirish xavfini tugdurmay gapirish, hammadan oldin xavfning oldini olish formulasidir, - deb yozadi.S.Mamitov va Z.Kulumboyeva:aytilishi nohush bolgan muomala qoidalariga uygun bolmagan qopol,xunuk sozlarning orniga boshqa sozlarning qollanilishi, - deb yozdi. Biz evfemizmlardan himoya uchun foydalanamiz.Evfemizmdan foydalangan sozlovchi ham,tinglovchi ham himoya qilinadi.Ehtimol,yaqin kishimizga sovuq xabarlarni yetkazishimizning yumshoq yolini yoki vaziyat qayguli bolishiga qaramay,tasalli berish yolini qidiramiz.Qo'pol va haqoratli bo'lmasligi uchun eng samiymilaridan foydalnishga harakat qilamiz.Bundan asosiy maqsad tinglovchining xafagarchilik va dardini ko'paytirishdan qochish.Biz o'zimiz bo;lmagan holda to'g'ri so'zlab suhbatdoshimizning ongida qo'pol tushuncha uyg'otib qo'yishimiz mumkin.Kimgadir yaqin kishisini o'limini aytish yoki ta'ziyada hamdardlik bildirishi uchun so'z topa olmaymiz.Olim togrisida togridan-togri sozlarda ishlatish uchun,avvalo,ozimiz qaygu va yoqolish tuygusini yengib olishimiz kerak.Bazida sevgan insonimiz bunday ish qilmaydi deb tushintirish, oldi deyishdan osnroq.Olim haqligi uchun vaziyatni yengishga qiynalganimiz uchun uni baland ovozda ayta olmaymiz.Olik” sozidan foydalanish haqiqatni inkor etishni qiyinlashtiradi.Til bazan his-tuygularimizni asta-sekin his qilish uchun aqliy va hissiy jihatdan yordam beradi.Til orqali manoviy taskin taqdim etishimiz mumkin.Olim marhumning dostlari va oila azolarini juda noqulay vaziyatga keltirishi mumkin.Bu qaygu chekayotganlarni qollab-quvvatlashni xohlaymiz,lekin notogri gapirishdan qorqamiz.Taziyada odamlar tomonidan aytilgan bazi xushyoqish iboralarni eshitib qolamiz.Masalan,Alloh sabr bersin,Oxirati obod bolsin,Joyi jannatdan bolsin.Bunday iboralar hech qanday javob talab qilmaydi.Kop insonlar yaqin kishisini olimdan aziyat chekayotganlarga mukammal sozlarni topishga harakat qiladi,huddi shunday bir sehrli ibora mavjudki,bu yoqotish dardini yoq qiladi.Biroq haqiqat shundayki,qaygu hech qachon ogriqsiz bolmaydi.Biz taziya paytida aytgan gaplarimizni eslab qolmasligi mumkin.Ammo bu qiyin vaziyatda tasalli berganimizni keyinchalik eslashi mumkin.Bu bizning hamdardligimiz,gamxorligimiz,mehribonligimiz va sevishimizning sozsiz ifodasi.Bu qollab-quvvatlashimizning ozi ham qimmatbaho sovgaday gap. Korsatilganiday,evfemizm sozining lugaviy manosi deyarli bir xil izohlanagan.Yani ularga malum darajada suyangan holda,evfemizmga noqulaylik tugilganda unga ijobiy his uygonuvchi belgi berish maqsadida xuddi shunday belgiga yaqin narsaning nomi bilan atash yoki osha noqulaylikni yopib yuboruvchi soz lugaviy birlik bilan nomlash,deb izohlashga togri keladi.Shu orinda izoh nomlash soziga tayangan holda tuzildi.Bu bilan evfemizga qayta nom qoyish kerak ekan,degan xulosaga kelmaslik kerak.U mavjud yoqimli manoli sozga evfemistik mano berib qollashdir.Berilgan izohda mana shu tushuncha alohida takidlangan.Evfemizm mavjud sozga yuklangan hosila mano deb tushunish kerak.Mavjud adabiyotlarda ham unga shu nuqtai nazar bilan yondashilgan.Evfemizm shunga kora semantik hodisa deb tushuniladi va u semasiologiya obyekti sifatida qaraladi. Mavjud sozga evfemistik mano yuklar ekanb,bu mano qollanmay qolgan sozning manosi boladi.Yani u leksik sathga mansub hisoblanadi.Uni asosan tabu bilan boylaydilar.Tabuga uchragan soz yoki ibora orniga togridan-togri evfemizm qollanadi,yani malum sozga tabuga uchragan lugaviy birliklarning manosi yuklanadi,u evfemistik mano bolib qoladi. Evfemizm tabuga uchragan soz manosi yoqimliroq ifodali biror soz hosila mano sifatida aks etilshi hisoblanadi.Masalan,chayon sozi tabuga uchragan,qollanishi man qilingan edi.Bu leksik hodisadir.Uning manosi eshak sozida ifoda topdi.Eshak sozining ishchi hayvonni bildiruvchi oz leksik manosi bor.Bu soz tabuga uchragan chayon sozining manosini hosila mano sifatida ifoda etyapti.Bu tashkilga kora evfemizmga semantik jihatdan yondashildi.Yani rvfemizm semantik hodisadir. Evfemizm faqat tabuga uchragan sozlar manosini ifodalash bilan chegaralanmaydi.Uning sodir bolish imkoniyatni ancha keng.Shuning uchun L.A.Bulaxovskiy ham Evfemizm irim-sirimlar doirasida sodir bolishdan ko;ra ancha keng qamrovga ega degan edi.Ayrim tilshunosllikka sigishmaganligi uchun qollanmaydigan ayrim sozlar bilan tabuni qorishtirganliklari ham aytiladi.Haqiqatdan ham ayrim sozlarning madaniy muloqotga sigishmaganligi uchun qollanmaganligi tabu emas.Ammo madaniy muloqotga sigishmaydigan,qopol,dagal,andishasiz sozlardan muomala jarayonida tiyilishga togri kelar ekan,uning ornida yumshoqroq,yoqimliroq,madaniyroq soz,ibora tanlash joiz boladi.Mana shu soz,iboraning tanlanishi evfmizmning korishilaridan biri hisoblanadi.Masalan,xotinlar erim deyish orniga adasi deyishi,xaloq sozi orniga chet,yana nimadir orniga yaradi sozini qollash evfemizm boladi.Ammo erim,xaloq yana nimadir deyilmagan sozlar tabu qilingan sozlar emas.Ularni muloqot chogida qollashdan faqat madaniy muomalaga kora tiyilishga togri kelgan.Uning orniga esa adasi,chet,yaradi sozlarini qollab,evfemizm berilgan.Malum boladiki,evfemizmning manbai ikkita:1) tabu; 2) madaniylikka sigishmaganligi uchun aytishdan tiyiladigan soz va iboralar.Evfemizm shular manosini berish,ornini qoplash uchun yuzga keltiriladi.Ular shular ornini biror soz yoki iboraning hosila manosi hisobiga qoplar ekan,bu manosiga yaxshi his uygotuvchi,yoqimliroq ottenka ilova qiladi. Yana shuni ham aytish kerakki,A.J.Omonturdiyev juda togri qayd etkaniday,evfemizmlar ham qanchalik gozal,nozik,beozor mano ifodalamasin,u tabu bergan tushunchaning mohiyatini,xotiradan butunlay bartaraf qilolmaydi[1]. Aytilmkoqchiki,evfemizmda tabu ifodasidan merosga qolgan kongilsiz taassurot evfemizmda malum darajada oz izini saqlaydi.Bu fikr albatta madaniylik quyushqoniga kirmaganligi uchun qollanmaydigan soz va iboralar orniga kelgan evfemizmlar uchun taaluqlidir.Chunki evfemizm har qancha silliqlovchi boyoq bermasin,merosga olingan manodagi oziga xos salbiy belgilar malum darajada oz-ozidan saqlanadi.Evfemizm qollagan odam ham malum darajada hijolatlikni saqlagan holda qayd etadi. Evfemik nutq tafakkurining,inson aql-zakovatining oily formasi, qaymogi ,voqelikning pardozlangan,parda ichiga olingan,beozarlashtirilgan,yumshatilgan obrazli ifodasidir. N.A.Samoylovich oltoy ayollari aytishi mumkin bolmagan 42 ta sozning lugatini beradi.Masalan,qozoq,qirgiz ayollari erlari va ularning aka-ukalari otlariga qoshib aytiladigan bori,qoy,qozi,daryo,qamish sozlarining aytmaslik natijasi olaroq,ularning nuqtidan quyidagi gaplarni yozib olgan:Oquvchi(daryo)ning narigi tomonida kokaradigan (qamish)ning tagida uvlovchi(bori) marovchi(qoy)ning bolasi (qozi)ni yeb yotibdi. A.N.Samoylovich qozoq,qirgiz ayollari nutqidan yana quyidagi parchani yozib olgan: Bir qirgiz ayolini mullaga qoyadi.Quron oqiyotgan ayol kavsar surasiga kelganda ayol Kavsar surasiga kelganda ,suraning nomini Kavshikil deb talaffuz qilishini,chunki Kavsar dagi sar talaffuz jihatdan man etilgan sari soziga yaqin bolib,sari esa erining qarindoshlaridan birining nomi bolgan.Shu saabaabli ayollar tilida daryoning sari-su (sariq suv) nomi ishkil suv sozi bilan almashtirilganligini uqtirgan. Shuningdek,mashur bir mudarrisning shogirdlari uning huzurida (kal bolganligi uchun) Kavsar surasidagi kalkavsar sozini doimo gulkavsar tarzida talaffuz qilishlari haqida rivoyatlar mavjud. E.A.Agaya arman qishloqlarida ilon sozi ornida arqon,kanat sozlari ishlatilganligini yozadi. A.N.Turbachev yevropa ovchilari,baliqchi va dehqonlari ov mavsumida qorqinchli va zararli hayvonlarning nomini aytmaslikka harakat qiladilar, - deb yozadi va muallif ormon hayvonlari (ayiq,bori kabi) ni Shvetsiya,Finlandiya,Estoniya va boshqa mamlakatlarida erkalatib,xushomadgoylik,kinoyali laqablar bilan atashlari rasm bolib qolganligini qayd qiladi. Shuni ham takidlash kerakki, tabu va evfemizim ibtidoiy din, ongi ojiz odamlarning gayritabiiy dunyoqarashi, xurofot bidat, rasm-rusmlar tasirida paydo bolgan eskilik qoldiqlari, bular jamiyatning keyingi taraqqiyotida madaniylashgan bosqichlarida yoq bolib boradi degan qarashlar ozini oqlamaydi. Ayrim manbalarda evfemik vositalar tor doirada, til fakti - lisoniy hodisa, passiv leksik birlik deb qaralgan. Holbuki, evfemik hodisa tilning muayyan bir sathida faqat til birligi sifatidagina emas,nutqiy qatlam, yani semantik-funksional metodga asoslangan badiiy tasviriy vositalar: trop yoki uslubiy figuralar sifatida ham tahlil qilinishi kerak. Fakllar tilimizning evfemik qatlami evfimiologiyani uslub shunoslikning alohida sohasi sifatida organishni, evfemik sinonimlar lugati ( semantik-funksional lugatlar) tuzish, hamda uning tematik va izohli turlari yaratishni taqozo qiladiki, bu bugungi uslubshunoslikning dolzarb masalalaridandir. Malumki,ozbek tilshunosligida nutqni vazifaviy-uslubiy tasniflashda, turlarga ajratib organish va mezon belgilashda ayrim noaniqliklardan qatiy nazar, katta yutuqlarga erishilgan, bu ularning evfemikasini organishni osonlashtiradi, albatta. Biroq, professional nutq tushunchasi, ularning tasnifi, turlari, tarmoqlari, mundarija, bir soz bilan aytganda, organish obyekti, funksional (vazifaviy) uslub va uning turlari (sozlashuv, ilmiy, publitsistik, badiiy) ga munosabati jiddiy tadqiqot talabdir. Holbuki, bu jarayon (birlamchi obyekt) ning organilmaganligi uning evfemikasini tadqiq qilishni yana bir karra qiyinlashtiradi. Tabu va evfema qo‘llash vositalari ham til va jamiyat taraqqiyoti bilan birga taraqqiy qiladi, eskiradi, iste'moldan chiqadi, o‘rnida yangi evfemik vositalar shakllanadi. Boshqacha aytganda, ko‘pgina evfrmik vositalar davr o‘tishi bilan eskirib o‘zi bog‘langan tabu tushunchaning beozor tushunchasi bo‘lolmay qoladi. Natijada birinchi evfemik vosita o‘rnida yangi-yanada eshitilishi qulay bo‘lgan evfema paydo bo‘ladi. Bitta tabu tushunchaning qayta-qayta evfemalashtirilishi birdan ortiq evfemaning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Masalan, ilon aslida chaqiruvchi, zahar soluvchi (tojikcha gazanda) tushunchasining evfemasi: jil+on, jiluvchi, sudraluvchi, keyin arqon, arg‘amchi olachilvir, qamchi kabi evfemalar bilan almashtirilgan. Chayon o‘rnida qo‘llangan gajdum, kajdum evfemasi nutq talabiga javob bermagach, tabulashtirilib, o‘rnida eshak, nomi yo‘q, benom evfemalari qo‘llangan. Медведь (ayiq) aslida evfemik atama (медаед-asalxo‘r) bo‘lgan, keyinchalik tabulashtirib, o‘rmonchi (лесник), o‘rmon hokimi, o‘rmon xo‘jayini (хозяйн леса), Misha, Potapich kabi evfemik vositalar bilan atalgan. Demak, медведь evfemasigacha shu hayvonning nomi bo‘lgan boplsa, u unutilgan. Bo‘ri so‘zi aslida oq, oqish, oq tusdagi hayvon (bo‘r, bo‘rsiq, bo‘z so‘zlari ham shu bilan bog‘liq ) ma'nosini anglatgan evfemik nomdir. Keyinchalik bo‘ri tabulashtirilib jondor, itqush evfemalari bilan almashtirilgan. Bugungi chorvador nutqida y, haligi, qora (bo‘ri ma'nosida ) evfemalari ham qo‘llaniladi: itlar hurishyapti, u (bo‘ri demoqchi) kelganga o‘xshaydi; Kecha suruvda jondor chopibdi yoki doribdi (chorvador nutqida). Ishton aslida evfema ( ichki to‘n) bo‘lib, keyinchalik tabulashtirilib, lozim, lozima (ba'zan tojikcha ezor) evfemalari bilan atalgan. Tabu va evfemaning evolyutsion jarayoni til evfemik qatlamining - evfemiologiyaning shakllanishiga sabab bo‘ladi. Ba'zi xulosalar: Tabu va evfemiya tarixiy- etnografik hodisa bo‘lsa- da, fan uning qachon, qayerda paydo bo‘lganligini, yoki qaysi xalq udumi bo‘lganligini tasdiqlovchi ilmiy manba yoki matnga ega emas. Tabulashtirish va evfema qo‘llash qadimiy, uning ildizlari ibtidoiy ongning yaxshilik (ezgulik) va yomonlik ( yovuzlik) tushunchalarining paydo bo‘lishi, baliqning ilohiylashtirilishi ( feteshizm), ruh tushunchasining paydo bo‘lishi ( animizm), ko‘chib yurishi ( tanosuh), hayvonlarga sig‘inish (animalizm) yoki umuman, totemik, mifologik tasavvurlarga borib taqaladi. Tabu va evfemiya ibtidoiy din, ongi ojiz odamlarning g‘ayritabiiy dunyoqarashi, xurofot, bid'at, rasm- rusumlar ta'sirida paydo bo‘lgan, bular jamiyatning keyingi taraqqiyotida- madaniylashgan bosqichlarga yo‘qolib ketadi degan fikrlar o‘zini oqlamaydi- asossiz. Chunki tabu va uni evfemalashtirish til va tafakkur kabi evolyutsion jarayonlarni bosib o‘tgan, muayyan ijtimoiy dunyoqarash asosida to‘xtovsiz yangilanib, shakllanib til evfemik qatlamini boyitib, to‘ldirib boruvchi hodisadir. Tabu va evfemiya etnolingvistikaning o‘rganish obyekti ekanligi va bu fan haqidagi fikrlar dastlab I.G.Gerder (XVIII asr) va V.Gumbold (XIX asr) dan boshlangan, etnograf olim F.Baos, lingvist-etnograf E.Sepir va ularning izdoshlari tomonidan davom ettirilgan. Tabuning ifoda materiali dastlab, o‘zaro bog‘langan, ko‘pincha, biri ikkinchisining paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladigan: 1) sotsial yoki etnografik tabu; 2) lingvistik tabu terminlari ostida ikkiga ajraladi. Bu ikki jarayonni o‘rganadigan fan etnolingvistikadir. U yoki bu darajada bayon etilganligidan qat'iy nazar, tabu va evfemiyaning nazariy asoslari umummilliy adabiy tilning faktik materiallari asosida alohida bob sifatida o‘rganilganligi, tasnif qilinganligi tilimiz evfemik qatlamini yangi bosqichda, xususan, professional nutq evfemikasini tadqiq qilishda kalit- tayanch bo‘lib xizmat qiladi. Endi tabu va evfemaning tavsifiy xulosasi quyidagicha: evfema, bu - tabulashtirilgan, ya'ni ochiq aytilishi man etilgan, ayb, uyat, hayosi, dag‘al, qo‘pol, haqorat, so‘kish hisoblangan; qo‘rqinchli, daxshat, g‘am- alam, iztirob, motam, o‘ch, dard, hasrat ifodalaydigan; kishiga malol keladigan, o‘ksitadigan, izzat nafsiga tegadigan, hurmatsizlik kabilarning xotirada salbiy ta'sirini yumshatish, kamaytirish, yopish, yashirish, pardalash, mumkin qadar beozorroq tusga kiritish, tasviriy evfemik va evfonik uslubda bayon etish, tinglovchiga ijobiy hissiy ta'sir etish- hayajon uyg‘otish va shu bilan nutqiy mukammallikka- go‘zallikka, til va muomala madaniyatiga erishish uchun qo‘llanadigan vositalardir. Evfemizmdan Cho‘lpon hikoyalarida ham oz , lekin o‘rinli foydalangan. (Cho‘lpon. Asarlar,II jild-T.: Adabiy-badiiy nashr:B.471)1 Devorga xat yozub, qoldurub ko‘kragiga ikki martaba otdi. Shul vaqt jon taslim qildi. 2 Bu parchadan ko‘rishimiz mumkinki, jon taslim qildi so‘zi o‘ldi so‘zini o‘rnida qo‘llanilyapti va o‘ldi so‘ziga nisbatan yumshoqroq, odamdi ko‘ngliga tegmaydigan qilib ta'sir qilishini ta'minlayapti. Aning xotuni chako‘tka (sil) kasaliga mubtalo bo‘lub, to‘quz oy qadar xastalik to‘shagida yotgandan so‘ngra vafot bo‘lgan edi.3 Download 98.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling