Mavzu: O’zbek xalq shevalarining leksikasi


Download 0.93 Mb.
bet6/54
Sana14.12.2022
Hajmi0.93 Mb.
#1001277
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54
Bog'liq
portal.guldu.uz-Ўзбек диалектологияси

Transkriptsiya

  • Transkriptsiya haqida umumiy ma’lumot. Transkriptsiya dialekt va shevalarda uchraydigan tovushlarning turli ko’rinishlarini yozuvda ifodalash uchun qo’llanadigan ma’lum belgilar sistemasidir. Til tovushlarini aniq ifodalash uchun qo’llanadigan ma’lum belgilar sistemasidir. Til tovushlarini aniq ifodalash uchun xizmat qiladigan yozuv – transkriptsiya (lotincha -qayta yozish ) deb ataladi.
  • Transkriptsiya uchun u yoki bu iste’moldagi (lotin, rus, o’zbek alfaviti kabi) traditsion alfavitdan o’rni bilan ma’lum bir o’zgarishlar kiritish orqali foydalaniladi. Shuning uchun ham transkriptsiyada belgilar soni o’ziga asos bo’lgan alfavitdagi harflar sonidan ko’p bo’ladi.
  • Transkriptsiyaning fonetik transkriptsiya, fonematik transkriptsiya yoki fonologik transkriptsiya kabi turlari bor.
  • Transliteratsiya. Biror tilning yozma yodgorliklarini yoki ma’lum bir matnni (masalan arab alifbesida yozilgan eski o’zbek tili yodgorliklarini) nashr etishda shu yodgorliklarning yozuv sistemasini boshqa til yoki yodgorlik bosilayotgan xalqning mavjud yozuv sistemasi orqali ifodalash t r a n s l i t e r a ts i ya deb ataladi. Demak, transliteratsiya – biror yozuv harflarini boshqa bir yozuv harflari bilan almashtirib ifodalash usulidir.

Fonetik va fonologik transkriptsiya.

  • Ma’lum bir maqsad uchun turli sohalar bo’yicha ishlatiladigan transkriptsiyalarning aniqlik darajasi bir xil emas.
  • Lingvistik asarlar (qiyosiy va tarixiy grammatikalar, etimologik lug’atlar, turli til tekstlaridan namunalar ham shu kabilar)ni nashr etganda transliteratsiyadan foydalanilsa ham, qardosh tillarning fonetikasi qiyos qilinganda, dialektologik ishlarda va dialektologiya fanida fonetik transkriptsiyadan foydalaniladi. Xalq og’zaki ijodiyoti yodgorliklarini nashr etganda mavjud alfavitdan foydalanilsa, bu yodgorliklar dialektal qimmatini yo’qotadi. Shuning uchun ularning talaffuz xususiyatlarini mumkin qadar saqlash maqsadida fonetik transkriptsiya qo’llaniladi.
  • Transkriptsiya chet tili va ona tili orfoepiyasiga oid ishlarda ham keng qo’llaniladi.
  • Mohiyati jihatdan eng aniq transkriptsiya fonetik transkriptsiyadir. Bu transkriptsiya umumiy va xususiy fonetika, shu qatori eksperimental fonetika yutuqlariga asoslanadi. Tillardagi nutq tovushlarini fonetik transkriptsiya uchun tanlangan alfavit orqali ifoda qilib bo’lmasa, boshqa tillar alfavitidan harflar olinadi yoki harflar yoniga, ustiga, ostiga, ichiga diakritik belgilar orttiriladi. Fonetik transkriptsiyaning vazifasi – tilda mavjud bo’lgan hamma tovushlarni yozuvda aks ettirishdir. Faqat fonemalarnigina hisobga olish uchun ishlatiladigan transkriptsiya - fonologik transkriptsiya deyiladi.

Download 0.93 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   54




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling