avtomobil yo‘llarini mukammal ta’mirlash — avtomobil yo‘llarining ishonchliligi va qulayligini ta’minlashga qaratilgan foydalanish ko‘rsatkichlarini yaxshilash maqsadida tiklashga oid ta’mirlash-qurilish ishlari majmui. Bunda yo‘l to‘shamasi va qoplamasi, yer ko‘tarmasi va yo‘l inshootlarining ish imkoniyatini tiklash va oshirish ishlari bajariladi, eskirgan konstruksiyalar va detallar almashtiriladi yoki ular mustahkamroq, chidamli va tejamli konstruksiyalar va detallar bilan almashtiriladi, zarur hollarda ta’mirlanayotgan avtomobil yo‘li uchun belgilangan toifaga to‘g‘ri keladigan normalar doirasidagi harakat jadalligi va avtomobillar o‘qiga tushadigan og‘irliklar o‘sib borishini hisobga olgan holda yo‘lning asosiy uzunligidagi yer ko‘tarmasini kengaytirmasdan avtomobil yo‘lining geometrik parametrlari (rejasi, bo‘ylama kesimi va shu kabilar) oshiriladi;
(6-bandning beshinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 352-sonli qaroriga asosan chiqarilgan — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 566-modda)
Do'stlaringiz bilan baham: |