Mavzu: O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida


O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo‘nalishlari


Download 52.97 Kb.
bet6/8
Sana05.01.2022
Hajmi52.97 Kb.
#214194
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1mavzu

O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy rivojlanishining ilmiy-metodologik asoslari va ustuvor yo‘nalishlari.

«Kuchli davlatdan kuchli fuqarolik jamiyati sari» konseptual tamoyil va uning mohiyati. O‘tgan asrning 80-yillari oxiri 90-yillar boshida totalitar tuzumdan endigina xalos bo‘lgan, o‘z mustaqilligini qo‘lga kiritgan O‘zbekistonda yangi jamiyat va davlatni bunyod etish islohotlarining jahon tajribasining qanday yo‘lidan borishi hali aniq va ravshan emas edi. Lekin, mamlakat rivojining bosh yo‘li tanlandi. O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati va huquqiy davlat barpo etish islohotlari eng murakkab va mashaqqatli sinovlardan o‘tdi. Chunki, mamlakatda eskidan meros bo‘lib qolgan davlatchilik an’analari va totalitar jamiyat asoratlari hali saqlanmoqda edi. Shuningdek, xalqning ham hali yangi jamiyat qurish va uni tashkil etishga doir tajribasi kam, ruhiyati va siyosiy madaniyati esa fuqarolik jamiyati to‘g‘risidagi tasavvurlardan ancha uzoq edi.

O‘zbekistonda o‘tish davri uchun davlat qurilishi, bozor iqtisodiyotini shakllantirish, fuqarolik jamiyati qurish, umuman, jamiyatning barcha sohalarini isloh qilish jarayonlarini beshta asosiy prinsip asosida amalga oshirishning “O‘zbek modeli” konsepsiyasining ishlab chiqilishi bo‘ldi. Bu beshta asosiy prinsiplarning mohiyati quyidagicha ifodalandi:

«birinchidan, iqtisodiy islohotlar hech qachon siyosat ortida qolmasligi kerak, u biror mafkuraga bo‘ysundirilishi mumkin emas. Buning ma’nosi shuki, iqtisodiyot siyosatdan ustun turishi kerak. Ham ichki, ham tashqi iqtisodiy munosabatlarni mafkuradan holi qilish zarur;

ikkinchidan, davlat bosh islohotchi bo‘lishi lozim. U islohotlarning ustuvor yo‘nalishlarini belgilab berishi, o‘zgartirishlar siyosatini ishlab chiqishi va uni izchillik bilan o‘tkazishi, jaholatparastlar (retrogradlar) va konservatorlar qarshiligini bartaraf etishi shart;

uchinchidan, qonun, qonunlarga rioya etish ustuvor bo‘lishi lozim. Buning ma’nosi shuki, demokratik yo‘l bilan qabul qilingan yangi Konstitutsiya va qonunlarni hech istisnosiz hamma hurmat qilishi va ularga og‘ishmay rioya etishi lozim;

to‘rtinchidan, aholining demografik tarkibini hisobga olgan holda kuchli ijtimoiy siyosat o‘tkazish. Bozor munosabatlarini joriy etish bilan bir vaqtda aholini ijtimoiy himoyalash yuzasidan oldindan ta’sirchan choralar ko‘rilishi lozim. Bu bozor iqtisodiyoti yo‘lidagi eng dolzarb vazifa bo‘lib keldi va bundan keyin ham shunday bo‘lib qoladi;

beshinchidan, bozor iqtisodiyotiga o‘tish ob’yektiv iqtisodiy qonunlarning talablarini hisobga olgan holda, o‘tmishdagi «inqilobiy sakrashlar»siz, ya’ni evolyusion yo‘l bilan, puxta o‘ylab, bosqichmabosqich amalga oshirilishi kerak.

O‘zbekistondagi fuqarolik jamiyati barpo etish ham milliy, ham rivojlangan demokratik mamlakatlar tajribasida obdan sinalgan demokratik qadriyatlar asosida amalga oshirishga muhim ahamiyat berildi. Chunki, demokratik qadriyatlar nafaqat xalqaro tajriba va sinovlardan o‘tganligi uchun, balki o‘zbek xalqining milliy manfaatlariga mos kelganligi uchun ham islohotlar jarayonlariga tatbiq etila boshlandi.

O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati qurish islohotlarini yanada chuqurlashtirish, unga mutanosib ravishda huquqiy davlat qurish maqsadlaridan kelib chiqib jamiyatning siyosiy sohasini erkinlashtirish (liberallashtirish) konsepsiyasini ishlab chiqdi va uning quyidagi yo‘nalishlari belgilab berdi:

mamlakat siyosiy hayotining barcha sohalarini, davlat va jamiyat qurilishini erkinlashtirish;

mamlakat siyosiy hayotida haqiqiy ma’nodagi ko‘ppartiyaviylik muhitini qaror toptirish;

nodavlat notijorat tuzilmalar, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining faoliyatini yanada mustahkamlash va rivojlantirish;

jamiyatda fikrlar xilmaxilligi va qarashlar rangbarangligi, ularni erkin ifoda etish sharoitini ta’minlash;

inson huquqlari va erkinliklarini, odamlar ongida demokratik qadriyatlarni yanada mustahkamlash va rivojlantirish.

Fuqarolik jamiyatini shakllantirishda davlatning bosh islohotchilik o‘rni. birinchidan, mamlakatda huquqiy davlat qurish demakdir. Chunki, faqat huquqiy davlat sharoitidagina fuqarolik jamiyati qurish uchun shartsharoitlar yaratiladi. O‘z o‘rnida, huquqiy davlat ham o‘z shakllanish jarayonida fuqarolik jamiyati sari rivojlanish natijalaridan oziqlanadi. Huquqiy davlat va fuqarolik jamiyati – bu bir medalning ikki tomonidir: bu ikki tomon bir butunlikni tashkil etadi. Ikkinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining shakllanishi va yashashi uchun huquqiy asoslarning yaratib berilishidir. Uchinchidan, fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanib, bo‘y cho‘zishi uchun davlat tomonidan ularni ijtimoiyiqtisodiy jihatlardan muhofaza qilish demakdir; To‘rtinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu fuqarolik jamiyatining shaklanishi va rivojlanishi uchun davlat tomonidan ijtimoiysiyosiy va iqtisodiy barqarorlikni ta’minlanishidir. Chunki, fuqarolik jamiyati faqat va faqat ijtimoiy barqaror muhitdagina shakllanadi yoki rivojlanadi; Beshinchidan, davlatning bosh islohotchiligi – bu davlat tomonidan fuqarolik jamiyatining iqtisodiy tayanchi o‘rta sinfni shakllantirish siyosatini olib borishdir. Chunki, fuqarolik jamiyati g‘oyasi, uni shakllantirish o‘rta sinf tashabbusi bilan boshlangan edi. Qolaversa, o‘rta sinf jamiyatda ko‘payib borishiga mutanosib ravishda fuqarolik jamiyatining institutlari rivojlanib boradi.

Albatta, O‘zbekistonda davlatning bosh islohotchiligi natijasi o‘laroq nafaqat fuqarolik jamiyati, balki huquqiy davlat ham shakllanadi. Huquqiy davlat unsurlari paydo bo‘lishi bilan fuqarolik jamiyati tuzilmalari shakllana boshlaydi. Shuning uchun ham fuqarolik jamiyatini yaxshi idrok etish uchun “huquqiy davlat” tushunchasini bilishga ehtiyoj tug‘iladi.

O‘zbekistonda ham Milliy mustaqillikning ilk davridan boshlab ijtimoiy huquqiy davlat qurish asosiy strategik maqsad darajasiga ko‘tarildi. Mamlakatdagi iqtisodiy, siyosiy ijtimoiy islohotlarning bosqichmabosqich rivojlanib borishining asosiy sabablaridan biri ham kuchli ijtimoiy siyosatni qo‘llashga muhim ahamiyat berilganligidir. Shu tufayli ham jamiyatda ijtimoiy barqarorlik ta’minlanib, davlatning islohotlarni izchillik bilan o‘tkazishi uchun shartsharoitlar tug‘ildi. Keyingi davrlarda MDH davlatlari rahbarlarining ko‘pchiligi O‘zbekistonning bu sohadagi tajribasidan keng foydalana boshladi.

Davlat hokimiyatini yangidan shakllantirish uchun, avvalo, yetuk va rivojlangan davlatlardagi siyosiy tizimning tuzilishi va amal qilish prinsiplarini shakllanish tajribasi va tarixiy milliy an’analar asos qilib olindi. Respublikada Milliy mustaqillik asoslarini yaratishga doir islohotlar jahondagi ilg‘or rivojlangan mamlakatlar tajribasi va o‘zbek xalqi mentalitetiga xos bo‘lgan an’analarni uyg‘unlashtirish asosida kecha boshladi. Mamlakatda davlatning bosh islohotchi sifatida yangi jamiyat qurishning milliy va demokratik qadriyatlarga doir huquqiy asoslarining yaratish sohasidagi faoliyati muhim strategik maqsadga fuqarolik jamiyati institutlarini shakllantirish va rivojlantirishga qaratildi.

Xulosa qilib aytganda, O‘zbekiston sobiq ittifoq davrida ham milliy, ham yakkahokim mafkura zulmi ostida yashadi. Totalitar tuzum O‘zbekistonda bir necha ming yillar mobaynida rivojlanib kelgan milliy qadriyatlar va milliy madaniy merosni butunlay inkor etib keldi. Sotsializm davrida fuqarolik jamiyatining oddiy bir unsurlari ham shakllanmadi. Jamiyatni partiya va davlat o‘z ichiga «yutib» yuborgan edi. Totalitar tuzumdan qolgan mutelik ruhiyati mustaqillik davrida ham doimo o‘zini namoyon qilib keldi.

Milliy mustaqillikning dastlabki davridan boshlab O‘zbekistonda fuqarolik jamiyati institutlarini shakllanishining huquqiy asoslarini yaratishga kirishildi. Sobiq ittifoq davrida partiya tevaragida faoliyat yuritgan jamoat birlashmalari, ijodiy uyushmalar, turli jamg‘armalar mafkuraviy mazmunlardan xalos etildi, ularning aksariyat qismi qaytadan tashkil etildi. Shuningdek, O‘zbekiston uchun butunlay yangi bo‘lgan ko‘p partiyaviylik tizimining hamda turli ijtimoiysiyosiy va milliy nodavlat notijorat tashkilotlarning shakllanish davri boshlandi.



O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirishning Harakatlar strategiyasi milliy taraqqiyotimizning yangi bosqichi.

Mamlakatimizda Prezidentimiz SHavkat Mirziyoevning bevosita tashabbusi va rahbarligida qabul qilingan hamda izchil amalga oshirilayotgan O‘zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi taraqqiyotning yangi bosqichini boshlab berdi. Bu jarayonning amaliy natijalari, belgi va xususiyatlari bugungi kunda hayotimizning barcha jabhalarida, eng muhimi, xalqimizning ongu tafakkuri, intilish va harakatlarida yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. SHu ma’noda, Harakatlar strategiya­si O‘zbekistonni tez sur’atlar bilan o‘zgarayotgan zamon talablari asosida jadal rivojlantirishning ilmiy-nazariy, amaliy-konstruktiv asoslarini belgilab beradigan, tarakqqiyotning yangi davri uchun mo‘ljallangan muhim dasturilamaldir, desak, ayni haqiqat bo‘ladi.

Harakatlar strategiyasi odamlarni ochiqlik, oshkoralik, shaffoflik muhitida yashash va ishlashga da’vat etmoqda. Har bir soha faoliyati ulkan ta’sir kuchiga ega bo‘lgan, fuqarolik jamiyatining ajralmas bir qismi bo‘lgan jamoatchilik nazorati ostida rivojlanishi zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda. Bunday muhitda insonning dav­lat, jamiyat va o‘zi oldida mas’uliyatni to‘la xis etib yashashi, so‘zi bilan ishi bir bo‘lishiga rioya etish fazilatlari asosiy mezon sifatida namoyon bo‘ladi. Harakatlar stra­tegiyasi O‘zbekistonda huquqiy demokratik asosdagi xalq davlatini barpo etish yo‘lini har tomonlama asoslab beradigan hujjat hisoblanadi.

Mamlakatimiz Prezidenti SHavkat Mirziyoev davlat rahbari sifatidagi dastlabki nutq va ma’ruzalaridayoq “Xalq davlat idoralariga emas, balki davlat idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak”, “Xalq boy bo‘lsa, davlat ham boy va qudratli bo‘ladi” degan g‘oyalarni o‘rtaga tashladi. Bu g‘oyalar mamlakatimiz konstitutsiyasida belgilab qo‘yilgan "Xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbaidir" degan qoidaga har tomonlama mos bo‘lib, uning mantiqiy rivoji, amaliy natijasini ifoda etadi. YA’ni, xalq davlat hokimiyatining birdan-bir manbai bo‘lsa, bu hokimiyatni amalga oshiradigan davlat idoralari avvalo kimga xizmat qilishi kerak? Albatta, birinchi navbatda xalqqa xizmat qilishi lozim.

SHu nuqtai nazardan qaraganda, davlatimiz rahbarining yuqorida zikr etilgan g‘oyalari ham mantiqiy jihatdan to‘liq konstitutsiyaviy mazmun va mohiyatga ega bo‘lib, ular O‘zbekistonda barpo etilayotgan davlat va jamiyat mazmunini yanada aniqlashtiradi. YA’ni, biz barpo etayotgan huquqiy demokratik davlatning birinchi o‘rinda turadigan qadriyati adolat, huquq, demokratiya va xalq manfaatidir. CHunki xalqning hoxish-irodasi huquq va qonunlarni belgilaydi. Xalqning erkin, tinch, ozod va farovon yashashi, shu g‘oyalarni himoya qilib, mustahkamlab, o‘zaro tenglik asosida oldinga intilishi demokratiyadir.

Bir so‘z bilan aytganda, bugungi kunda mamlakatimizda mazmunan yangi davlat, yangi jamiyat tarkib topayotgan ekan, unga mos yangi qadriyat va munosabatlar tizimi shakllanishi ham tabiiydir. Hozirgi vaqtda qabul qilinayotgan qonunlar, farmon va qarorlar ana shu ulkan o‘zgarishlarga yangi turtki va yo‘nalish bermoqda.

Ijtimoiy-siyosiy hayotimizga yangi iboralar, xususan, "xalq bilan muloqot", "elektron hukumat", "xalq qabulxonalari", "virtual qabulxona", "Prezident portali", "tanqidiy tahlil", "qat’iy tartib-intizom", "adolat qo‘rg‘oni", "adolat va ma’naviyat", "arzon uylar", "texnoparklar", "o‘z bolangni o‘zing asra", "parlament nazorati", "yo‘l haritasi", "kafolatlangan xavfsizlik", "kitobxonlik ko‘nikmasi", "profilaktika" va boshqa so‘zlar kirib keldi hamda xalqimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurdi.

Biz bugun ajdodlarimiz ming-ming yillardan beri orzu qilgan, ammo amalga oshira olmagan, adolat, tinchlik, obodlik, farovonlik kabi qadriyatlar mujassami bo‘lgan chinakam xalq davlatini barpo etishga kirishdik. Biz nazarda tutayotgan davlat yuqorida ta’kidlanganidek, "huquqiy demokratik davlat" tushunchasiga to‘la hamoxangdir.

O‘zbekistonda 2016 yil 4 dekabrda bo‘lib o‘tgan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti saylovidan keyin xalq davlatining mustahkam poydevorini qurish, demo­kratik imkoniyatlarni kengaytirish, qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyatining mustaqil hokimiyat sifatida faoliyat olib borishi bo‘yicha asosiy talabdan kelib chiqadigan bosh tamoyil xalqqa xizmat qilish va uning oldida hisob berish masalasi kun tartibiga qo‘yildi. Agar ana shu tamoyilga amal qilinmasa, har qanday hokimiyat faqat byurokratik tuzilmadan iborat bo‘lib qolishi xaqli ravishda ta’kidlab kelinmoqda. Xaqiqatan ham, xalqka yaqinlashish, uning ichiga kirib, eng dolzarb muammolarini xal etish, elu yurt dardu tashvishlari bilan yashash har qanday hokimiyatning borligini bildiradi. CHunki u shu tariqa hokimiyatning birdan-bir manbai bo‘lgan xalq tomonidan e’tirof etiladi, qo‘llab-quvvatlanadi.

Bugungi kunda Prezidentimiz tomonidan "Buyuk kelajagimizni mard va oliyjanob xalqimiz bilan birga quramiz" degan ezgu va hayotbaxsh shior asosida olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli har bir kunimiz inson manfaatlarini ta’minlash, fuqarolar xaq-huquqlarini kafolatli himoya etish, odamlarni rozi, baxtli, saodatli qilishga qaratilgan yangi, qudratli o‘zgarishlar ruhida kechmoqda. O‘zbekiston jamiyati sifat jihatidan mutlaqo yangi davrga qadam qo‘ymoqda.




Download 52.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling