Mavzu: O'zbek tilshunosligidagi sotsiolingvistik tadqiqotlar
Download 338.05 Kb.
|
403- guruh D.Shirinova
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu:Ozbek tilshunosligidagi sotsiolingvistik tadqiqotlar Sotsiolingvistika
- Foydalanilgan adabiyotlar: Etiboringiz uchun rahmat!
O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA`LIM VAZIRLIGI MIRZO ULUG`BEK NOMIDAGI O`ZBEKISTON MILLIY UNIVERSITETI FILOLOGIYA VA TILLARNI O`QITISH O`ZBEK TILI YO`NALISHI 4- KURS 403- GURUH TALABASINING AMALIY LINGVISTIKA FANIDAN TAQDIMOTI. Mavzu:O'zbek tilshunosligidagi sotsiolingvistik tadqiqotlar Bajardi: D.Shirinova Qabul qildi:__________ Toshkent-2023 Mavzu:O'zbek tilshunosligidagi sotsiolingvistik tadqiqotlar Sotsiolingvistika tilning jamiyat hayotidagi roli, uning ijtimoiy tabiati, ijtimoiy funksiya(vazifa)lari, ijtimoiy omillarning tilga bo‘lgan ta’sir mexanizmi bilan bog‘liq masalalarni o‘rganadigan tilshunoslik sohasidir. Sotsiolingvistika” termini fanga birinchi marta 1952-yilda amerikalik sotsiolog G.Karri (Currie 1952) tomonidan kiritildi. J.A.Fishmanning “Til jamiyatidagi ma’ruzalar” (“Readings in the Society of Language”) nomli to‘plamiga kirgan 50-yillarning lingvistlari, sotsiologlari, madaniyat antropologlari, dialektologlari va kommunikatsiya (muloqot) sohasi turli mutaxassislarining maqolalarida sotsiolingvistikaga oid muammolar ko‘tarib chiqildi. Kitobning “So‘zboshi”sida J.A.Fishman “til sotsiologiyasi” va “sotsiolingvistika” terminlarining sinonim sifatida qo‘llanishiga e’tibor qaratadi. Sotsiolingvistikaning shakllanishida I.A.Boduen de Kurtenening til hodisalarining ijtimoiy shartlanganligi, shuningdek, tilning qo‘llanishi va rivojlanishiga ekstralingvistik ijtimoiy omillar ta’siri borasidagi tadqiqotlari katta rol o‘ynagan. 1974-yilda “Русский язык зарубежом” jurnalida e’lon qilingan maqolada N.G.Mixaylovskaya I.A.Boduen de Kurteneni “rus va sovet tilshunosligidagi sotsio-etnolingvistik tadqiqotlarning asoschisi” tarzida atagan. Ijtimoiy tilshunoslik o’tgan asrning 60-yillarida jahon tilshunosligining yetakchi tarmoqlaridan biriga aylangan bo’lsa,80-yillarga kelib ilg’or sohalardan biri sifatida fan sahnasiga dadil chiqdi AQSH, Buyuk Britaniya,Ispaniya, Fransiya kabi davlatlarda tilshunoslar, xususan sotsiologlar ushbu fan taraqqiyoti bosqichlari va uning vazifalarini atroflicha o’rganishgan va fanga nazariyalar asosida tadbiq etishgan. Birgina AQSHda ushbu soha rivoji boshida “muloqot salohiyati”, “muloqot vaziyati”, “lisoniy jamoa” kabi terminlar izoh berila boshlandi.3Yuqorida nomi keltirilgan davlatlarda ushbu fan XX asr o’rtalarida o’rganilgan bo’lsa, O’zbekistonda bu davr shu asrning 70-80-yillarini o’z ichiga oladi. XX asrning birinchi yarmidagi sotsiolingvistika diaxron jihatdan talqin qilingan bo‘lsa, ya’ni unda til evolyutsiyasi bilan jamiyat rivojlanishining bog‘liqligiga e’tibor qaratilgan bo‘lsa, XX asrning ikkinchi yarmidagi sotsiolingvistik tadqiqotlar sinxron xarakterga ega bo‘lib, ularda til strukturasi unsurlari bilan jamiyat strukturasi unsurlari orasidagi bog‘liqlik tahlil qilindi. Agar o`zbеk tilining tarixiy taraqqiyoti turli davrlarni bosib o`tganligi nuqtai nazaridan e'tirof etmoqchi bo`lsak, bu borada Mahmud Koshg’ariy, Alishеr Navoiy, Bobur, Az-Zamaxshariy, Mirzo Mеhdixon, Muhammad Ya'qub Changi, Abulg`ozi Bahodirxon kabi olimlarning asarlarida sotsiolingvistikaga oid qarashlar mavjudligini ko’rishimiz mumkin. Xususan, Yusuf Xos Hojibning «Qutadg`u bilig», Ahmad Yugnakiyning «Hibatul haqoyiq», Mahmud Koshg`ariyning «Dеvonu lug`atit- turk» kabi buyuk asarlari shu davrning mahsulidir. XIX- XX asrlarda O.Usmonov, Faxri Kamol, Fitrat, Elbеk, G`.Abdurahmonov, B.O`rinboеv, U.Tursunov, Sh. Shukurov va boshqalar o`z ishlarida tarixiy sotsiolingvistikaning taraqqiyot qonuniyatlarini bеlgilovchi fikrlar , M.Mirtojiyev va N.Mahmudovning “Til va madaniyat” risolasida ham tilning ijtimoiyligi, davlat tili va til siyosati haqida soʻz ketgan oʻrinlar mavjud. Mutaxassislar S.Moʻminovning “Oʻzbek muloqot nutqining ijtimoiy-lisoniy xususiyatlari” nomli doktorlik dissertatsiyasini sotsiolingvistik aspektdagi ilk ish sifatida qayd etadi. Sotsiolingvistikaning asosiy tushunchalaridan biri til siyosatidagi o’zgarishlar, ularning ijtimoiy hayotda tutgan o’rni, vazifasi tilning taraqqiyotiga o’z ta’sirini o’tkazmasdan qolmaydi. Ushbu hodisalarning barchasi sotsiolingvistik tadqiqotlar mohiyatini yanada oshiradi, ularga yangicha yondashish, yangi tahlil uslublarini qo’llashni talab qiladi 1. N.R.Kenjayeva: "O’zbek tilshunosligida sotsiolingvistika masalalari"; 2.A.Z.Shirnazarova: "SOTSIOLINGVISTIKA VA XORIJIY SOTSIOLINGVISTIKA" ; 3.A.S.Isoqova: " SOTSIOLINGVISTIKA FANINING TARAQQIYOT BOSQICHLARI VA UNING VAZIFALARI"; 4.M.I.Muminova: "O`zbekiston Respublikasining til siyosati (sotsiolingvistik tahlil)"Namangan-2016; 5."SOTSIOLINGVISTIKA"O'QUV- USLUBIY MAJMUA.Guliston- 2018 Internet saytlari: www.ziyo.net www.kitob.uz Foydalanilgan adabiyotlar: E'tiboringiz uchun rahmat! Download 338.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling