Mavzu: O’zbek xalq shevalarining leksikasi


Transkriptsiyaning tuzilishi


Download 23.55 Kb.
bet7/8
Sana28.10.2023
Hajmi23.55 Kb.
#1730205
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
O’zbek xalq shevalarining leksikasi

Transkriptsiyaning tuzilishi.


Tilshunoslikda keng miqyosda qo’llanadigan latin alfaviti asosida tuzilgan transkriptsiya xalqaro fonetik alfavit (Mejdunarodno’y foneticheskiy alfavit - MFA) nomi bilan yuritiladi. Rus grafikasi asosida tuzilgan transkriptsiyalar turkshunos va russhunoslarning ishlarida keng tarqalgandir. Lekin o’zbek tilining dialekt va shevalarini o’rgangan turkolog va o’zbekshunoslar o’z ilmiy ishlarida turlicha transkriptsiya belgilarini qo’llaganlar. Ba’zilari lotin alfavitidan foydalangan bo’lsa (prof E.D.Polivanov ishlariga qarang), ba’zilari rus grafikasi asosida tuzilgan transkriptsiyalardan foydalangan (prof.A.K.Borovkov, prof.V.V.Reshetovning ishlariga qarang).
Shevalarda uchraydigan har bir tovushni ifodalash uchun transkriptsiyada ayrim belgi olish talab qilinadi. Ammo shuni aytish kerakki, mavjud transkriptsiya sistemalari bu talabga to’liq javob bera olmaydi. Ayrim hollarda bosmaxona imkoniyatlarini hisobga olib, bir tovush uchun ikki harf ishlatilishi ham uchraydi. Masalan, ng va dj mustaqil fonemalarning ikki harf bilan birikishi kabi.
:
1.Lingvistik geografiya uning shevalarni o’rganishdagi asosiy muammolar.
2.Lingvistik geografiyaning jahon tilshunosligida paydo bo’lishiga oid muammolar
3.O’zbek xalq shevalarini lingvo-geografiya usulida o’rganishga oid muammolar.
1-asosiy savol bo’yicha o’qituvchining maqsadi: Lingvistik geografiya metodi asosida xalq shevalarining o’rganilishi. Bu yangi metod asoschilari, uning jahon miqyosida tarqalishi. O’zbek xalq shevalarini ushbu metod asosida o’rganishning boshlanishi, asoschilari, maqsadi va vazifalari.

Identiv o’quv maqsadlari:


1.1.Lingvistik geografiya haqidagi tushunchani ko’rgazmalilik asosida isbotlaydi.
1.2.Lingvistik geografiya usuli bilan monografik usul orasidagi farq va afzal tomonlarini bilib oladi.
1.3.Lingvogeografik usulning o’rganish ob’ektini o’rganadi.
X!X asrning 60-yillariga qadar o’zbek tilshunosligida shevalar monografik usulda o’rganilib kelingan, bu jarayon hozirgi kunga qadar davom etib kelmoqda. Biroq 60- yillardan so’ng o’zbek shevalarini o’rganish ikki xil yo’nalishda: 1) monografik usul; 2)lingvografik asosida o’rganila boshlandi.
Monografik usul bilan o’rganishda shevalar tavsifiy usulda yozib olinib, boshqa o’zbek shevalari va adabiy tilda qabul qilingan so’zlar tovush va qo’shimchalar bilan qiyoslanar edi.
Bu usulda og’zaki nutqni transkriptsiyaga yozib olish, yozib olingan matnlarni izohlash, dialektal xususiyatlarni o’rganish, dialektal lug’atlar tuzish monografiyalar yaratish va shu kabilardan iborat.

Download 23.55 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling