Hozirgi o‘zbek adabiy tilining davlat tili mavqeyidagi o‘rni
Hozirgi o'zbek adabiy tilida, yuqorida aytib o'tilganidek, davlat ishlari olib boriladi. O'zbekistonning davlat tili deyilganda ham ko'proq darajada o'zbek adabiy tili nazarda tutilgan, binobarin, adabiy til davlat tomonidan himoyalangandir. Bunday himoya quyidagi hujjatlar bilan kafolatlangan: 1. O'zbekiston Respublikasining davlat tili haqidagi qonuni (o'n birinchi chaqiriq O'zbekiston Oliy Kengashining o'n birinchi sessiyasida 1989- yil 21- oktabrda qabul qilingan). 2. O'zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (4- modda). 3. «Davlat tili haqida»gi qonunning yangi tahriri. 1995- yil 21- dekabr.
«Hozirgi o'zbek adabiy tili» kursining bo'limlari:
1. Fonetika va fonologiya. Bu bo'limlarda hozirgi o'zbek adabiy tilining fonetik-fonologik sathiga oid tizimlar (vokalizm, konsonantizm), segment va supersegment birliklar (fonema, bo'g'in, urg'u, intonatsiya, fraza, takt), prosodik elementlar (temp, tembr, ritm, melod
2. Grafika va orfografiya. Bu bo'limlarda hozirgi o'zbek adabiy tilining yozuv tizimlari (kirillcha va lotincha o'zbek yozuvlari), ularning asosiy komponentlari va belgilari, orfografiya prinsiplari va qoidalari xususida bahs yuritiladi.
3. Orfoepiya. Bu bo'limda o'zbek tilining to'g'ri (adabiy) talaffuz me'yorlari, ularni belgilovchi omillar haqida ma'lumot beriladi.
4. Leksikologiya va iirazeologiya. Bu bo'limlarda o'zbek tilining lug'at boyligi, uning rivojlanish qonuniyatlari, lug'aviy birliklarningqatlamlanishi, turlari, leksik-semantik va tematik guruhlari, leksema va frazemalarning semantik tarkibi, qo'llanish xususiyatlari o'rganiladi.
5. Leksikografiya. Bu bo'limda lug'atchilik, lug'at tiplari va turlari, lug'atlarning tuzilish prinsiplari, lug'at maqolalarining sxemalari, lug'atlarning amaliy ahamiyati xususida bahs yuritiladi.
6. Morfemika. Bu bo'limda so'z yoki so'zning grammatik shakllari tarkibidagi ma’noli qismlar — morfemalar xususida, morfemalarning funksional-semantik, strukturaviy va pozitsion tavsifi haqida ma’lumot beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |