Lingvistik geografiyaning asosiy o’rganish ob’ekti - Lingvistik geografiyaning asosiy o’rganish ob’ekti – til hodisalari: 1.Izoglassalar, izofonema va izomorfema. 2.Lingvistik atlaslar. 3.Mos hodisalar. 4.Areallar. 5.Lingvografik kartalar va kartalashtirish. 6.Til lanshafti. 7.Aralash zonalar. 8.Innovatsiya markazi. 9. Iradaiatsiya va boshqalar.
- 1.Izoglassa – mos hodisalarning u yoki bu a’zosi, bo’lagi tarqalgan eng chet nuqtalarni tutashtiruvchi atlas kartasidagi chiziq. Boshqacha aytganda u yoki bu til hodisasining hududiy tarqalishini ko’rsatuvchi lingvistik kartaga tushirilgan belgi «Izoglassa»- (izofonema - fonetik belgi, izomorfema - morfologik belgi, izoglassa-leksik belgi) tushunchasidan iborat.
- 2.Lingvistik atlaslar - Maxsus dastur (programma) – so’roqlilik asosida tayyorlangan, ma’lum til yoki shevalarga xos xarakterli xususiyatlarning tarqalish chegarasini aks ettiruvchi lingvistik kartalarning albom shaklidagi izchil to’plamidir. Lingvistik atlas 2 xil bo’ladi:1.Regional atlas;2.Zonal atlas.
- 6.Til lanshafti - deyilganda biror til uchun ma’lum bo’lgan izoglassalar yig’indisi va ularning shu til hududida joylashish xarakteri tushuniladi.
- 7.Ayrim zona – biror til yoki dialekt ichida boshqa bir til yoki dialekt elementlarining mavjud bo’lishi. O’zbek shevalarida tojik tili elementlari aralashgan zonalarning O’zbekiston va Tojikiston hududida barqarorligi aralash zona sanaladi.
- 8.Innovatsiya markazi – u yoki bu til yoki sheva hodisalarining markazi. Masalan, (-vot, vuz (bovott’, kelovuze) markazi Toshkent shahar shevasi bo’lib, bu o’sha innovatsiya markazidan boshqa atrof shevalarga tarqalgan.
- 9.Irradatsiya – hodisasining tarqalish tushunchasi bo’lib, arealning xarakterli belgilaridan biri. Masalan, o’rin-payt kelishigi qo’shimchasi –da Samarqand, Buxoro, Qashqadaryo shahar tip shevalariga adabiy til ta’sirida to’siqlarga uchramasdan kirib borish yo’li bilan tarqalgan. Lekin qaratqich kelishigi qo’shimchasi (-ning)ning kirib borishi aytarli natija bermayotir. Chunki adabiy tilga asos bo’lgan shahar shevalari talaffuzida – ning qo’shimchasi mavjud emas.
- Til hodisalari, dialektal hodisalarni tadqiq qilishda ko’pincha yondosh tillar va ularning shevalari materiallari bilan solishtiramiz. Bu to’g’ri usul bo’lib, qo’shni tillar va shevalardagi lingvistik hodisalar bir-biriga doimo o’tib turadi. O’tish hodisasi taraqqiyotning keyingi davri va masofaning yaqinligi bilan xarakterlanadi. Biroq til va dialektlar taraqqiyotining qadimiy davri uchun xarakterli bo’lgan ayrim hodisalarni izohlashda yondosh tillar va shevalar doim ham bir-biriga o’tavermaydi. Masalan Namangan guruh shevalari uchun xarakterli bo’lgan (r) undoshi o’zidan keyin kelgan hamma til oldi undoshlarga singib ketishi Farg’ona vodiysidagi boshqa shevalarda uchraydi: tussun-tursun, bodd’-bord’, ottoq-ortog’, choshshemm’-chorshemm’.
- Shuningdek, turk-barlos shevalaridagi ovo (amaki) ham yondosh shevalarning birortasida uchramaydi. Aynan shu kabi hodisa Qashqadaryo viloyatidagi shahar va shahar tip shevalarida mavjud. Bu hodisaning innovatsiya markazi qaysi ekanligi va uning irrodiatsiyasi ildizi qay tomondan qay tomonga yo’nalganligi noma’lum. O’zbek shevalari atlasi yaratilganda mana shunga o’xshash ko’pgina muammolar yechilgan bo’lar edi.
Do'stlaringiz bilan baham: |