Mavzu: O’zbekiston hududining yo‘l-iqlim mintaqalari va ularning o‘ziga xosliklari. Reja
Download 31.17 Kb.
|
O’zbekiston hududining yo‘l-iqlim mintaqalari va ularning o‘ziga xosliklari
(V bo‘lim matni O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 31-dekabrdagi 352-sonli qarori tahririda — O‘R QHT, 2011-y., 52-son, 566-modda)
VI. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini saqlash 22. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini saqlash vazifasi — yilning istalgan vaqtida uzluksiz va xavfsiz avtomobil harakatini ta’minlash shartlari bo‘yicha yo‘l qo‘yiladigan talablarga muvofiq saqlashni ta’minlaydigan ularga doimiy qarashni ta’minlashdan iborat. 23. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini saqlash ishlari tasdiqlangan smetalarga muvofiq avtomobil yo‘lining uzunligida butun yil davomida uning barcha elementlari va inshootlari bo‘yicha muntazam ravishda amalga oshiriladi. 24. Avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarini saqlash quyidagi ishlarni o‘z ichiga oladi: a) yer ko‘tarmasi va suv kyetkazish tizimi bo‘yicha: ajratilgan mintaqani, yo‘l chetlarini, nishabliklarni va ajratuvchi tasmalarni muntazam ravishda ozoda va tartibli saqlash, chiqindilardan va begona buyumlardan tozalash, tekislash; kesilgan qoldiqlarni yig‘ishtirib olgan holda o‘tlarni o‘rib olish va butalarni kesish, nojoiz o‘simliklarni kimyoviy usul bilan yo‘q qilish, yo‘l chetlarini chang va iflosliklardan tozalash; suv kyetkazish tizimini muntazam ravishda ish holatida saqlash, yo‘l chetidagi ariqlarni va suv ketadigan zovurlarni tozalash va qiyalab tekislash, ularning mustahkamlangan joylari nuqsonlarini tuzatish yomg‘ir kanalizatsiyasi, drenaj qurilmalari, ko‘prik va quvurlarning suv kirish-chiqish o‘zanlari, tez oqar suv o‘tkazgichlar va suv tushirgichlarning mayda nosozliklarini bartaraf etish; ko‘tarma va o‘ymalarning nishabliklari nosozliklarini tuzatish va tekislash (zaruriyat bo‘lsa tuproq qo‘shgan holda); mustahkamlanmagan yo‘l chetlarini qirqish, tekislash va zichlash, mustahkamlangan yo‘l chetlaridagi buzilishlar va shikastlanishlarni bartaraf etish; belgilanmagan joylardagi kirish va chiqish joylarini tugatish, yozgi traktor yo‘llarini qurish va qiyalab tekislash; tabiiy muhitni muhofaza qilishni ta’minlash chora-tadbirlarini bajarish, avtomobil yo‘llarining yo‘loldi tasmasini qurish va belgilash; b) yo‘l to‘shamasi bo‘yicha: yo‘l qoplamasini chiqindi, chang va iflosliklardan, qor, muzdan muntazam ravishda tozalash, begona buyumlarni yig‘ishtirish, qum va sirpanchiqqa qarshi aralashmalar sepish yo‘li bilan avtomobil yo‘llarining qatnov qismi muzgarchiligi va sirpanchiqligini bartaraf etish, shuningdek bitumning terlashi natijasida hosil bo‘lgan sirpanchiqlikni bartaraf etish; yo‘llarni changsizlantirish; qabariqli va kuchsiz tuproqli yo‘l uchastkalariga qarash (vaqtinchalik to‘sish va harakatni tartibga solish, shchitlar, taxtalar, shox-shabbalar va boshqa materiallar bilan yopish, shuningdek zaruriyati bo‘lmaganda ularni yig‘ishtirib olish); lokal kartalar bilan mayda zarrali yuza qatlam vositasida yoriqlar va yoriqlarning to‘rlari kuchayishining oldini olish va ularni to‘xtatish; sement-beton qoplamalar plitalarining parchalangan va singan joylarini yuza yemirilishlardan ta’mirlash; shag‘alli, chaqiq toshli va tuproqli qoplamalarning kesimini to‘g‘rilash; v) sun’iy inshootlar bo‘yicha: ko‘prik ko‘tarmasi elementlarini, fermaosti maydonchalarni, tayanch qismlarni, oraliq qurilmalar elementlarini, taxta zinalarni, tayanchlar, quvurlar, tonnellar va boshqa inshootlarni chang va ifloslikdan tozalash; konuslar, nishabliklar, ko‘prikosti o‘zanlarni, shuningdek suv o‘tkazish quvurlarning o‘zanlarini va quvurlar ustidagi ko‘tarmalar nishabini tozalash (shu jumladan o‘simliklardan tozalash); toshqin suvlarini o‘tkazib yuborish, qor va muzni yig‘ishtirib olish, tozalash inshootlariga qarash va ularga xizmat ko‘rsatish, avtomobil yo‘llari va inshootlarini suv toshqinidan himoya qilish, tiqilib qolgan joylarni tozalash, toshqinga qarshi tadbirlar; tayanchlar va oraliq qurilmalarning metall konstruksiyalari elementlarini qisman bo‘yash, nuqsonli mixparchinlarni almashtirish, boltlarni tortish, metalldagi yoriqlarni ta’sir ko‘rsatmaydigan holatga keltirish, to‘sinlarning temir-beton plitalar bilan birlashadigan joylarini va ferma bog‘lamlarini tiklash; tonnellardan xavfsiz foydalanish uchun lokal uchastkalarda tonnellarning shikastlangan qoplamalarini va suv kyetkazish novlari, gidroizolatsiya, ventilatsiya va yoritish tizimi, yong‘inni o‘chirish, avariyaga qarshi va boshqa texnik qurilmalar shikastlanishlarini bartaraf etish; ko‘prik ko‘tarmasining barcha elementlarini hamda ko‘tarma bilan tutashib ketadigan zonani, fermaosti maydonchalarni, tayanch qismlarni, oraliq qurilmalarni, tayanchlarni, konuslar va boshqaruvchi inshootlarni, borish joylari va taxta zinalarni qor va muzdan tozalash; g) avtomobil yo‘llarini jihozlash va harakat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha: belgilarga qarash, shikastlangan yo‘l belgilarini almashtirish va yetishmayotganlarini yangidan o‘rnatish; avtobus bekatlarini, piyodalar o‘tish joylari, dam olish maydonchalari, yo‘l belgilari uchun konstruksiyalar, to‘siqlar, yo‘naltiruvchi qurilmalar, shiyponchalar va ularning jihozlari elementlari, shuningdek shovqindan himoya qiladigan qurilmalarni bo‘yagan holda ozoda va tartibli saqlash, avtomobil yo‘llarini me’moriy-badiiy bezashning shikastlangan ayrim elementlarini tuzatish, ushbu elementlarga kerakli tarzda qarash, hojatxonalar, yo‘l-ta’mirlash punktlari, yo‘l ustalari uylarini tozalash; shiyponchalar, o‘rindiqlar, pannolar va boshqalarni o‘rnatish hamda bo‘yagan holda ozoda va tartibli saqlash, ichimlik suv manbalari va artezan quduqlar qazish, ularni ozoda va tartibli saqlash; harakatni hisobga olish punktlarini saqlash, tiklash va yangidan qurish, yo‘l konstruksiyasining va avtomobil yo‘li ishini o‘rganish uchun zarur bo‘lgan boshqa qurilmalarning, avtomobil yo‘lining alohida elementlari va inshootlarining holatini baholash; avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlarining balans qiymatiga kiritilgan tarozida tortishni nazorat qilish punktlarini, suv o‘lchash postlarini, meteorologik punktlarni, ob-havo sharoitlari va harakat shart-sharoitlari monitoringi tizimini, texnologik va signal beruvchi-chaqiruvchi aloqani, kabel tarmog‘ini, shuningdek svetofor obyektlarini, harakatni tashkil etish vositalarini, harakatni dispetcher orqali va avtomatlashtirilgan boshqarish vositalarini saqlash; avtomobil yo‘llari va yo‘l inshootlari balansiga kiritilgan yo‘llarni elektr bilan yoritish liniyalarini, ko‘priklar, yo‘l o‘tkazgichlar, tonnellar, transport yechimlari, parom kechuvlari va boshqa inshootlarni saqlash, transformatorlarni taftish qilish, yoritish uchun sarflangan elektr energiyasiga haq to‘lash; xizmat qilish muddatini o‘tab bo‘lgan vertikal va gorizontal yo‘l belgilarini, shu jumladan sun’iy inshootlar elementlaridagi yo‘l belgilarini o‘chirish, eskirganlarini tiklash va yangidan chizish; yo‘l to‘siqlari va yo‘naltiruvchi qurilmalarni tuzatish, avtomobil yo‘lini jihozlash elementlari va belgilariga qarash; avtobus bekatlari, pavilonlar, yo‘lkalar va dam olish maydonchalarini qor va muzdan doimiy ravishda tozalash. Download 31.17 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling