-Qorluq-chigil-uyg’ur lahjasiga kirgan ko’pchilik shevalarda qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchasining bitta: -ni,-nъ, -tъ, -dъ,-li,-shъ variantlari bilan kelishidir. - -Qorluq-chigil-uyg’ur lahjasiga kirgan ko’pchilik shevalarda qaratqich va tushum kelishigi qo’shimchasining bitta: -ni,-nъ, -tъ, -dъ,-li,-shъ variantlari bilan kelishidir.
- V.V.Reshetov tasnifida qorluq - chigil-uyg’ur lahjasi quyidagi guruhga bo’lingan.
- Farg’ona guruhi: Namangan dialekti; Andijon-Shahrixon dialekti; O’sh-O’zgan dialekti; Marg’ilon - Qo’qon dialekti.
- Toshkent guruhi: Toshkent dialekti; Jizzax dialekti.
- Qarshi guruhi: Qarshi dialekti; Samarqand-Buxoro dialekti
- -Shimoliy o’zbek guruhi: Iqon - Qorabuloq dialekti; Turkiston-Chimkent dialekti.
Nazorat topshiriqlari - 1.Olimlar tomonidan qilingan tasniflarni o’rganish va ularning bir-biridan farqlarini bilib olish.
- 2.G’ozi Olim tasnifini amaliy jihatdan o’rganish va uning qismlarini farqlay bilish. G’ozi Olim tasnifidagi turk-barlos shevalari va qipchoq shevalari o’rtasidagi tafovutni daftarga yozib amaliy soatda so’zlab berish.
- 3.Tasniflar yuzasidan kartotekalar tayyorlash va 5 ta ko’rgazmali qurol ishlashni talabalarga vazifa qilib topshirish.
- 4.O’zingiz yashab turgan qishloq, shahar, tuman shevasi tasnif bo’yicha qaysi biriga aloqadorligini isbotlang.
O’zbek dialektologiyasining XX asrning 60 yillaridan keyingi yutuqlari. Milliy istiqlol va xalq shevalari ravnaqi masalalari. - Identiv o’quv maqsadi
- 3.1.XX asrning 60-yillaridan so’ng o’zbek shevalarining o’rganilish ahvolini biladi.
- 3.2.Dialektolog olimlarning asarlari orqali o’zbek xalq shevalarining tarqalish hududini aniqlaydi.
- 3.3.Sho’rolar davridagi xalq shevalarining o’rganilishini milliy istiqlol davri bilan taqqoslaydi, yutuqlarini isbotlaydi.
60- yillar o’zbek dialektologiyasi taraqqiyotida muhim o’rin tutgan, ko’plab dialektologik kadrlar etishtirib bergan Rossiya va O’zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi A.K.Borovkovdir. U faqat o’zbek dialektologiyasida emas, umuman, o’zbek tilshunosligi fanining taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Chunki o’zbek tilshunosligining hamma sohalari bo’yicha chuqur ilmiy asosga qurilgan asarlar yaratdi. - 60- yillar o’zbek dialektologiyasi taraqqiyotida muhim o’rin tutgan, ko’plab dialektologik kadrlar etishtirib bergan Rossiya va O’zbekiston Fanlar Akademiyasining muxbir a’zosi A.K.Borovkovdir. U faqat o’zbek dialektologiyasida emas, umuman, o’zbek tilshunosligi fanining taraqqiyotida muhim o’rin tutadi. Chunki o’zbek tilshunosligining hamma sohalari bo’yicha chuqur ilmiy asosga qurilgan asarlar yaratdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |