Mavzu: O’zbek xalq shevalarining leksikasi


Download 0.93 Mb.
bet34/54
Sana14.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1001277
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ўзбек диалектологияси

Ser Ali Lapin tasnifi

  • V.V.Radlovdan keyin, o’tgan asrning 90- yillarida Ser Ali Lapin «Sart so’zining kelib chiqishi va ma’nosi haqida» degan ishida o’zbek adabiy tili bilan bir qatorda to’rtta o’zbek dialekti borligi to’g’risida ma’lumot beradi.
  • 1.Sirdaryo viloyati dialekti.
  • 2.Farg’ona viloyati dialekti.
  • 3.Amudaryo bo’limi va Xiva xonligi dialekti.
  • 4.Samarqand viloyati va Buxoro xonligi dialekti.
  • Ser Ali Lapin tasnifida ham o’zbek dialektlarining fonetik sistemasi, grammatik qurilishi va leksik boyligi haqida hech qanday ma’lumot keltirilmaydi. Uning bu tasnifi o’z davriga nisbatan ma’lum qimmatga ega bo’lgan.

Nazorat topshiriqlari:

  • 1.Turkiy tillar oilasiga kiruvchi xalqlarning tarqalish hududini aniqlash.
  • 2.V.V.Radlov, Ser Ali Lapin, Korsh, Bogoroditskiy kabi olimlar tasnifidan o’zbek tiliga aloqador qismini aniqlang va izoh bering.
  • 3.Tasniflarning bo’linishi sabablarini o’rganib, amaliy soatlarda so’zlab bering.
  • 4.Mavzu bo’yicha 5 ta ko’rgazmali qurol tayyorlash.

E.D.Polivanov, G’ozi Olim, A.K.Borovkov, K.K.Yudaxin va V.V.Reshetov tasniflari.

  • Identiv o’quv maqsadi
  • 2.1.O’zbek xalq shevalarini tasnif qilgan olimlar va ularning asarlarini o’rganish.
  • 2.2.Etno-lingvistik, tarixiy lingvistik va lingvo-territorial tasniflarni isbotlaydi.
  • 2.3.Tasniflarning maqsadi, ularning mazmunan bir, shaklan turli tumanligi xususida hukm chiqaradi

Ma’lumki, hozirgi zamon o’zbek adabiy tili hozirgi bosqichga qadar uzoq tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Ular urug’-qabila, qabila-qabila bo’lib hayot kechirganlaridan so’ng, asta-sekin elat, xalq bo’lib tashkil topdi. Shunga qarab ularning tillari ham turli taraqqiyot yo’llarini boshdan kechirdi va o’zgarib, mukammallashib, takomillashib, taraqqiy qilib keldi. Ana shu tilning taraqqiyoti, ularning tarkibi va guruhlarga bo’linishi qadimgi davrlardanoq olimlar diqqat-e’tiborida bo’lgan. Masalan, Mahmud Qoshg’ariy «Devonu lug’otit-turk» nomli asarida keng hududda hayot kechirgan urug’-qabila va ular tillarining bir-biriga bo’lgan munosabatini, ularning tillardagi yaqinlik va farqlarni differentsatsiya (ajralish) va integratsiya (qo’shilish) kabi masalalarni aniqlagan. Ushbu asarda yigirmaga yaqin turkiy tilning qiyosiy lug’atini beradi.

  • Ma’lumki, hozirgi zamon o’zbek adabiy tili hozirgi bosqichga qadar uzoq tarixiy taraqqiyot yo’lini bosib o’tgan. Ular urug’-qabila, qabila-qabila bo’lib hayot kechirganlaridan so’ng, asta-sekin elat, xalq bo’lib tashkil topdi. Shunga qarab ularning tillari ham turli taraqqiyot yo’llarini boshdan kechirdi va o’zgarib, mukammallashib, takomillashib, taraqqiy qilib keldi. Ana shu tilning taraqqiyoti, ularning tarkibi va guruhlarga bo’linishi qadimgi davrlardanoq olimlar diqqat-e’tiborida bo’lgan. Masalan, Mahmud Qoshg’ariy «Devonu lug’otit-turk» nomli asarida keng hududda hayot kechirgan urug’-qabila va ular tillarining bir-biriga bo’lgan munosabatini, ularning tillardagi yaqinlik va farqlarni differentsatsiya (ajralish) va integratsiya (qo’shilish) kabi masalalarni aniqlagan. Ushbu asarda yigirmaga yaqin turkiy tilning qiyosiy lug’atini beradi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling