Mavzu: O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida
Download 52.97 Kb.
|
1mavzu
Taraqqiyot strategiyasi markazi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining farmoyishi bilan 2017 yil 14 fevralda mamlakatimizda keng ko‘lamda amalga oshirilayotgan Harakatlar strategiyasi samaradorligini ta’minlash maqsadida 'Taraqqiyot strategiyasi" markazi tashkil etildi. Ushbu markaz nohukumat va notijorat tashkilot bo‘lib, uning faoliyati doirasiga quyidagi yo‘nalish va vazifalar kiradi:
Harakatlar strategiyasida belgilangan chora-tadbirlarning amalga oshirilish jarayonlarini ularning bajarilishi bo‘yicha mas’ul komissiya bilan hamkorlikda qo‘llab-quvvatlash; harakatlar strategiyasi doirasida amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha xalqaro tashkilot va ekspertlar fikrlarini baholash, shuningdek, xalqaro tajribalar, jahon standartlarini o‘rganib borish; amalga oshirilayotgan tadbirlarning keng jamoatchilik va ekspertlar ishtirokidagi muhokamasini tashkil etish; Harakatlar strategiyasida belgilangan tadbirlarni samarali amalga oshirish bo‘yicha asoslangan taklif va tavsiyalar ishlab chiqish. "Taraqqiyot strategiyasi" markazining eng muhim vazifalaridan biri Harakatlar strategisida belgilangan eng muhim chora-tadbirlarning bajarilishini tizimli monitoring qilib borish hamda har bir yo‘nalish bo‘yicha guruhlarga asoslangap tavsiyalar ishlab chiqishdan iborat. Markaz 2017 yil 23 fevral kuni Adliya vazirligida davlat ruyhatidan o‘tdi. Davlat dasturi ijrosi doirasida ishlab chiqiladigan barcha qonunlar va boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar loyihalari Markaz qoshida dastlabki ekspertlik muhokamasidan o‘tkazilishi amaliyoti joriy etilmoqda. Jumladan, Markazda O‘zbekiston Respublikasi Qonunchilik palatasi va ekspertlar ishtirokida "Jamoatchilik nazorati to‘g‘risida" va "Jismoniy va yuridik shaxslar murojaatlari to‘g‘risida"gi qonun loyihalarining keng muhokamasi o‘tkazildi. Tashqi ishlar vazirligi va Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili (Ombudsman) tomonidan taqdim etilgan qonunlar loyihalari bo‘yicha muhokamalarda Markaz vakillari ishtirok etishdi. SHu bilan birga, Harakatlar strategiyasini amalga oshirishga oid Davlat dasturida ko‘zda tutilgan tadbirlarning amalga oshirilishida Markazning imkoniyatlaridan to‘liq, samarali va tizimli foydalanish mexanizmlarini joriy qilish, jumladan, yuqori malakali mutaxassislar bilan tahliliy va boshqa hujjatlarni ishlab chiqish maqsadida Markaz xuzurida Doimiy faoliyat yurituvchi ishchi maydon tashkil etildi va O‘zbekiston Milliy kutubxonasining axborot-kutubxona fondiga va etakchi xorijiy litsenziyaga ega axborot-kutubxona resurslari fondlariga elektron ulangan tizimdan foydalanish yo‘lga qo‘yildi. 1 Фуқаролик жамияти шаклланишини мониторинг қилиш институти жорий архиви. 2013 й. якунлари бўйича маъруза.-Б.3-5. 2 Шарифхўжаев М. Ўзбекистонда очиқ фуқаролик жамиятининг шаклланиши.-Шарқ, 2003. Б-20. 3 Бегматов А. Мустақиллик даврида фуқаролик жамияти асосларининг яратилиши ва эволюцияси. Ўзбекистоннинг энг янги тарихи масалалари. 2015 №1 66-бет. 46 Абу Носир Форобий.Фозил одамлар шаҳри.-Т.: А.Қодирий нашриёти. 1993, 190-б. 5 Низомулмулк. Сиёсатнома. Т.: Адолат,1997. 98-бет. 6 Гончаров Д. Нормативная дискуссия о гражданском обществе: основные направления. Москва. 2010. С. 86 7 Mirziyoev Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va olijanob xalqimiz bilan birga quramiz. –T.: “O‘zbekiston”, 2017, 103-bet. 8 Mirziyoev Sh.M. Tanqidiy tahlil, qat’iy tartib-intizom va shaxsiy javobgarlik – har bir rahbar faoliyatining kundalik qoidasi bo‘lishi kerak. –T.: “O‘zbekiston”, 2017, 45-bet. Download 52.97 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling