Mavzu: O'zbekiston qishloq xo'jaligi geografiyasi agro sanoat majmuasi Agrosanoat majmuasi (asm)


Mavzu: O'zbekiston kurort- rekreasiya xo'jaligi geografiyasi


Download 209 Kb.
bet20/22
Sana06.04.2023
Hajmi209 Kb.
#1335232
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22
Bog'liq
O\'zbekiston geografiyasiююююю

Mavzu: O'zbekiston kurort- rekreasiya xo'jaligi geografiyasi
Xizmat ko`rsatish sohalari orasida rekreatsiya xizmati so`nggi yillarda keng rivojlanmoqda. Rekreatsiya (sayohat, hordiq chiqarish, sanatoriya-kurort) xizmati mehnat qilish jarayonida sarflangan kuch, energiyani tiklashda muhim omil hisoblanadi.
Rekreatsiya xizmatini rivojlanishi uchun zarur bo`lgan omillar:
- kundalik ehtiyojlaridan orttirgan mablag`;
- rekreatsiya resurslari;
- rekreatsiya xo`jaligi bo`lishi;
Rekreatsiya resurslari ikki xil, ya`ni tabiiy rekreatsiya hamda madaniy-tarixiy rekreatsiyaga bo`linadi. Tabiiy rekreatsiya resurslariga tabiiy sharoit va tabiiy boyliklari zaminida vujudga kelgan sharsharalar, g`orlar, buloqlar, so`lim tog` yonbag`irlari kiradi. Tabiiy muhiti keskin o`zgargan, tig`iz infrastruktura sharoitida aholining tabiat qo`ynida, maxsus dam olish maskanlarida hordiq chiqarishga ehtiyoji kuchaymoqda. Issiq avjiga chiqqan yoz oylarida tekisliklarda yashovchi aholi tog` maskanlariga oshiqadi. 
Tog`larimiz mo`tadil havosi, g`aroyib o`simlik va hayvonot dunyosi hamda shifobaxsh buloqlari bilan tabiiy-rekratsion rayon sifatida xorijliklarni ham maftun etmoqda.
Tog`larning tabiati shifobaxsh va maftunkor joylarida davolash va dam olish maskanlari mavjud. Toshkent viloyatidagi «Chimyon», Farg'ona vodiysidagi «Shohimardon», «Nanay», «Quvasoy» dam olish zonalari va Namangan viloyatidagi «Chortoq», Buxoro viloyatidagi «Sitorai Mohi Xosa», Qashqadaryo viloyatidagi «Miroqi» kabi davolanish maskanlari chet ellarda ham mashhur. O`z navbatida qadimgi shaharlar, maqbaralar, qal`alar, me`morchilik binolari, muzeylar mamlakatimiz madaniy merosini tashkil etmoqda. 
Fusunkorligi hamda salobati bilan millionlab kishilarni lol qoldirayotgan tarixiy obidalarimiz xorijiy sayohatchilarni yurtimiz sari chorlamoqda. Ana shunday tarixiy-madaniy obyektlar zaminida vujudga kelgan rayonlar, asosan, Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, oshkent, Qo`qon kabi shaharlarda joylashgan. Afsus, ajdodlarimiz bunnyod etgan 36 ming tarixiy obidadan 7 mingtasigina saqlangan. Qolganlari mustamlakachilar tomonidan turli yo`llar bilan vayron etilgan. Endilikda ular katta mablag` va mehnat sarflab bo`lsa-da, ta`mirlanmoqda. Ayni vaqtda sayyohlarga xizmat ko`rsatish bo`yicha xorijiy tillarni hamda tarix va geografiyani puxta biladigan mutaxassislar tayyorlanmoqda. Zero, mamlakatimiz bo`ylab sayohat qiluvchilarning soni yildan yilga oshib bormoqda.
Rekreatsiya xo`jaligi tarkibiga mehmonxonalar, dam olish uylari va bazalari, sanatoriyalar, turbazalar, turistik transport va boshqalar kiradi. Ma‘lumki, insoniyat qadimdan dunyoni bilishga va uni anglashga, yangi yerlarni ko‗rishga hamda o‗zi uchun noma‘lum bo‗lgan hududlarni kashf etishga harakat qilgan. Bu orzularni amalga oshirish bevosita yaqin va uzoq hududlarga sayohatga chiqish orqali bajarilgan. Sayohat davomida ruhan dam olishgan va tabiatning go‗zal mo‗jizalariga hamda insonlar tomonidan yaratilgan ajoyib narsalardan hayratlangan. Ayni paytda shu mintaqa aholisini ijtimoiy va iqtisodiy holatiga bevosita va bilvosita ta‘sir ko‗rsatgan. Hozirgi kunda turizmning jahon xo‗jaligidagi hissasi yil sayin oshib, u muhim makroiqtisodiy tarmoqlar qatorida rivojlanmoqda. Mazkur soha dunyodagi ko‗pgina davlatlarning daromad manbai sifatida ularning milliy iqtisodiyotida asosiy o‗rin tutmoqda. Shu jihatdan O‗zbekistonda mazkur tarmoqqa e‘tiborni kuchaytirish muhim masalalardan biridir. Butunjahon turizm tashkilotining (UNWTO) prognozi bo‗yicha turizm industriyasida 2020 yilgacha halqaro turizmda o‗sish tendensiyasi saqlanib qolinadi. Binobarin, barqaror o‗sish dinamikasi Osiyo va Tinch okeani regionidagi bir qancha mamlakatlarda ijobiy rivojlanishi xalqaro ekspertlar tomonidan e‘tirof etilmoqda. Bunga o‗z navbatida bugungi kundagi turizmga berilayotgan keng ko‗lamli investitsiyalar va turistik salohiyatning yuqoriligidir.



Download 209 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   22




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling