Mavzu: O'zbekiston qishloq xo'jaligi geografiyasi agro sanoat majmuasi Agrosanoat majmuasi (asm)
BBC: Biroq qo'shma korxona sohiblarining Xitoy va Turkiya kabi davlatlardan kelgani aytilmoqda xabarlarda?
Download 209 Kb.
|
O\'zbekiston geografiyasiююююю
- Bu sahifa navigatsiya:
- BBC: Biroq Turkiya yoki Xitoydan tadbirkorlarning Ozbekistonda ish qilayotganini inkor qilolmaysiz-ku Vohid Gunesh
- BBC: Biroq Ozbekistonda ish qilayotgan xorijlik shirkatlar bu muammoni qanday hal qilayapti unda Vohid Gunesh
- Mavzu: Ozbekiston aholi migiratsiyasi Aholi migratsiyasi
- Mavzu: Ozbekiston aglomeratsiya jarayonlari
- «Vaqt keldi: O‘zbekiston urbanizatsiyadan qanday qilib barqaror rivojlanish mexanizmi sifatida foydalanishi mumkin»
- O‘zbekiston shaharlari qanday rivojlanmoqda
BBC: Biroq qo'shma korxona sohiblarining Xitoy va Turkiya kabi davlatlardan kelgani aytilmoqda xabarlarda?
Vohid Gunesh: Turkiyadan va hattoki Xitoydan biror kishi u erga borib korxona ochadi deb o'ylamayman. Bir o'zbekistonlik fuqaro Xitoyga borib korxona ochadi va u shu korxona orqali O'zbekistonda ish qiladi. O'zbekistondan kelib Turkiyada shirkat ochib olgan bir guruh odamlarni taniyman. Ular ushbu firmalari orqali O'zbekistonda korxona ochadilar. BBC: Biroq Turkiya yoki Xitoydan tadbirkorlarning O'zbekistonda ish qilayotganini inkor qilolmaysiz-ku? Vohid Gunesh: Turkiyadan yoki Xitoydan kelib 5-10 korxona ochgan odamlar bordir. Ammo 325 ta emas. Bu korxonalarning asosiy qismi hiyla yo'li bilan ochilgan shirkatlardir. Biz O'zbekistondagi sharoitni bilamiz. O'zbekistonda konvertatsiya yo'q. Shunday ekan Xitoydan kelgan odam qanday qilib molini sotib pulini olib chiqib ketadi. BBC: Biroq O'zbekistonda ish qilayotgan xorijlik shirkatlar bu muammoni qanday hal qilayapti unda? Vohid Gunesh: Rejimga yaqin kishilarga nisbatan konvertatsiya bor. Markaziy bank tor doira uchun ishlaydi. Masalan, Markaziy Bank 10 kishiga konvertatsiya uchun ruxsat beradi. Qolganlarga esa yo'q. O'zbekiston militsiya va SNB davlatidir. Hamma narsa Milliy xavfsizlik xizmati atrofida bo'ladi. Yotqizilgan sarmoyalardan tortib, ochilgan shirkatlargacha hammasi MXX bilan bog'liq. Boshqalarga kun yo'q. Mavzu: O'zbekiston aholi migiratsiyasi Aholi migratsiyasi — aholining yashash joyini oʻzgartirishi bilan bogʻliq koʻchishi. Aholi migratsiyasi aholining muhim muammolaridan biri boʻlib, unta kishilarning oddiy mexanik koʻchish harakati deb emas, balki ijtimoiy-iqtisodiy hayotning koʻp tomonlarini qamragan murakkab ijtimoiy jarayon sifatida qaraladi. Aholi migratsiyasi. aholini joylashishi, yerni xoʻjalik jihatdan oʻzlashtirish, ishlab chiqaruvchi kuchlarni rivojlantirish, irqlar, tillar va xalqlarning paydo boʻlishi va aralashib ketish jarayonlari bilan bogʻliq. I.CH.NI joylashtirishdagi oʻzgarishlar bevosita mehnat resurelarini hududiy qayta taqsimlash extiyojini keltirib chiqaradi, bunga esa migratsiya yordamida erishiladi. Yoʻnalishiga koʻra tashqi aholi migratsiyasi va ichki aholi migratsiyasi farqlanadi. Tashqi aholi migratsiyasi mamlakatdan chiqib ketish (muhojirlik), ichki Aholi migratsiyasi esa mamlakat doirasida, viloyat va tumanlararo yashash joyining oʻzgarishi. Migratsion jarayonlarda ishtirok etuvchilar — migrant (muhojir)lar, migratsiya oqimi shakllanuvchi hudud — migrantlar chiquvchi, ular borgan hudud — migrantlar oʻrnashuvchi region deyiladi. Muayyan mamlakatdan boshqa biron-bir mamlakatga aholining koʻchib ketish jarayoni emigratsiya, unda ishtirok etganlar esa emigrantlar deyiladi. Va, aksincha biron bir boshqa mamlakatdan maʼlum mamlakatga aholining koʻchib kelishi immigratsiya, unda ishtirok etganlar immigrantlar (kelgindilar) deyiladi. Aholi migratsiyasi doimiy (turar joyni uzil-kesil oʻzgartirish), vaqgincha (shartnoma asosida maʼlum muddatga ishga, oʻqishga va boshqa sabablar bilan mamlakatdagi bir maʼmuriy-hududiy birlikdan boshqasiga borish, yoxud xorijga ketish), mavsumiy (iqtisodiyot tarmoklari — qishloq xoʻjalik, undiruvchi sanoat sohasi yumushlari, davolanish, dam olish va boshqa sabablarga koʻra koʻchish), mayatniksimon (mokisimon) (ertalab ishga, oʻqishga ketib, kechqurun uyiga qaytib kelish) migrasiya turlari boʻladi. Maʼlum vaqt davomida hududga koʻchib kelgan va koʻchib ketgan kishilar soni oʻrtasidagi farq migratsiya saldosi deyiladi. Baʼzan migratsiyaga turizm, kurortga borish, ziyorat, shuningdek mokisimon qatnovchilarni ham kiritadilar, lekin turar joyni oʻzgartirmagani uchun ularni Aholi migratsiyasiga kiritish mumkin emas. Qishloq aholisi hisobiga shaharlarda yashovchi aholining toʻxtovsiz oʻsib borish tendensiyasi ham mavjud. Qishloqlarda yashash sharoitining shaharlarga nisbatan maʼlum darajada noqulayligi, uning ayniqsa yoshlarni iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy jihatlardan toʻla qondira olmasligi bu tendensiyaga sabab boʻladi. Oʻzbekistonda aholi migratsiyasi jarayoni yangi zavod va fabrikalarning qurilishi, 50-60-yillarda Navoiy, Zarafshon, Uchquduq, Bekobod, Angren, Olmaliq, Yangiyer va boshqa sanoat shaharlarining barpo etilishi hamda ularni ishchi kadrlar bilan taʼminlash maqsadida shoʻrolar davrida SSSRning markaziy sanoat rayonlaridan aholini ommaviy koʻchirib keltirish hisobiga boʻldi. Natijada bu sha-harlarda tub joy aholisi ozchilikni tashkil etib, koʻpchiligi Respublika tashqarisidan yoʻllanma bilan kelgan kishilar boʻldi. 1966-yilgi Toshkent zilzilasidan soʻng Toshkent shahri aholisi ham ikki baravardan ziyod ortdi. Urush yillarida oʻz yurtlaridan qochoq boʻlganlar va badargʻa qilinganlar ham Oʻzbekistonda qoʻnim topdilar. Aholi migratsiyasi jarayoniga tarixiy va milliy anʼanalar ham taʼsir koʻrsatadi. Oʻrta Osiyo xalqlarida, jumladan oʻzbeklarda tugʻilib oʻsgan joyga mehri balandligidan migratsiyaga moyillik ancha sust Tashqi iqtisodiy aloqalar sohasida yangi strategiya ishlab chiqilib, unda eksportning xom ashyoviy yo`nalishini bartaraf etish hamda xorijiy investitsiyalar oqimi kengayishiga ko`maklashish kabi yo`nalishlar belgilab olindi. Mamlakatda tashqi iqtisodiy aloqalar tizimi, ularni yo`lga qo`yishdagi asosiy tamoyillar ishlab chiqildi. Xorijiy davlatlar firma, bank tizimlari bilan aloqalarni barpo etish yo`lida siyosiy, huquqiy va tashkiliy omillar yaratildi. "Tashqi iqtisodiy faoliyat to`g`risida", "Chet el investitsiyalari va xorijiy sarmoyadorlar faoliyatining kafolatlari to`g`risida"gi va boshqa bir qator qonun va me`yoriy hujjatlar qabul qilindi. Ular tashqi iqtisodiy aloqalarni amalga oshirish, tashqi iqtisodiy faoliyat sohasida xalqaro shartnomalar tuzish va ularni bajarish uchun sharoit yaratdi. Mavzu: O'zbekiston aglomeratsiya jarayonlari O‘zbekiston shaharlari tobora o‘sib, hududlarni egallab bormoqda. Xususiy uylarda yashovchi aholi zichligining pastligi ekin maydonlarining o‘zlashtirilishi hisobiga ta’minlanib, aholi farovonligiga tahdid solmoqda. O‘zbekiston shaharlari nima uchun noto‘g‘ri o‘sib borayotgani — Jahon banki hisoboti sharhida.Dunyo yalpi ichki mahsulotining qariyb uchdan bir qismi dunyo aholisining yarmidan sal ko‘prog‘i istiqomat qiluvchi shaharlarda to‘plangan. Shaharlarning obodligi qishloq aholisini o‘ziga jalb qiladi. Odamlar ko‘p to‘planadigan joylarda ular o‘rtasida ko‘proq g‘oyalar va aloqalar, ko‘proq xizmatlar va pullar mavjud. Qolaversa, shaharlarda ta’lim, tibbiyot, jamoat transporti, ko‘ngilochar xizmatlar darajasi yaxshi rivojlangan, asosiy infratuzilmalar — elektr, suv, issiqlik va kanalizatsiya bilan yaxshi ta’minlangan bo‘ladi.Bu imtiyozlar qishloq aholisini shaharlarga yaqinlashishga undaydi. Biroq, BMTning 2018 yildagi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekiston shaharlarida mamlakat aholisining yarmidan bir oz ko‘prog‘i istiqomat qiladi. Jahon bankining «Vaqt keldi: O‘zbekiston urbanizatsiyadan qanday qilib barqaror rivojlanish mexanizmi sifatida foydalanishi mumkin?» hisobotiga ko‘ra, xuddi shunday rivojlanish darajasiga ega mamlakatlarga qaraganda bu nisbatan past ko‘rsatkichdir.2018 yilda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev mamlakatning urbanizatsiya darajasi bundan ham past ekani va 35,5 foizni tashkil etishini ta’kidlagan edi. Bu 2014 yildagi ko‘rsatkich bo‘lib, BMT hisobotiga ko‘ra, Osiyo (48 foiz) va hatto Afrika (40 foiz) uchun xos bo‘lgan o‘rtacha ko‘rsatkichdan past hisoblanadi.«Hozirdan boshlab zarur choralar ko‘rilmasa, ushbu ko‘rsatkich yaqin kelajakda pasayishi mumkin», — degan edi davlat rahbari. U faqatgina poytaxt va viloyat markazlari bo‘lgan shaharlarni emas, avvalo, hududlarda joylashgan shahar va posyolkalarni kompleks rivojlantirish, 2030 yilgacha urbanizatsiya darajasini 60 foizga yetkazish bo‘yicha topshiriq berdi. Urbanizatsiya O‘zbekiston taraqqiyoti uchun ulkan imkoniyatlar yaratadi. Shaharlarning o‘sishi butun mamlakat iqtisodiyotini yuksaltirishi va aholi turmush sharoitini yaxshilashi mumkin. Iqtisodchilar Behzod Hoshimov va Nuriddin Ikromov har qanday mahsulot ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish ko‘lamini oshirish orqali samaraliroq bo‘lishini ta’kidlagan edi. Aholi zich joylashgan hududlarda ish joylarini egallashi mumkin bo‘lgan potensial ishchilar mavjudligi tufayli ishlab chiqarish ko‘lamini oshirish osonroq. Foto: Yevgeniy Sorochin / «Gazeta.uz». Shaharlar korxonalarga mutaxassislarni yollash, logistika, kelishuvlarni amalga oshirish va biznes yuritishni osonlashtiradi. Ba’zi faoliyatlar faqat katta shaharlarda foyda keltiradi. Konsert zallari, ko‘rgazma majmualari aholi zichligi yuqori joylardagina samarasini beradi. Qaynayotgan shahar hayoti budjetga ko‘proq soliq tushumlarini olib keladi va uning fuqarolari uchun gart-sharoitlarni oshirishga imkon yaratadi. Global tajriba shuni ko‘rsatsoqdaki, urbanizatsiya darajasining pastligi qishloq aholisi shaharlarga ko‘chib o‘tishni istamasligini anglatmaydi, axir odamlar yaxshiroq va farovon yashashga intiladi-ku. Aksincha, bu odamlarning iqtisodiy rivojlanish markazlariga boradigan yo‘lidagi to‘siqlar haqidagi signaldir. Jahon banki mutaxassislari O‘zbekistondagi samarasiz urbanizatsiya sabablari va barqaror shahar iqtisodiy o‘sishiga to‘siqlar bo‘yicha tadqiqot o‘tkazdi. «Gazeta.uz» «Vaqt keldi: O‘zbekiston urbanizatsiyadan qanday qilib barqaror rivojlanish mexanizmi sifatida foydalanishi mumkin?» hisobotining qisqacha sharhini taqdim etadi.O‘zbekiston shaharlari qanday rivojlanmoqda 1960 yillardan 2008 yilgacha O‘zbekistonda urbanizatsiya jarayoni Qozog‘iston, Tojikiston va Qirg‘izistonga qaraganda tezroq kechdi. Download 209 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling