avtomobil yo‘llarini texnik ko‘zdan kechirish — mavsumiy (bahor va kuz davrlari) o‘tkaziladi, uning natijalari bo‘yicha harakat xavfsizligini tashkil etish, avtomobil yo‘llarining transport-foydalanish sifatlarini oshirish va uning geometrik elementlarini va yo‘l inshootlarini yaxshilash bilan bog‘liq bo‘lgan chora-tadbirlarning to‘liq ro‘yxati ishlab chiqiladi;
avtomobil yo‘llari tashxisi — avtomobil yo‘llari holati bo‘yicha axborot to‘plash tizimida asosiy element hisoblanadi hamda ko‘rib chiqilayotgan davrda avtomobil yo‘llarining texnik holatini aniqlashni, muayyan davr o‘tgandan keyin avtomobil yo‘li qanday texnik holatda bo‘lishini prognozlashtirishni, avtomobil yo‘llaridagi u yoki bu nuqsonlar kelib chiqishining birlamchi sabablarini aniqlashni o‘z ichiga oladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |