Mavzu: O‘zbekiston milliy taraqqiyotining yangi bosqichida


Mustaqil O‘zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi


Download 52.97 Kb.
bet5/8
Sana05.01.2022
Hajmi52.97 Kb.
#214194
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
1mavzu

Mustaqil O‘zbekiston Milliy taraqqiyot modelining ishlab chiqilishi.

Strategiya ijtimoiy, siyosiy, iqtisodiy islohotlarni amalga oshirishning bosh yo‘nalishi, barcha say-harakatlarning poydevori, davlat va jamiyat hayotidagi tub burilish davri uchun xos bo‘lgan boshqaruv san’ati mazmunini ifoda etadi. Strategiyaning bugungi kun uchun xos bo‘lgan ma’nosi hozirgi murakkab davrda O‘zbekistonning erkin va farovon davlat bo‘lishiga erishish, odamlar hayotini tubdan yaxshilash, baxtli turmushini, kafolatli tinchligini ta’minlash, har bir insonning ertangi kuniga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashdan iborat.

Jadal taraqqiyot jadal taraqqiyotga turt omil uyg‘unligi asosida erishiladi. Buning uchun eng avvalo tez rivojlanish sur’atlariga erishishni ta’minlaydigan etarli investitsiyalarga ega bo‘lish; ikkinchidan, puxta rejalashtirilgan taraqqiyot modeli va bu modelni uzluksiz amalga oshirishga qaratilgan mexanizm va "yo‘l haritalari" zarurligi, uchinchidan esa, ana shu yuksak sur’atlarni ta’minlashga qodir bo‘lgan inson kapitali, salohiyatli qadrlar, mutaxassislarning bo‘lishi, to‘rtinchidan esa, jadal rivoj­lanish modelini ro‘yobga chiqarishga qodir iroda, liderning jamiyatni etaklovchi kuchi va qat’iy azmu qarori taqozo etiladi. Mamlakatimizda ana shu omillarning barchasi bor.

«Yo‘l haritasi» biror bir maqsadga oqilona yo‘l bi­lan erishishning puxta ishlab chiqilgan rejasi, qabul qilingan qonunlar, farmon va qarorlarni samarali amalga oshirish, ko‘zlangan rejalar va muddaolarni ro‘yobga chiqarishning eng maqbul mexanizmi.

"Yo‘l haritasi" qonunlar va boshqa huquqiy me’yoriy hujjatlarning ochiq oshkora va shaffoflik bilan hayotga joriy etilishini ta’minlaydi.

Barqarorlik tinchlik, osoyishtalik va ijodiy mehnat muhiti qat’iy, uzil-kesil hamda mustahkam o‘rnatilgan muhim sharoit. Barqarorlik har qanday bunyodkorlik faoliyatining zamini va zaruriy sharti hisoblanadi.

Davlat suverenitetiga erishish natijasida mamlakatimiz o‘z sotsiomadaniy zaminlariga tayangan holda, rivojlanish imkoniyatlariga bevosita ega bo‘ldi. SHu munosabat bilan alohida ta’kidlab o‘tish joizki, har qanday yosh mustaqil davlat oldida o‘z istiqlolini ro‘yobga chiqarish uchun mamlakatning aniq shart-sharoitlari, ehtiyojlari, maqsadlarini qamrab oluvchi samarali siyosiy taraqqiyot modelini belgilab olish vazifasi turadi. Ushbu masalaning yuqori darajada hal etilishi mamlakatning izchil taraqqiyoti uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Har bir mamlakat konkret amaliyotidan kelib chiqqan holda, rivojlanish g‘oyasini qabul qilinishi ya’ni, taraqqiyotning konseptual asoslarini aniq belgilanishi bu o‘rinda hal qiluvchi ahamiyatga egadir.

OIjtimoiy fanlarda siyosiy taraqqiyotning turlari haqida fikr yuritilganda dastavval uni ikki katta turga ajratib ko‘rsatish ustuvorlik qiladi. Bu o‘rinda gap taraqqiyotning evolyusion va inqilobiy usullari haqida bormoqda.

Siyosiy taraqqiyotning evolyusion turi o‘z ichiga siyosiy taraqqiyotning bir qancha shakllarini qamrab oladi va ijobiy mohiyatga egadir.

Taraqqiyotning inqilobiy turi ko‘p hollarda salbiy oqibatlarga olib kelishi hamda u tufayli jamiyatda kuchli siyosiy inqirozlar, regress holatlari ro‘y berishini tajribalar isbotlagan.

Mustaqil O‘zbekiston Respublikasida jahonning ilg‘or tajribalarini inobatga olgan holda, ayni paytda, jamiyatimizning milliy negizlariga tayanib siyosiy taraqqiyotning evolyusion yo‘li tanlab olindi va bunday siyosiy taraqqiyot zaminini zamonaviy demokratiya g‘oyalari tashkil etdi.

Mazkur g‘oya asosida O‘zbekistonda huquqiy demokratik davlat va fuqarolik jamiyatini barpo qilishning o‘ziga xos ilmiy va amaliy asoslari shakllantirildi.

Mamlakatimiz istiqloli jamiyatimiz taraqqiyotining siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy, huquqiy va ma’naviy sohalarini o‘zida to‘liq mujassam etgan hamda zamonaviy rivojlanishning barcha prinsiplarini e’tiborga olgan taraqqiyot modelini yaratilishini ob’ektiv zarurat qilib qo‘ydi. SHu bilan bir qatorda, yosh mustaqil mamlakatimiz oldida islohotlarning dastlabki bosqichidayoq belgilab olingan bir qator vazifalar taraqqiyotning o‘ziga xos milliy modelini yaratishni yanada dolzarb qilib qo‘ygan edi. Ma’lumki, ushbu vazifalar quyidagi muhim jihatlarni o‘z ichiga qamrab oldi:

Ijtimoiy-siyosiy sohada: ma’muriy-buyruqbozlik, avtoritar tuzum mexanizmi va tuzilmalaridan qutilish hamda davlat qurilishining demokratik, huquqiy tamoyil va me’yorlariga o‘tish, fuqarolik jamiyatiga o‘tishning poydevorini qurish.

Ijtimoiy-iqtisodiy sohada: insonning ishlab chiqarish vositalaridan begonalashuvidan, rejali-taqsimotchilik tizimidan kechish va ko‘p ukladli iqtisodiyotga hamda bozor munosabatlariga o‘tish.

Ma’naviyat sohasida: aqidabozlik va o‘ta siyosatlashtirilgan mafko‘ra hukmronligidan qutulish, milliy ma’naviyatni shakllantirish.

Xalqaro munosabatlar sohasida: butun dunyo taraqqiyotidan ajralib qolishdan, o‘zni chetga olishdan va unga qarshi turishdan voz kechish, jahon hamjamiyatiga kirib borish va teng huquqli hamkorlikka yo‘l ochish.

Islohotlarning mazkur asosiy yo‘nalishlari orqali respublikamizda amalga oshirilayotgan o‘zgarishlarning murakkabligi va ulkan miqyoslarini tasavvur qilish mumkin. O‘zbekiston o‘z taraqqiyot yo‘lini o‘z xalqi tarixi va uning ongi-ruhiyatidan, aniq sharoitlaridan kelib chiqib tanladi.




Download 52.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling