/Sukut/
1 – boshlovchi: Azizlar! Hozirgi so’z mehmonimiz Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi_____________________________ga beriladi.
(So’z tugagandan so’ng sahnaga 2 – boshlovchi chiqadi)
2 – boshlovchi: Rahmat, sizga sog’ – omonlik, farzandlar kamolini tilaymiz.
SAHNA KO’RINISHI
QABRISTON
Uchta qabr yonma – yon qilingan. Boshida ro’mol o’ragan ayol va ikki bola kirib kelishadi.
AYOL:
Qadamlarim horg’in, nigohim mungli,
Qabrlarga boqib o’yga tolaman.
O’tgan – ketganlarni yodga olaman,
Xazin nidolarga to’lib bu ko’nglim.
/Qabr uzra tiz cho’kib/
Mana otam o’z qabrida, onam o’z qabrida menga nigoron. Qaniydi bir lahzagina tirilsalar. Nariroqda akam qabri. U go’yo bosh ko’tarib qarayotgandek. Hayotga to’ymagan mungli, mehrli nigohi bilan menga tikilayotgandek. /G’oyibdan tovush keladi/
Do'stlaringiz bilan baham: |