Mavzu: O’zbek xalq shevalarining leksikasi


Transkriptsiyaning tuzilishi


Download 0.93 Mb.
bet7/54
Sana14.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1001277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ўзбек диалектологияси

Transkriptsiyaning tuzilishi.

  • Tilshunoslikda keng miqyosda qo’llanadigan latin alfaviti asosida tuzilgan transkriptsiya xalqaro fonetik alfavit (Mejdunarodno’y foneticheskiy alfavit - MFA) nomi bilan yuritiladi. Rus grafikasi asosida tuzilgan transkriptsiyalar turkshunos va russhunoslarning ishlarida keng tarqalgandir. Lekin o’zbek tilining dialekt va shevalarini o’rgangan turkolog va o’zbekshunoslar o’z ilmiy ishlarida turlicha transkriptsiya belgilarini qo’llaganlar. Ba’zilari lotin alfavitidan foydalangan bo’lsa (prof E.D.Polivanov ishlariga qarang), ba’zilari rus grafikasi asosida tuzilgan transkriptsiyalardan foydalangan (prof.A.K.Borovkov, prof.V.V.Reshetovning ishlariga qarang).
  • Shevalarda uchraydigan har bir tovushni ifodalash uchun transkriptsiyada ayrim belgi olish talab qilinadi. Ammo shuni aytish kerakki, mavjud transkriptsiya sistemalari bu talabga to’liq javob bera olmaydi. Ayrim hollarda bosmaxona imkoniyatlarini hisobga olib, bir tovush uchun ikki harf ishlatilishi ham uchraydi. Masalan, ng va dj mustaqil fonemalarning ikki harf bilan birikishi kabi.

Kitobda ishlatilgan transkriptsiya.

  • Bu kitobda ishlatilgan transkriptsiya sistemasida o’zbek alfavitidagi e, yo, yu, ya dan tashqari hamma harflar qo’llandi. Yolashgan harflar transkriptsiyada tovushlar birikmasi orqali quyidagicha beriladi:
  • e-ye, ye, yo. yo-yo. Yu-y, yu. Ya- yə, ya.
  • Boshqa alfavitlardan ,ə,o’, θ belgilari olindi. Bulardan  va θ belgilari shu unlilarning oldingi qator ekanligini (yumshoqligini) ko’rsatadi. gl, q θl kabi.
  • Unlilar. Unli tovushlar uchun quyidagi transkriptsion belgilar olingan:
  • Tilning ko’tarilish o’rniga ko’ra Oldingi qator (til oldi)Indifferent (oraliq) tovushlarOrqa qator (til orqa) Lab-lan-ma-ganLab-lan-ganLab-lan-ma-
  • ganLab-lan-ganLab-lan-ma-ganLab-lan-ganYuqori ko’tarilishиў<ъь >ыУO’rta ko’tarilishYuqori-O’rta ko’-tarilishəθ<ў>ОQuyi-o’r-ta ko’ta-rilishЭЕQuyi ko’tarilishə(а)A (o)

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling