Mavzu: O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari mundarija: kirish I bob. Respublika aholisi sonining o’sishi va aholining milliy etnik tarkibi


Download 227.65 Kb.
bet2/9
Sana14.03.2023
Hajmi227.65 Kb.
#1267117
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
o\'zbekiston aholisi va mehnat resurslari

Kurs ishi maqsadi: O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslarini o'rganish va amalda qo'llash.
Kurs ishi obyekti: O'zbekistonda mehnat resurslarini rivojlantirish.
Kurs ishi predmeti: O'zbekistonda mehnat resurslarini rivojlantirish holati va imkoniyatlarini to'liq o'rganish.
Kurs ishi tuzilishi: Kirish, ikki bob, to’rt bo’lim, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar ro’yxatidan iborat.
I BOB. RESPUBLIKA AHOLISI SONINING O’SISHI VA AHOLINING MILLIY ETNIK TARKIBI

    1. Respublika aholisi sonining o’sishi va joylanishi

Amerikalik mashhur olim U.Ayzard fikricha, u yoki bu hududning xo’jaligi murakkab jumboq bo’lib, uni yechishni ayni aholi bo’g’inidan boshlamoq kerak. Darhaqiqat, aholi murakkab ijtimoiy-iqtisodiy tushunchadir, u bilan ishlab chiqarish “boshdan oyoq”, chambarchas bog’liq. Chunki, mehnat resurslarisiz ishlab chiqarish bo’lmaydi, ishlab chiqarish esa aholi uchun kerak; moddiy va ma’naviy boyliklarni yaratuvchisi ham, ularni iste’molchisi ham ayni ana shu aholi, ya’ni kishilarning ma’lum hududdagi birligidir.Aholini iqtisodiy va ijtimoiy geografiya fanida o’rganishda uning uch asosiy xususiyati e’tiborga olinishi zarur:aholi - ishlab chiqaruvchi kuch (aholining iqtisodiy funktsiyasi); aholi - asosiy iste’molchi (ijtimoiy, sotsial funktsiyasi); aholining o’z-o’zini takror barpo qilishi (demografik jihati).Albatta, ushbu fan nuqtai nazaridan eng avvalo aholining birinchi va ikkinchi xususiyatlari muhim ahamiyat kasb etadi, chunki ular aholini ijtimoiy-iqtisodiy kategoriya ekanligini o’zida uygunlashtiradi. Qolaversa, an’anaviy iqtisodiy geografiya fanining evolyutsion tarzda “iqtisodiy va ijtimoiy geografiya” maqomini rasmiy olishi ham ayni inson omili, aholi va uning ijtimoiy rivojlanishining hududiy jihatlarini tadqiq qilish natijasidan kelib chiqqan. Aholining uchinchi xususiyati, ya’ni uning takror barpo bo’lishi esa bevosita demografiya fanining tadqiqot obekti bo’lib, ushbu jarayonining hududiy tafovutlarini o’rganish demogeografiya yoki geodemografiya yo’nalishiga mos tushadi.


O’zbekiston Respublikasi aholi soni bo’yicha dunyo miqyosida o’rtacha demografik salohiyatga ega bo’lgan davlat hisoblanadi. Uning aholisi, 2021-yil 1-yanvar ma’lumotlariga binoan 34,5 mln. kishini tashkil etadi. Bu borada, u MDH mamlakatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyingi uchinchi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o’rinni egallaydi.
Mamlakatimizning demografik tarixi uning aholisini turli davrlarda har xil sur’atlarda o’sib borganligi bilan tavsiflanadi. Masalan, 1897 yilda o’tkazilgan Umumrossiya aholi ro’yxati ma’lumotlari bo’yicha hozirgi O’zbekiston hududida 3948 ming kishi istiqomat qilgan. 1913 yilga kelib, ya’ni 15 yildan so’ng bu raqam 4331 mingga yetgan. 1926 yil aholi ro’yxati natijalari esa, bu yerda 4629 ming kishini qayd etgan va o’tgan davr mobaynida aholi soni yiliga o’rtacha 2,1 ming kishidan ortib borgan.
Keyingi davrlarda respublikada aholi sonining o’sishiga sobiq Ittifokda yuz bergan siyosiy va iqtisodiy voqealar jiddiy ta’sir ko’rsatgan. Ikkinchi jahon urushi arafasida (1939 y.). O’zbekiston aholisi 6347 ming kishini tashkil etgan holda, u 20 yildan so’ng, ya’ni 1959 yilda 8119 ming kishidan iborat bo’lgan. Bu davr oralig’ida umumiy ko’payish 1772 ming kishi, o’rtacha yillik ko’payish esa 88,6 ming kishiga teng bo’lgan. Ushbu qiyosiy raqamlar respublika aholi soni o’sishining birmuncha jadallashganidan dalolat beradi (nisbiy ko’rsatkichlarda yillik o’rtacha ko’payish 1,25 %). Tabiiyki, urush jarayonida front va front orqasida aholi o’limi ko’p bo’lmaganda respublika aholisi bundan ham tezroq o’sib borgan bo’lar edi.
Navbatdagi ikki aholi ro’yxati oralig’ida (1970-1979 yy.) O’zbekiston aholisi 11774 ming kishidan 15389 ming kishiga yetgan; mutlaq ko’payish 3615 ming, o’rtacha bir yillik ko’payish 402 ming, nisbiy o’sish 130,7 %, o’rtacha yillik ko’payish esa 3,00 foizga barobar bo’lgan. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, O’zbekiston aholisining eng ko’p (intensiv) ortib borishi ayni shu davrda qayd etiladi.
Sobiq Ittifoqda o’tkazilgan so’nggi aholi ro’yxati (1989 y.) O’zbekiston hududida 19780 ming kishini ko’rsatgan. 1979-1989 yillar mobaynida respublika aholisi 4391 ming kishiga ortgan va yillik o’rtacha ko’payish 2,55 foizni tashkil qilgan. Bu esa oldingi davrga qaraganda 0,45 foizga kam demakdir.
O’zbekistonda demografik jarayonlarning rivojlanishi yoki o’zgarib borishi keyingi yillarda ikki asosiy siyosiy-iqtisodiy omillar tufayli yuz bergan. Bu ham bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining 1991 yilda siyosiy mustaqillikka erishishi va uning milliy iqtisodiyotini bosqichma- bosqich bozor munosabatlariga o’tishidir.
1989-2000-yillarda mamlakat aholisi 123,8 foizga o’sgan, ammo bir yillik ko’payish ko’rsatkichi pasayib borishi jarayoni davom etib, 1,95 foizga barobar bo’lgan. Shu davrda demografik rivojlanish bo’yicha respublikamizning janubiy mintaqalari – Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilgan. Ularda umumiy o’sish, mos ravishda, 139, 2 va 136,0 foiz bo’lgan. Ushbu hududlarda aholi sonining tez ko’payib borishi (boshqa viloyatlarga qaraganda) keyingi yillarda ham davom etib, mamlakat aholisi hududiy tarkibida uning janubiy yo’nalishda birmuncha “surilishiga” olib kelgan. Ko’rilayotgan davrda Namangan, Xorazm, Jizzax, Andijon hamda Samarqand viloyatlarida ham aholi sonining o’sib borishi respublika o’rtacha ko’rsatkichlaridan yuqoriroq darajada kechgan. Ayni vaqtda Navoiy,Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida bu ko’rsatkich pastroq bo’lgan. Poytaxt - Toshkent shahrida esa o’sish juda sust bo’lib, bu yerda bir yillik ko’payish atigi 0,10 foizga teng bo’lgan, xolos.
2001-2013-yillar davomida respublikada aholi o’sish sur’atining pasayishi yanada intensivlashgan. Ba’zi yillarda bir yillik ko’payish hatto 1,10-1,15 foizga ham tushib qolgan, eng so’nggi yillarda esa bu ko’rsatkich birmuncha ko’tarilib, 1,50-1,70 foizga yetgan. Biroq, shunga qaramasdan umumiy xulosa qilish mumkinki, respublikamiz aholisining ko’payish sur’ati o’tgan asrning 70 yilllariga qaraganda 2,0-2,2 marta qisqargan.
Respublikamizda ham bunday geodemografik to’lqinlar kuzatiladi. Bu yerda aholi soni o’sish sur’atining pasayishi avvalo Toshkent shahri va Toshkent viloyatida qayd etilib, mamlakatning boshqa hududlarida bu jarayonning asta-sekin so’nib borishi yoki tezligining qisqarishi qayd etiladi. Boshqacha qilib aytganda, O’zbekistondagi yangi demografik o’zgarishlar (tug’ilish va tabiiy ko’payishning pasayib borishi) markazda boshlanib, ma’lum vaqt davomida u bosqichma-bosqich boshqa viloyatlarga “tarqaladi”. Toshkent shahri va poytaxt viloyatida kuzatilgan vaziyat respublikaning janubiy viloyatlari – Surxondaryo va Qashqadaryoda birmuncha vaqt o’tgandan so’ng kuzatiladi yoki takrorlanadi. Qayd etish joizki, bu ikki “demografik qutb” o’rtasida jarayon o’zgarishining tezlik muddati tobora qisqarib bormoqda.
Aholi salmog’iga ko’ra Samarqand viloyati birinchi, Farg’ona - ikkinchi, Qashqadaryo viloyati uchinchi o’rinda turadi. Demografik salohiyatning eng past miqdori Navoiy va Sirdaryo viloyatlarida kuzatiladi. Umuman olganda, 5 ta viloyatga (Samarqand, Farg’ona, Toshkent, Qashqadaryo va Andijon) respublika jami aholisining deyarli 40 foizi to’g’ri keladi.
So’nggi yillarda Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Buxoro, Sirdaryo, Toshkent viloyati va Toshkent shahri aholisining o’sishi mamlakat o’rtacha darajasidan past bo’lgan va ularning jami respublika aholisidan ulushi qisqargan. Aholining nisbatan jadal o’sishi Qashqadaryo, Surxondaryo, Samarqand kabi viloyatlarda kuzatiladi. Natijada, bu hududlarning demografik salohiyati yanada ko’tarilgan.
Respublika hududining tabiiy sharoiti, ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish imkoniyatlarining turli-tumanligi aholi joylashuviga ham ta’sir qiladi. Mamlakat bo’yicha aholi joylashuvining o’rtacha zichligi 1 km va 74,1 kishidan iborat bo’lgan holda, u Navoiy viloyatidagi 8,8 kishidan Andijon viloyatida 713,2 kishiga farq qiladi. Bu boradagi ichki tafovut yoki geografik koeffitsient 81,0 martaga teng.
Tarixan aholi mamlakatimizning sug’oriladigan voha va vodiylarida zich joylashgan. Chunonchi, bu ko’rsatkich Farg’ona, Namangan, Xorazm viloyatlarida ancha yuqori. Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Navoiy viloyati O’zbekiston hududining 61,9 foizini tashkil qilsa-da, bu yerda mamlakat aholisining atigi 8,7 foizi yashaydi; shu bois, ayni ana shu ikki ma’muriy birlik respublika aholisi joylashuvining o’rtacha ko’rsatkichiga jiddiy ta’sir ko’rsatadi.
Buxoro va Jizzax viloyatlarida ham aholi zichligi uncha yuqori emas, Surxondaryo va Qashqadaryoda esa u o’rtacha ko’rsatkichdan birmuncha yuqori. Biroq shunga qaramasdan, hatto bu hududlarning ham ichki, qadimdan sug’orildaigan rayonlarida (masalan, Vobkent, Shofirkon, G’ijduvon, Shahrisabz, Kitob, Qarshi, Yakkabog’ tumanlarida) aholi ancha zich joylashgan. Umumiy tarzda respublika aholi joylashuvi ko’p jihatdan gidrografik shaxobchalar-sug’oriladigan daryo va irrigatsiya inshootlari bilan belgilanadi. Shu bilan birga, yirik shaharlar, ayniqsa Toshkent aglomeratsiyasi doirasidagi qishloq tumanlarida ham aholi joylashuvi juda zich (1 km ga 700-750 kishini tashkil etadi).
2013-yil ma’lumotlariga binoan, O’zbekiston Respublikasining 51,2 foiz aholisi shahar joylariga to’g’ri kelgan. Mutlaq raqamda u 15370,1ming kishi.2019 yilning 1-yanvar holatiga respublikamiz aholisining 50,5 aholisi shaharlarda istiqomat qilgan. Mutlaq raqamlarda 16806,7mingkishini tashkil etgan. Shahar aholisining oldingi yillardagi miqdori quyidagicha bo’lgan (ming kishi hisobida): 1926 y. -1002; 1939 y. - 1470; 1959 y. - 2729; 1970 y.-4327; 1979 y. - 6348, 1989 y. - 8059 va 2000 yilda 9166 ming kishi. Shahar aholisining o’sish sur’ati ayniqsa 70-80 yillarda yuqori bo’lgan. Bunga sabab - 1972-yilda aholi manzilgoxlarining shahar maqomiga o’tkazish uchun talab etiladigan eng kam aholi miqdorini 10 mingdan 7 mingtagacha tushirilishi va buning oqibatida shaharlar sonining nihoyatda tez ko’payishidir (agar 1970-yilda respublikada 42 shahar mavjud bo’lgan bo’lsa, 1979 yilda ularning soni 90 taga yetgan).
1989-2009-yillarda shaharliklar sonining o’sishi ancha susaygan. Natijada, umumiy urbanizatsiya ko’rsatkichi 40,7 foizdan 35,8 foizga tushib qolgan. Viloyatlar darajasida mazkur jarayon ayniqsa Toshkent, Farg’ona, Buxoro, Xorazmda sezilarli bo’lgan va u faqat Qorakalpog’iston Respublikasi, Jizzax hamda Namangan viloyatlarida birmuncha ko’tarilgan.
2009-yilni respublikamizda “Qishloq taraqqiyoti va farovonliga yili” deb e’lon kilinishi munosabati bilan urbanistik vaziyatda keskin o’zgarish yuz berdi. Yangi urbanistik siyosat tufayli O’zbekistonda birdaniga 966 qishloq aholi punktiga shaharcha maqomi berildi. Ularning hozirgi real holatini hisobga olib, “agroshaharlar”deb atash mumkin.
Eng ko’p yangi shaharchalar Farg’ona viloyatida tashkil etilgan - 196 ta. Shuningdek, bunday manzilgoxlar Qashqadaryo, Surxondaryo, Namangan viloyatlarida ham ancha ko’p - har birida yuztadan ortiq. Birmuncha kamroq yangi shaharchalar Sirdaryo viloyati va Qoraqalpog’iston Respublikasida qayd etiladi. Umumiy urbanizatsiya darajasining eng yuqori ko’rsatkichi Namangan viloyatida - 64,3 %. Bu ko’rsatkich Farg’ona va Andijon viloyatlarida ham o’rtachadan yuqori. Nisbatan urbanizatsiyalashmagan mintaqalar Xorazm, Surxondaryo, Samarqand va Buxoro viloyatlari hisoblanadi.
Urbanizatsiya jarayoni va uning yakuniy ko’rsatkichi, odatda, hududlar iqtisodiyotining ixtisoslashuvi, shahar hosil qiluvchi omillarning mavjudligiga bog’liq. Shu nuqtai nazardan Qoraqalpog’iston va qisman Navoiy viloyatida mazkur ko’rsatkichning birmuncha yuqoriligi ko’rilayotgan hududlar sanoat salohiyatidan emas, balki bu joylarda intensiv qishloq xo’jaligini rivojlantirish sharoitlarining cheklanganlidan darak beradi. Faqat poytaxt Toshkent viloyatida u haqiqiy real voqelikni aks ettiradi, chunki bu yerda, boshqa viloyatlarga qaraganda, sanoat tarmoqlari nisbatan yaxshirok rivojlangan. Ammo bunday xulosani Namangan va Farg’ona viloyatlari uchun qo’llash uncha to’g’ri bo’lmaydi.
Milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishini shaharlar to’ri va tizimi ham yaqqol ifodalab beradi. Aksariyat xollarda shaharlar sonining ko’pligi, yirik shahar va shahar aglomeratsiyalarining mavjudligi hudud ijtimoiy-iqtisodiy salohiyatining yuqoriligini ko’rsatadi. 2019-yil 1-yanvar holati bo’yicha , respublikada 119 shahar va 1071shaharcha mavjud. Shaharlar soni bo’yicha Qoraqalpog’iston Respublikasi (12), Qashqadaryo (12) va Toshkent (16) viloyatlari ajralib turadi. Ayni vaqtda hududiy urbanistik tarkib Jizzax, Xorazm va Sirdaryo viloyatlarida yaxshi rivojlanmagan.
Bu yerda, iqtisodiyotning asosan qishloq xo’jaligi hamda qayta ishlash sanoatiga ixtisoslashganligi sababli, kichik shaharlar tarmog’i juda kengdir. Jumladan, respublikada 17 ta katta shaharlar (100 ming aholi va undan ortiq) 19 ta o’rta shaharlar (50-100 ming kishi) 69 ta “yarim o’rta” shaharlar (20-50 ming) mavjud. Qolgan 1063 ta shahar na shaharchalarning har birida 20 ming kishidan kam aholi istiqomat qiladi
O’zbekistondagi katta shaharlar hissasiga respublika shahar aholisining 39,9 foizi to’g’ri keladi. Aholi soniga ko’ra Toshkentdan keyingi o’rinlarda Namangan, Samarqand, Andijon, Buxoro, Nukus, Qarshi shaharlari turadi. Chirchiq, Olmaliq, Angren, Qo’qon, Marg’ilon shaharlarining ham har birida 100 mingdan ziyod aholi bor. Ayni vaqtda Sirdaryo viloyatining ma’muriy markazi - Gulistonda atigi 63,2 ming kishi yashaydi. Shu bilan birga, yirik markazlar negizida shaharlar hududiy tizimining murakkab shakllari ham vujudga kelgan. Chunonchi, Toshkent Samarqand, Farg’ona-Marg’ilon aglomeratsiyalari shular jumlasidandir.
Boy tarixga ega bo’lgan, urbanizatsiya jarayonining “osiyocha” yoki sharqona shakli qishloq xo’jaligining sug’orma dexqonchiligi va u bilan bog’liq shaharlar to’riga asoslanadi. Binobarin, sharq tarixi va sharq madaniyatini sug’orma dehqonchilik hamda qishloq va shaharlarning ajralmas birligi, urbanizatsiyaning o’ziga xos yo’nalishisiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Shu bois respublikamiz iqtisodiyoti va demografik salohiyati asosan qishloq xo’jaligi va qishloq aholisidan tashkil topgan.
O’zbekiston Respublikasi maydoni 448,9 km2 ni
tashkil etadi . Aholisi 35 mln kishi bo’lib , 1 km2
ga 77,9 kishi ( 2021 y) dan to’g’ri keladi . O’zbekiston aholisi soni bo’yicha MDH ga kirgan mamlakatlar orasida Rassiya va Ukrainadan keyin 3 – o’rinda turadi . Poytaxti Toshkent shahri (1930 –yildan). O’zbekiston Respublikasi tarkibiga Qoraqolpog’iston Respublikasi ( 1936- yil) va 12 ta viloyat kiradi.
Statistik ma’lumotlarga qaraganda , O’zbekistonda aholi soni muntazam ko’payib keigan . Masalan , 1865 –yili o’lkada 3320 ming aholi istiqomat etgan bo’lsa , 1920 – yili aholi soni 4470 mingga , 1970 – yili 11800 mingga , 1991 – yili 20708 mingga va 2005 – yili 25707 mingga , 2017 yili 32120,5 mingga , 2021 –yili 35 mln kishiga yetdi . Asrimiz boshidan to hozirgi davrga yer shari aholisi 3,4 martaga ko’paygan bo’lsa , o’zbekiston aholisi 6,6 martaga ortdi . Ayniqsa , mustaqillik yillarida , ya’ni 1990 – 2010 yillarda respublika aholisi 8,2 million kishiga yoki 1,4 barobarga ko’paydi.
O’zbekistonda aholi soni , tarkibi va demografik
hususiyatlariga oid ma’lumotlar 19- asrning 2- yarmidan boshlab mavjud bo’lib kelmoqda . 19 – asrga qadar , O’zbekiston hududida asosan o’zbeklar va dini , urf – odatlari o’zbeklarga bo’lgan tojiklar , qoraqalpoqlar ( Amudayoning quyi qismida va Orol bo’ylarida ) , qozoqlar ( SHimoliy – g’arbiy chala cho’llarda ) , qirg’izlar (tog’lar joylarda – sharqda ) , turkmanlar ( janubiy – g’arbiy cho’llarda ) yashaganlar . 20 – asr boshlarida o’zbeklar uchta yirik etnik guruh : vohalarda yashagan qadimiy o’troq aholi ( 20 – asr boshlarida ular rus adabiyotida – “sartlar“ deb atalgan); mo’g’llar istilosigacha bu yerda yashagan turkey xalqlar; mo’g’ullar davrida va undan 16 – asrda bu yerga kelib o’rnashgan turkey qabilalar.
XIX- asrning 60 – 70 – yillarida O’zbekiston hududini Rossiya podsholigi bosib oldi . Shu munosabat bilan 19 asr oxiri 20 asr boshlarida Rossiya aholisining bir jumladan , dehqonlar ko’chirib keltiridi va Mirzacho’lga joylashtirildi. Bu yerda yangi qazilgan kanal bo’ylab muhojirlar aholi maskanlari ( posyolkalari ) tashkil topdi . 19 asrda O’zbekiston hududiga Sharqiy qismda tog’ vodiylarida yashash uchun joy ajratildi .
1897 – yil o’tkazilgan aholi ro’yxatigamuvofiq O’zbekiston hududida 3,9 mln. Kishi yashagan . Shundan 19 % shahar aholisi bo’lgan . O’sha kezlarda O’zbekistonda aholi takror barpo etilishi , tug’lish va o’limning yuqri darajasi o’rtacha umr ko’rishning qisqaligi bilan xarakterlanadi . Yosh bolalar o’limi koeffisienti Yevropa va Rossiyadagiga qaraganda 65 – 70 foizga yuqori bo’lgan . Tub aholining migratsiyasi juda past edi . Ushbu holatlar respublikada aholi soni dinamikasi shakllanishiga ta’sir etdi .
1979 – 1989 yillarda o’tkazilgan aholi ro’yxati ma’ lumotlariga ko’ra ushbu yillar oralig’idi republika aholisi 4,5 million kishiga ko’payib , o’rtacha yillik o’sish sur’ati 2,6 foizga teng bo’lgan . 1970 – 1990 yillarda O’zbekistonda aholining o’sish sur’ati asta – sekin pasayib bordi. Agar 1950 – 1970 yillarda Respublika aholisi har yili o’rtacha 3,5 foizdan ko’paygan bo’lsa , 1980 – 1990 yillarda , bu ko’rsatkich 2,7 foizni , 1991 – 2000 yillarda 1,9 foizni , 2005 – 2015 yillarda 1,50 foizni tashkil qildi.
Respublikada shahar aholisi 1990 – yillarga qadar muntazaam ortib bordi , hatto respublika umumiy aholisining o’sish sur’atidan ikki marta yuqori bo’ldi. 1991 – 2012 yillarda O’zbekistonda shahar aholisining o’sish sur’ati sezilarli kamaydi. Buning asosiy sababi shaharlarda tug’ilishning pasayib ketganligi hamda “ 2009 yil 13 martdagi Vazirlar Mahkamasining 68 soni Qaroriga binoan 966 ta qishloqlarga shaharcha maqomining berilganligi “ dir . Bu nafaqat , mamlakat ijtimoiy – iqtisodiy rivojlanishida , balki aholining demografik rivojlanishda ham muhim o’rin tutadi .
O’zbekistonning demografik taraqqiyotida qishloq aholisining muntazam ravishda o’sib borishi xususiyati xos bo’lib kelgan . Qishloq aholisi sonining o’sishi hozirgi vaqtda ham davom etmoqda . Jumladan , respublika qishloq aholisi salmog’I 1989 – yilda jami aholining 59,3 foizini tashkil etgan bo’lsa , 2005 – yilda 63,7 foiz, 2015 – yilda 49,8 foizga teng bo’ldi . Qishloq joylar aholisida farzandlar ko’p tug’Ilishi , o’lim ko’rsatkichlari past , barqaror nikoh munosabatari va ajralishning kamligi aholi tabiiy ko’payishini yuqori sur’atda bo’lishiga olib kelgan.
O’zbekistonning barcha viloyatlarida ham 1991 – 2005 yillarda aholining o’sish sur’ati bir muncha kamayganligi kuzatiladi. Eng aholisi zich joyjashgan hudud, bu Andijon viloyatidir, keyingi o’rinlarda Farg’ona, Namangan, Samarqand, Toshkent viloyatlari turadi. Aholisi siyrak joylashgan hududlarga Qaraqalpog’iston Respublikasi , Navoiy , Buxoro , Sirdaryo viloyatlari kiradi. Aholining demografik rivojlanishida uning milliy, yosh – jinsiy tarkibi alohida o’rin egallaydi. Respublikada 130 dan ortiq millat va elat vakillari istiqomat etishadi . Jumladan , respublikaning tub joy aholisiga o’zbeklar, qozoqlar, tojiklar, qirg’izlar va qoraqalpoqlar kiradi . O’zbeklar barcha viloyatlarda , obikor yerlarda yaashashadi . Qozoqlar asosan Qozog’iston bilan bo’lgan chegara tumanlarda, xususan, Qoraqalpog’iston Respublikasida, Buxoro, Navoiy, Toshkent, Sirdaryo viloyatlarining ayrim tumanlarida istiqomat qiladi. Tojiklar esa, Namangan, Buxoro, Samarqand, Surxondaryo viloyatlarida, qoraqalpoqlar azaldan Amudaryo va Orol dengizi atrofidagi hududlarda yashab kelishadi.
Mustaqillik yillari barcha mintaqalar aholisi milliy tarkibida o’zbeklar ulushi muntazam ortib bordi. O’zbeklar respublikaning ilgardan mavjud shaharlar va sug’orma dehqonchilik qilonadigan yerlarda yashab kelsada , hududlar bo’ylab notekis joylashganligi kuzatiladi . Oxirgi aholi ro’yxati ma’lumotlari , jami o’zbek millatiga mansub kishilarning 35 foizi uchta Andijon , Samarqand , va Farg’ona viloyatda yashagan holda, qolgan viloyatlarning har birida ular ulushi 10 foizga yetmaganligini ko’rsatadi.
O’zbeklardan keyin salmog’I va salohiyatiga ko’ra ikkinchi o’rinni mahalliy millatlardan tojiklar egallaydi. Hududiy tarkibiga ko’ra, tojiklarning 66,3 foyizi qishloq ,qolgan qismi shahar joylarda yashaydi va mintaqalar bo’yicha turlicha taqsimlanadi . 2017 – yilda mamlakatdagi tojik millatiga mansub kishilarning eng katta salmog’I , ya’ni 18,5 foizi Farg’ona viloyaatiga, 10,0 foizi Toshkent va 8,5 foizi Qashqadaryo viloyatiga to’g’ri keldi. Aksincha, Qoroqalpog’ston Respublikasi, Navoiy viloyati aholisi milliy tarkibida ularning ulushi juda kichik bo’lib, har birida atigi, 1,0 foizga ham etmaydi. Ushbu raqamlarni oxirgi aholi ro’yxati ma’lumotlari bilan solishtiradigan bo’lsak, Samarqand, Buxoro viloyatidan boshqa barcha viloyatlar aholisi milliy tarkibida tojiklarning hissasi 1-1,5 barobarga ortganligini ko’rish mumkin.
Respublikada yashovchi ruslar xuddi tojiklar singari aholi milliy tarkibida alohida o’rin tutadi . Biroq , mamlakat aholisi milliy tarkibida ularning ulushi tobora qisqarib bormoqda . Oxirgi aholi ro’yxati davrida respublika jami aholisining 8,3 foizini , 2017 yilda 3,3 foizini tashkil etgan millatga mansub kishilar O’zbekistonning barcha mintaqaalarida bir xil joylashmagan , ular ko’proq shahar joylarda va viloyat markazlarida tarqalgan .
O’zbekiston Respublikasi aholisi milliy tarkibida mahalliy millatlardan qozoqlar soni va salmog’I jihatdan alohida o’rin tutadi . Tahlil etilayotgan yillarda , bu millat vakillari ulushi 1,2 martaga qisqardi . Binobarin , 1989- yilda respublikadagi qozoqlarning 72,4 foizi ikkita mintaqaga – Qoraqalpog’iston Respublikasi va Toshkent viloyatiga to’g’ri kelgan bo’lsa , 2017 –yilda bu ko’rsatkich 77,4 foizni tashkil etgan. Har ikkala mintaqadagi qozoqlar umumiy miqdori tatqiqot davrida 1,1 ; 1,3 martaga oshgan . Soni jihatdan beshinchi o’rinda turuvchi qoraqalpoq millatining 94,1 foizi nomi bilan bog’liq respublikada , 3,4 foizi Navoiy viloyatida , qolgan qismi esa boshqa viloyatlarda istiqomat qiladi.
O’zbekiston aholisi shakillanishi va joylanishida uning yosh –jinsiy tarkibi alohida ahamiyatga ega. Aholining yosh tarkibida hamisha yoshlar, mehnat yoshidagi aholi ko’p sonli ekanligi bilan xarakterlanadi.
Aholining jinsiy tarkibida erkaklar va ayollar miqdori o’zaro mutanosib, ya’ni teng (50-50). Bu tenglik ma’lum bir yosh guruhlarigacha saqlanib qolinadi , so’ngra 50 – 55 yoshlardan boshlab jinsiy tarkibda ayollarning ustunligi kuzatiladi. Aholining jinsiy tarkibida ko’p yillarda ayollarning erkaklarga nisbaatan ulishi ortiq bo’lganligi kuzatildi , ammo oxirgi yillarda bu nomutanosiblik tenglashib bormoqda.
3. Respublika mustaqillikka erishgandan so’ng , mamlakatimiz hududiy tuzilmasining o’zini tashkil qiluvchi shaharlar tizmini takomillashtirish , ularning mavjud tabiiy , ishlab chiqarish , va ilmiy – texnikaviy salohiyatidan to’g’ri hamda samarali foydalanish dolzarb masalalaridan biriga aylandi . Binobarin , milliy va mintaqaviy iqtisodiyotning tarkibiy tuzilishi shaharlar to’ri va tizmi bilan chambarchas bog’langan . Shu bois ,yangi iqtisodiy munosabatlar sharoitida respublika urbanistik tarkibidagi o’zgarishlari va shu bilan birga , jahon urbanizatsiyasining mamlakatga xos jihatlari hamda ta’sirini tqdqqiq etish katta ahamiyatga ega.
Ta’kidlash joizki, respublika hukumati tomonidan urbanistik tizimni takomilashtirish bo’yicha islohatlar amalga oshirilmoqda. Xususan, O’zR Prezdentining 2005-yil 14- iyulda ”O’zbekiston Respublikasi aholi punlitlari ma’muriy –hududiy tuzulishini yanada takomilashtirish chora- tadbirlari to’g’risida‘’ gi qarori qabul qilindi . Shuningdek, 2009 – yilda “ Qishloq taraqqiyoti va farovonligi yili “Davlat dasturining qabul qilinishi bilan qishloq joylarni ishlab chiqarish va infratuzilmaviy salohiyati yuhsaltirish, asosiy vazifalardan biri qilib belgilandi.
Respublika mintaqalari urbanistik tarkibi, o’zining genetik xususiyati, funksional tiplari va katta – kichikligiga ko’ra farqlanadi . Jumladan , mustaqillik arafasida mamlakatda jami 123 ta shahar va 104 ta shaharchalar mavjud edi ( urbanizatsiya drajasi 40,8 foiz ) . 1992 – yilga kelib respublika geourbanistikasida o’ziga xos vaziyat yuz berdi . Mazkur yida turli mintaqalarda 17 ta shaharchalar vujudga keldi . Ular , Jizzaxda – Zarbdor va Zafarobod , Samarqandda – Mirbozor , Sidaryoda- Do’stlik , Toshkentda – Yangi Chinoz , Qashqadaryoda – Nuriston, Qoraqalpog’ston Respublikasida - Akshaloq va Qozonketkan . Shu yili sust urbanizatsiyalashgan Surxondaryoda shaharlar to’ri birdaniga 5 ta ( Angor, Do’stlik , Sariq , Hurriyat va Ejlbayon ) ga kengaydi va bu mintaqada zamonaviy transport vaboshqa infratuzilmalarning rivojlanishi bilan izohlanadi . Aksincha, Xorazm viloyatidagi Gurlan ,Xonqa , Shovot ,va Xazorasp kabi shaharlar, shaharchalar qatoriga tushib qoldi . 1994 – yilga kelib Samarqand viloyatidagi Payariq , 1995 – yilda esa Buxoro viloyatidagi Shofirkon tuman markazlari sifatida shahar maqomiga ega bo’ldi.
O’zbekistonda jami shaharlardan viloyatga bo’ysunuvchi shaharlar soni 25 ta, tumanlarga bo’ysunuvchi shaharlar 93 ta bo’lib , yagona poytaxt shahar respublikaga bo’ysunodi . Eng ko’pshaharlarga ega bo’lgan viloyat Toshkent viloyati ( 16 ta shahar ) , eng kam shaharlar Xorazm viloyatida – 3 ta . 2009 – yilda bo’lgan tarkibiy o’zgarishlardan so’ng jami shaharchalar soni 1079 taga teng bo’ldi . Eng ko’p shaharchagalarga ega bo’lgan viloyatlar : Farg’ona 197 ta, Qashqadaryo 123 ta va Namangan 120 ta . Sirdaryo va Qaraqalpog’ston Respublikasida shaharchalar soni eng kam.
Hozirda respublikadagi eng urbanizatsiyalashgan mitaqa Namangan viloyati hisoblanadi . Shuningdek , Farg’ona ( 57,0 % ) va Andijon (52,4 % ) viloyatlarida ham shahar aholisining salmog’I respublika o’rtacha ko’rsatkichidan ancha baland.
Urbanizatsiya darajasi mamlakat ko’rsatkichidan past mintaqalarga – Xorazm , Surxandaryo , Samarqand va Buxoro viloyatlari mansub . shu nuqtai nazardan yondashganda ayrim mintaqalarning yangi urbanistik salohiyati ( Qoraqalpog’iston Respublikasi , Navoiy ) real vaziyatni o’zida aks etirmaydi.
Shaharlar aholi soniga qarab katta shaharlar ( aholisi 100 mingdan ortiq ) , yirik shaharlar (aholisi 250 mingdan ortiq ) , juda yirik shaharlar ( aholisi 500 mingdan ortiq ) va “ millioner shaharlar “ ga ajratiladi . O’zbekistonda aholi punkuti shahar maqomini olishi uchun uning aholisi 7 ming va undan ko’p bo’lishi , yashayotgan aholining 2/3 qismi ishchi vaxizmatchilar hamda ularning oilalaridan iborat bo’lishi kerak.
Aholi soni ortishi bo’yicha eng yuqori ko’rsatkich Samarqand , Namangan viloyatlari va Toshtent shahrida qayd etilgan bo’lib , o’sish 2,1% ga teng . Mamlakat aholisining viloyatlar kesmi bo’yicha soni quydagicha :
Andijon - 3088, 6
Buxoro - 1906,6
Jizzax - 1365,5
Qashqadaryo – 3240,3
Navoiy – 986,4
Namangan – 2776,5
Samarqand – 3833,1
Surxondaryo – 2594,6
Sirdaryo – 836,9
Toshkent - 2917,2
Farg’ona – 3711,2
Xorazm -1846,4
Toshkent sh . – 2538,4
Dastlbki ma’lumotlarga ko’ra , 2019 yil 1- iyul holatiga ko’ra , Respublika doimiy aholi sonining 30,5 % I mehnatga layoqatli yoshdan kichiklar , 59,3 % I mehnatga jayoqatliyoshdagilar va 10,2%i mehnatga jayoqatli yoshdan kattalar hissasiga to’g’ri kelmoqda.
Joriy ma’lumotlarga qaraganda, O’zbekistonda 11015 ta qishloq aholi manzilgoxlari bor. Qoraqalpog’iston Respublikasi, Buxoro, Qashqadaryo Samarqand va Farg’ona viloyatlarining har birida mingdan ortiq qishloqlar mavjud, ularning eng kam miqdori esa Sirdaryo viloyatida - 257 ta.(2019yil 1-yanvar) Respublikamizda o’rtacha har bir qishloqqa 1300 kishi to’g’ri keladi. Bu jihatdan Namangan va Andijon viloyatlari oldinda turadi. Hududi qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun uncha qulay bo’lmagan Qoraqalpog’iston Respublikasi hamda Buxoro va Navoiy viloyatlarida esa qishloqlar ancha kichik (o’rtacha 640-700 kishi).
2009-yil - “Qishloq taraqqiyoti va farovonligi” yili deb e’lon qilinishi munosabati bilan qishloq joylar ijtimoiy-iqtisodiy muammolariga katta e’tibor berildi. Ayniqsa qishloq aholisini elektr energiya, ichimlik suvi hamda tabiiy gaz bilan muntazam ta’minlash, aholi bandligi masalalarini hal etish “Qishloqlar rivojlanishi” Davlat dasturida ustuvor vazifalar qilib belgilandi. Aholisi ko’p, sanoat va qurilish inshootlari mavjud bo’lgan, ishlab chiqarish va ijtimoiy infratuzilma shaxobchalari yaxshi rivojlangan yirik qishloqlarning ba’zilariga shahar yoki shaharcha maqomi berilmokda.
Hozirgi kunda respublikamizda yirik qishloqlar, xususan, Samarqand, Namangan, Andijon, Farg’ona viloyatlarida ko’p. Tabiiy sharoiti xo’jalik yuritish va aholi joylashuvi uchun nisbatan noqulay bo’lgan hududlarda esa ularning soni ozroq. Masalan, respublikamizning “eng tog’li” va “eng qishloqli” viloyati - Surxondaryoda bunday aholi manzilgohlari ancha kam.
Yuqoridagilarga mos ravishda qishloq joylarda mehnat resurslari ham ko’p va hatto ular keragidan ham ortiqcha. Ish o’rinlarining yetishmasligi, ishsizlik, mehnat bozorining faol emasligi aholisi zich joylashgan voha va vodiylarda ijtimoiy muammolarning kelib chiqishiga sabab bo’ladi. Aynan shuning uchun ham respublikada qishloq xo’jaligidagi islohotlarni chuqurlashtirishga, qishloq sanoati va infratuzilmasini, kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni keng miqyosda rivojlantirishga katta e’tibor qaratilmoqda. Ushbu dolzarb masala davlatning mintaqaviy siyosatida o’z yechimini topmog’i lozim.
O’zbekiston aholisi asosan tabiiy ko’payish natijasida oshib boradi. Bu omilning roli bizda hamma vaqt yuqori bo’lgan. Eng so’nggi yillarda esa u aholi soni o’sishining birdan-bir manbai bo’lib kelmoqda. Biroq, ta’kidlash joizki, 90-yillarda aholining takror barpo bo’lishi jarayonida jiddiy o’zgarishlar yuz berdi; endi respublikamizni an’anaviy holatda tug’ilish yoki tabiiy ko’payish yuqori mamlakat sifatida ta’riflash uncha to’g’ri emas.
Tug’ilish koeffitsientining keskin qisqarishi eng so’nggi yillarga to’g’ri keladi. Masalan, tug’ilish 1990 yilda 33,7 promillega teng bo’lgan holda, 1999-yilda u birdaniga 22,3 promillega tushib qolgan, ya’ni bu qisqa davrda mazkur ko’rsatkich 11,4 punktga yoki 1,5 martaga kamaygan. 2013-yilda har ming kishiga nisbatan tug’ilish 21,4, o’lim 4,9 va tabiiy ko’payish 16,5 kishini tashkil etadi. O’lim darajasida keskin o’zgarishlar bo’lmaganligi sababli, aholining tabiiy ko’payishi asosan uning tug’ilish ko’rsatkichlariga bog’liq.2018-yilda O’zbekistonda har ming kishiga nisbatan tug’ilish 23,3,o’lim 4,7, tabiiy ko’payish 18,6 kishini tashkil etgan.
O’zbekiston sharoitida kichik shaharchalarning ko’pchiligida real demografik vaziyat oddiy qishloqlardagi holatga o’xshab ketadi. Ammo, shu bilan birga ta’kidlash lozimki, ba’zi bir yuqori darajada sanoatlashgan shaharlarda tug’ilish darajasi ancha past. Chunonchi, mavjud ma’lumotlarga ko’ra, tug’ilish har 1000 aholiga Chirchiq, Yangiobod, Kogon kabi shaharlarda 12-13 kishi atrofida. Hatto tipik sharqona shaharlarimizda ham (Samarqand, Buxoro, Quqon va b.) mazkur ko’rsatkich 14-15 promillega teng. Natijada, aholining tabiiy ko’payishi ancha kam - Chirchiq yoki Yangiobodda u 5 promillega ham yetmaydi. Albatta, bunday demografik vaziyat respublikamiz uchun uncha an’anaviy emas. Bu, o’z navbatida, demografik jarayonlarda ham o’ziga xos o’tish davri kechayotganligidan dalolat beradi. Tabiiyki, bu jarayonlar yaqin kelajakda mehnat resurslariniig shakllanishiga, ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotga o’z ta’sirini ko’rsatishi mumkin.
Viloyatlar bo’yicha tug’ilish va tabiiy ko’payishning nisbatan katta ko’rsatkichlari Qashqadaryo va Surxondaryoda, past darajasi esa Toshkent va Navoiy viloyatlarida kuzatiladi. Poytaxt viloyatida tabiiy ko’payish 14,3 promilleni tashkil etadi. O’lim ko’rsatkichlarida uncha katta tafovut yo’q: uning eng kam miqdori tug’ilish ancha yuqori bo’lgan Qashqadaryo viloyatida bo’lib, bunday nisbat mazkur hududda aholi sonining tezroq ortib borishiga olib keladi.

Download 227.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling