Mavzu: O‘zbekiston aholisi va mehnat resurslari mundarija: kirish I bob. Respublika aholisi sonining o’sishi va aholining milliy etnik tarkibi


Download 227.65 Kb.
bet1/9
Sana14.03.2023
Hajmi227.65 Kb.
#1267117
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
o\'zbekiston aholisi va mehnat resurslari


MAVZU: O‘ZBEKISTON AHOLISI VA MEHNAT RESURSLARI

MUNDARIJA:
KIRISH
I BOB. RESPUBLIKA AHOLISI SONINING O’SISHI VA AHOLINING MILLIY ETNIK TARKIBI

1.1 Respublika aholisi sonining o’sishi va joylanishi


1.2. Aholining milliy etnik tarkibi


II BOB. O’ZBEKISTON AHOLISINING YOSHLAR TARKIBI VA MEHNAT RESURSLARIDAN FOYDALANISH

2.1 O’zbekiston aholisining yoshlar tarkibi


2.2 Mehnat resurslari va ulardan foydalanish


XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi: O’zbekiston Respublikasi aholi soni bo’yicha dunyo miqyosida o’rtacha demografik salohiyatga ega bo’lgan davlat hisoblanadi. Uning aholisi, 2021-yil 1-yanvar ma’lumotlariga binoan 34,5 mln. kishini tashkil etadi. Bu borada, u MDH mamlakatlari orasida Rossiya va Ukrainadan keyingi uchinchi va Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa birinchi o’rinni egallaydi. Mamlakatimizning demografik tarixi uning aholisini turli davrlarda har xil sur’atlarda o’sib borganligi bilan tavsiflanadi. Masalan, 1897 yilda o’tkazilgan Umumrossiya aholi ro’yxati ma’lumotlari bo’yicha hozirgi O’zbekiston hududida 3948 ming kishi istiqomat qilgan. 1913 yilga kelib, ya’ni 15 yildan so’ng bu raqam 4331 mingga yetgan. 1926 yil aholi ro’yxati natijalari esa, bu yerda 4629 ming kishini qayd etgan va o’tgan davr mobaynida aholi soni yiliga o’rtacha 2,1 ming kishidan ortib borgan. Keyingi davrlarda respublikada aholi sonining o’sishiga sobiq Ittifokda yuz bergan siyosiy va iqtisodiy voqealar jiddiy ta’sir ko’rsatgan. Ikkinchi jahon urushi arafasida (1939 y.). O’zbekiston aholisi 6347 ming kishini tashkil etgan holda, u 20 yildan so’ng, ya’ni 1959 yilda 8119 ming kishidan iborat bo’lgan. Bu davr oralig’ida umumiy ko’payish 1772 ming kishi, o’rtacha yillik ko’payish esa 88,6 ming kishiga teng bo’lgan. Ushbu qiyosiy raqamlar respublika aholi soni o’sishining birmuncha jadallashganidan dalolat beradi (nisbiy ko’rsatkichlarda yillik o’rtacha ko’payish 1,25 %). Tabiiyki, urush jarayonida front va front orqasida aholi o’limi ko’p bo’lmaganda respublika aholisi bundan ham tezroq o’sib borgan bo’lar edi. Navbatdagi ikki aholi ro’yxati oralig’ida (1970-1979 yy.) O’zbekiston aholisi 11774 ming kishidan 15389 ming kishiga yetgan; mutlaq ko’payish 3615 ming, o’rtacha bir yillik ko’payish 402 ming, nisbiy o’sish 130,7 %, o’rtacha yillik ko’payish esa 3,00 foizga barobar bo’lgan. Shu o’rinda ta’kidlash lozimki, O’zbekiston aholisining eng ko’p (intensiv) ortib borishi ayni shu davrda qayd etiladi.
Sobiq Ittifoqda o’tkazilgan so’nggi aholi ro’yxati (1989 y.) O’zbekiston hududida 19780 ming kishini ko’rsatgan. 1979-1989 yillar mobaynida respublika aholisi 4391 ming kishiga ortgan va yillik o’rtacha ko’payish 2,55 foizni tashkil qilgan. Bu esa oldingi davrga qaraganda 0,45 foizga kam demakdir. O’zbekistonda demografik jarayonlarning rivojlanishi yoki o’zgarib borishi keyingi yillarda ikki asosiy siyosiy-iqtisodiy omillar tufayli yuz bergan. Bu ham bo’lsa, O’zbekiston Respublikasining 1991 yilda siyosiy mustaqillikka erishishi va uning milliy iqtisodiyotini bosqichma- bosqich bozor munosabatlariga o’tishidir. 1989-2000-yillarda mamlakat aholisi 123,8 foizga o’sgan, ammo bir yillik ko’payish ko’rsatkichi pasayib borishi jarayoni davom etib, 1,95 foizga barobar bo’lgan. Shu davrda demografik rivojlanish bo’yicha respublikamizning janubiy mintaqalari – Surxondaryo va Qashqadaryo viloyatlari yetakchilik qilgan. Ularda umumiy o’sish, mos ravishda, 139, 2 va 136,0 foiz bo’lgan. Ushbu hududlarda aholi sonining tez ko’payib borishi (boshqa viloyatlarga qaraganda) keyingi yillarda ham davom etib, mamlakat aholisi hududiy tarkibida uning janubiy yo’nalishda birmuncha “surilishiga” olib kelgan. Ko’rilayotgan davrda Namangan, Xorazm, Jizzax, Andijon hamda Samarqand viloyatlarida ham aholi sonining o’sib borishi respublika o’rtacha ko’rsatkichlaridan yuqoriroq darajada kechgan. Ayni vaqtda Navoiy,Sirdaryo va Toshkent viloyatlarida bu ko’rsatkich pastroq bo’lgan. Poytaxt - Toshkent shahrida esa o’sish juda sust bo’lib, bu yerda bir yillik ko’payish atigi 0,10 foizga teng bo’lgan, xolos.

Download 227.65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling