Mavzu: O‘zbekiston gimnastikasining rivojlanish tarixi


-yilgacha bo’lgan davrda gimnastika


Download 414.5 Kb.
bet13/21
Sana12.03.2023
Hajmi414.5 Kb.
#1265439
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21
Bog'liq
O‘zbekiston gimnastikasining rivojlanish tarixi

1917-yilgacha bo’lgan davrda gimnastika


1879-yilda Toshkentda ochilgan o’lkada yagona pedagogika bilim yurti Turkiston o’lkasidagi rus va rus-tuzem maktablari uchun o’qituvchilar tayyorlagan. Ular jismoniy tarbiya to’g’risida eng oddiy tasavvurga ega bo’lishgan. O’quv rejasida ko’rsatilgandek, talabalarning gimnastik mashqlari saflanish, erkin harakatlar, gimnastika o’yinlari va gimnastik jihozlarda bajariladigan mashqlardan iborat bo’lgan.


1880-yilda maxsus ta’lim hay’ati Turkiston o’lkasidagi cherkov qoshidagi to’rt yillik bilim yurti uchun dastur ishlab chiqdi.Ushbu dasturga muvofiq rus tili, arifmetika, geografiya, toza yozish va chevarlikni o’rganish darslari bilan bir qatorda, gimnastika mashg’ulotlaridan dars
o’tish nazarda tutilgan edi. Biroq bu dastur uch yillik o’quv jarayoniga mocljallangan dasturga almashtirildi. Yangi dasturda gimnastikaga o’rin topilmadi. O’sha paytda gimnastika boshlang’ich bilim yurtlarda o’tilar, ammo mutaxassislarning yetishmashgi, dars o’tish xonalari va sport jihozlari yo’qligi sababli darslar mukammal darajada o’tilmasdi. Gimnastika mashg’ulotlari faqat Toshkentdagi erkaklar gimnaziyasida muntazam ravishda o’tkazilardi. Gimnaziyalarda jismoniy tarbiya darslarini zaxiradagi harbiy zobitlar o’tishgan.
1904-yilda Toshkentda «Gimnastika va jismoniy tarbiya havaskorlari jamiyati» tuzilib, uning nizomida gimnaziya talabalari jamiyatga a’zo bo’lish huquqidan mahrum ekanligi qayd etilgan. Gimnastika tushunchasiga yugurish, sakrash va irg’ilish mashqlari kirgan.
Toshkentda shved va fransuz gimnastikasi o’qituvchilarini tayyorlash bo’yicha qisqa muddatli o’quv kurslari tashkil etilib, ularda o’qish haqi juda baland bolgan. Shu sababli kurs tinglovchilarini soni 10-15 nafardan iborat boclgan.
1910-yil 26-dekabrdan 1911 -yilning 2-yanvarigacha «Bilim yurtlar o’qituvchilarining birinchi Turkiston qurultoyi»da jismoniy tarbiya muammolari ko’rib chiqilib, jismoniy tarbiya bo’yicha maxsus sho’balar ochilgan, mundarijalari, dars soatlari, o’qitish uslubiyatlari bo’yicha tavsiyalar ishlab chiqildi. Ushbu qurultoy qatnashchilari jismoniy tarbiya darslari erkak va ayollar bilim yurtlari uchun majburiyligini ta’kidlab o’tdi.
Toshkentga 1912-yildan boshlab Peterburg, Varshava, Moskva shaharlaridan gimnastika sporti bo’yicha murabbiylar kela boshladilar. Harbiy okrug bosmaxonasining ishchilari gimnastika sho’basini tashkil etishdi.
1912-yilda Stokgolm shahrida o’tadigan Olimpiada o’yinlarida ishtirok etish uchun Rossiya terma jamoasini saralash musobaqasi Turkiston (Toshkent)da bolib o’tgan. Ushbu sana O’zbekistonda sport gimnastikasini bunyod etilgan kuni deb hisoblanadi. Keyin Qo’qon, Farg’ona va Samarqand shaharlarida gimnastika jamiyatlari tuzilgan.
1912-yilda Toshkentlik gimnastlar Moskvada o’z mahoratlarini namoyish etishgan. 1915- yilda Toshkentda ayollar gimnastikasi bo’yicha o’quv kurslari ochildi. Shu kurslarni tugatgan Polina Garfung O’zbekistonda gimnastikani rivojlanishiga katta hissa qo’shgan. Oktabr inqilobidan so’ng gimnastika ommaviy tarzda rivojlangan. Aholini jismoniy va sport orqali sog’lomlashtirish davlat ishiga aylangan. Shu tarzda gimnastika Buxoro, Kattaqo’rg’on, Namangan, Urganch shaharlariga tarqala boshlagan.



  1. Download 414.5 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling