Mavzu: O’zbek xalq shevalarining leksikasi


Dialektologiya fani, uning maqsadi va vazifalari


Download 0.93 Mb.
bet16/54
Sana14.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1001277
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ўзбек диалектологияси

Dialektologiya fani, uning maqsadi va vazifalari.

  • Asosiy savollar:
  • 1.Dialektologiya fani haqida umumiy ma’lumot. Uning o’rganish ob’ekti.
  • 2.O’zbek xalq shevalarini o’rganishda ishlatilayotgan belgilar- transkriptsiya va uning tuzilishi.
  • 3.Unli va undosh tovushlarni ifodalash uchun ishlatiladigan transkriptsion belgilar.

Tayanch tushuncha va iboralar:

  • Dialekt, sheva, lahja, turkiy tillar, turkiy dialektologiya, qardosh tillar, fonetik xususiyatlar, morfologik va leksik belgilar, dialektografiya, tasviriy dialektologiya, tarixiy dialektologiya, mahalliy shevalar, grammatik shakllar, lingvogeografik usullar, fonetik norma, leksik norma, grammatik normalar orfografiya va orfoepiya, urug’-qabilalar, joylashish hududi, onomastika, etnonimlar, toponimlar, gidronimlar, qarnoq shevasi,turk shevasi, xalqaro atama, umumlingvistik tushuncha, ravish, tarz, yo’sin, shevalarning tarqalish chegarasi, o’xshash lingvistik xususiyatlar tarqalish kartasi, shevalarni kartalashtirish, lingvistik atlas, transkriptsiya, qayta yozuv, ma’naviy alifbo, transliteratsiya, fonetik va fonologik transkriptsiya, fonema, turkshunos va russhunoslar, qattiq va yumshoq unli, indifferent tovush, oraliq tovush, spirantizatsiya, konvergentsiya (birlashish), palatalizatsiya, reduktsiya.

Identiv o’quv maqsadlari

  • 1.1.Dialektologiya fani haqida qisqacha ma’lumot beradi.
  • 1.2.Dialektologiyaning o’rganish makonlarini izohlaydi.
  • 1.3.Dialektologiyaning asosiy vazifasini o’rganadi.
  • 1.4.Dialektologiyaning o’zbek tili va adabiyoti fanini o’qitishdagi ahamiyatini belgilaydi.

1- asosiy savolning bayoni:

  • Dialektologiya fani bo’yicha umumiy ma’lumot. Dialektologiya grekcha dialektos so’zidan olinib biror tilning mavjud sheva va lahjalarini o’rgatadi. Dialekt – sheva, logos – ta’limot, ya’ni sheva haqida ta’limot demakdir. Dunyoda mavjud tillarning deyarli barchasi o’ziga xos ichki sheva va shevachalardan iborat. Turkiy tillarning har biri bir necha sheva va dialektlardan iboratligi ma’lum. Biroq o’zbek tili turkiy tillar ichida o’zining ko’p shevaliligi, dialektliligi bilan farqlanadi. Shevashunoslikning bilimdonlaridan biri professor E.D.Polivanov: «...turkiy tillarning birortasi ham shevalararo o’zbek tili singari bu qadar keskin farqlanmaydi, demak, ...birorta turkiy til ham shu qadar spetsifik, dialektal xilma-xillik xususiyatiga ega emasdir, Bu esa, tabiiy, adabiy til uchun biror dialektni asos qilib olish masalasini nihoyat darajada og’irlashtiradi», degan edi. O’zbek lahjashunoslik fani O’zbekiston hududidagi va boshqa qardosh hamdo’stlik mamlakatlaridagi o’zbeklarning jonli so’zlashuv tilini tekshiradi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling