(Qo’shiq “Otaxonlar”)
1 – boshlovchi: Azizlar! Ko’pchilikka ayonki, ilgari 9 mayda Ikkinchi jahon urushu qatnashchilarini eslash odat tusiga aylanib qolgandi. Bugun esa bu masalaga yangicha munosabat bilan qaralmoqda. Hukumatimiz olib borayotgan siyosatda inson omili bosh mezon bo’lib, uning qadr – qimmati e’zozlanishi va ulug’lanishidan ko’nglimiz tog’dek ko’tariladi.
2 – boshlovchi: Prezidentimiz iborasi bilan aytganda “Biz nafaqat o’tganlarni xotirlashimiz, balki bugun hayot bo’lganlarni qadrlashimiz, hurmatini joyiga qo’yishimiz zarur. “Qadrlash” deganda faqat urush qatnashchilariga emas, qariyalarimizga, ota – onalarimizga, barcha yaqinlarimizga ehtiromni tushunaylik. Shu ma’noda bu kun o’ziga xos ahamiyat kasb etadi”, degan dilga yaqin so’zlarni eshitarkanmiz, beixtiyor qalbimiz faxr va iftixor tuyg’ulariga to’lib ketadi.
1 – boshlovchi:
Vaqt orzu mash’alin dilga yoqqandir
bo’ysungan halovat bilmas zotlarga.
Ulug’ ishlar bo’lib qadr topgandir,
Aylanib qolgandir kashfiyotlarga.
Cho’lga tomir yoygan kanallardir vaqt,
Qo’yni ob –hayotga oqadi to’lib
U – baravj, yuksalib borayotgan daraxt,
U – bog’dir, hosilga turar g’arq bo’lib…..
2 – boshlovchi: Ha, inson umri barpo etilgan bog’ – rog’lar, qon tomirlari yanglig’ oqayotgan ariqlar, kanallar, hosilga burkangan dalalar, ko’kka bo’y cho’zgan binolar timsolida yashaydi. Tevarak atrofga bir nazar tashlang. Ona – zaminimiz, diyorimiz ezgu ishlarga baxshida umrlar bois yashnab yasharmoqda. Biz yosh avlodlarga kamolot, istiqlol ufqlarini keng ochib bermoqda. Hayot mazmuni nimadan iboratligini, inson qanday yashashi kerakligini anglatmoqda. Shu bois ham butun umrini el – yurt xizmatiga baxshida etgan nuroniylarimizni har qancha e’zozlasak oz. Ularning yashash tarsi, halolligi, bosib o’tkan hayot yo’li biz, yoshlar uchun ibratlidir.
1 –boshlovchi: Bugungi davramizda ana shunday samarali, serzahmat mehnati bilan ko’pchilik hurmatiga sazovor otaxon va onaxonlarimiz ham tashrif buyurishgan. Biz cheksiz hurmat, yuksak ehtirom bilan navbatdagi so’zni _________________________ ga beramiz.
2 – boshlovchi: Dil so’zlaringiz uchun Rahmat! Hayot nuroniy chehralaringizdan shodlik, shukrona hislarini also aritmasin
(Qo’shiq “Segoh”)
Do'stlaringiz bilan baham: |