Mavzu: O’zbekiston amaliy bezak san’ati haqida suhbat hamda uning namunalarini badiiy idrok etish
Download 176.5 Kb.
|
Tasviriy-sanat7sinf
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tarbiyaviy
- Metod
- O’quvchilar dars boshida ikki guruhga bo’lingan holda joylashtiriladi. Topshiriq. 1-guruh
- O’zbek amaliy bezak san’atidan namunalar. Ayvon naqshi So’zana Do’ppi So’zana
- Minora
Sana: 7.11.2011y Sinf: 7 Mavzu: O’zbekiston amaliy bezak san’ati haqida suhbat hamda uning namunalarini badiiy idrok etish. Darsning maqsadi: Ta’limiy: O’quvchilarga O’zbekiston amaliy bezak san’ati haqida tushuncha berish. Tarbiyaviy: O’quvchilarda o’z yurtiga bo’lgan muhabbati, vatanparvarlik, yaxshi xulq kabi fazilatlarni rivojlantirish. Rivojlantiruvchi: O’quvchilarni O’zbekiston amaliy bezak san’ati haqidagi bilim va ko’nikmalarini shakllantirish. Metod: “Debat”, guruhlarda ishlash, aqliy hujum. Usul: Yangi mavzuni bayon qilish. Jihoz: Turli tusdagi qog’ozlar, akvarel guash bo’yoqlari, mo’yqalamlar. Darsning borishi: Tashkiliy qism: a) salomlashish, davomatni aniqlash. b) o’quvchilarni darsga tayyorlash. O’quvchilar dars boshida ikki guruhga bo’lingan holda joylashtiriladi. Topshiriq. 1-guruh.So’zana uchun naqsh kompazitsiyasini tuzish. 2-guruh.Zardo’zlik namunasi uchun naqsh kompazitsiyasini tuzish. Darsning mazmuni. 1. Nazariy qism. Amaliy bezak san’atining tarixi va unda qo’llaniladigan shakllarning ramziy ma’nolari haqida ma’lumot berish. 2. Amaliy qism. Ramziy shakllardan naqsh kompozitsiyasini tuzish.
Bunday nafis bezaklarni bolalar o’yinchoqlarida, beshiklar, sandiqlar, kursilar, stollar, xontaxtalar, qutichalar, shaxmat taxtasi, otning egarlari, choyshab, belbog’lar, so’zanalar va shu kabi badiiy hunarmandchilik namunalarida ko’rishimiz mumkin. O’zbek ustalarining amaliy bezak san’atiga oid asarlarida xalq madaniyati va turmush tarsi o’z aksini topgan. San’atning bu turi juda qadimiy bo’lib, asrlar osha rivojlanib, takomillashib kelgan. Bizning davrimizda ham amaliy bezak san’ti rivojlanib, shuhrati dunyoga mashhur bo’lib bormoqda. Bu san’at namunalari Samarqand, Buxoro, Xiva, Toshkent kabi shaharlardagi muzeylarning doimiy ko’rgazmasidan joy olgan. O’zbekistonning amaliy bezak san’atida rang va naqsh ramziyligi alohida o’rin tutadi. Qaysi bir tasvirni olmaylik, uning zaminida albatta biror bir ramziy ma’no bor. Bugungi kunda kelin-kuyovlar, to’ybolalar, yubileylar ulkan yutuqqa erishganlarga zarchopon kiydirish odat tusiga kirib bormoqda. Andijonlik bokschi Muhammadqodir Abdullayev Mustaqil O’zbekiston tarixida birinchi bor Olimpiada chempioni bo’lib, zarchopon kiyganida har bir o’zbekistonlikning g’ururlanganligi amaliy san’atning bu turi o’zbek xalqining iftixoriga aylanganligidan dalolatdir. O’zbek amaliy bezak san’atidan namunalar. Ayvon naqshi So’zana Do’ppi So’zana So’zlarga ta’rif berish maqsadida, oldindan tayyorlab qo’yilgan kartochkalar o’quvchilarga tarqatiladi. 1-kartochka Minora- sharq me’morchiligida keng qo’llanilgan baland inshoot. Buxorodagi Minorai Kalon. Mustahkamlash. 1. Amaliy bezak san’ati namunalari qanday buyumlarga tushirilgan? 2. Ularning namunalarini qayerlarda uchratish mumkin? Uyga vazifa: Tabiiy shakllardan foydalanib so’zana rasmini chizish kelish. Download 176.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling